(O´zbek) Nega O‘zbekistonning eksport hajmi import hajmidan kam? Statistika qo‘mitasi izoh berdi

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

     2019 yilning dastlabki choragida eksport hajmi ko‘rsatkichlari import hajmi ko‘rsatkichlaridan pastligicha qolmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo statistikasini shakllantirish» mavzusidagi matbuot anjumanida so‘z bordi.
     Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar – aprel oylarida eksport hajmi 5,256,4 mln AQSh dollari, import hajmi esa 7,314,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.
     Statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari A’zam Ikromov eksport hajmining importga qaraganda kamligiga munosabat bildirdi.
Eksportning importga nisbatan pastligi import mahsulotlariga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Ya’ni O‘zbekiston uchun asosiy import mahsuloti asbob-uskunalar va mashinalar (44 foiz) hisoblanadi. Hozirgi kecha-kunduzda ishlab chiqarishga e’tibor qaratilayotgani, ko‘proq shu yo‘nalishga sarmoya kiritilayotgani bois ham o‘z-o‘zidan zamonaviy asboblar va qurilmalarni olib kirishga ehtiyoj ortadi», deydi u.
     Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonning eksport bo‘yicha 2019 yilning dastlabki to‘rt oyidagi asosiy hamkorlari Xitoy (21,4 foiz), Rossiya (14,2 foiz), Qozog‘iston (7,4 foiz), Turkiya (6,6 foiz),  Afg‘oniston (3,2 foiz), Eron (1,4 foiz) va Tojikiston (1,5 foiz) bo‘lib kelmoqda.
     Xuddi shu davr ichidagi import ulushi esa mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanmoqda: Xitoy (19,5 foiz), Rossiya (17,1 foiz), Koreya (12,1 foiz), Qozog‘iston (9,1 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Germaniya (3,4 foiz) va AQSh (3,6 foiz).

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • АФИША

  • Реклама

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Матбуотчилар, 32

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.