- Экономический вестник Узбекистана - https://evu.uz -

(O´zbek) Nega O‘zbekistonning eksport hajmi import hajmidan kam? Statistika qo‘mitasi izoh berdi

Posted By vestnik1919_is0g0ljt On 01.06.2019 @ 18:34 In Новости | No Comments

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский [1]”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

     2019 yilning dastlabki choragida eksport hajmi ko‘rsatkichlari import hajmi ko‘rsatkichlaridan pastligicha qolmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo statistikasini shakllantirish» mavzusidagi matbuot anjumanida so‘z bordi.
     Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar – aprel oylarida eksport hajmi 5,256,4 mln AQSh dollari, import hajmi esa 7,314,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.
     Statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari A’zam Ikromov eksport hajmining importga qaraganda kamligiga munosabat bildirdi.
Eksportning importga nisbatan pastligi import mahsulotlariga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Ya’ni O‘zbekiston uchun asosiy import mahsuloti asbob-uskunalar va mashinalar (44 foiz) hisoblanadi. Hozirgi kecha-kunduzda ishlab chiqarishga e’tibor qaratilayotgani, ko‘proq shu yo‘nalishga sarmoya kiritilayotgani bois ham o‘z-o‘zidan zamonaviy asboblar va qurilmalarni olib kirishga ehtiyoj ortadi», deydi u.
     Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonning eksport bo‘yicha 2019 yilning dastlabki to‘rt oyidagi asosiy hamkorlari Xitoy (21,4 foiz), Rossiya (14,2 foiz), Qozog‘iston (7,4 foiz), Turkiya (6,6 foiz),  Afg‘oniston (3,2 foiz), Eron (1,4 foiz) va Tojikiston (1,5 foiz) bo‘lib kelmoqda.
     Xuddi shu davr ichidagi import ulushi esa mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanmoqda: Xitoy (19,5 foiz), Rossiya (17,1 foiz), Koreya (12,1 foiz), Qozog‘iston (9,1 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Germaniya (3,4 foiz) va AQSh (3,6 foiz).

Article printed from Экономический вестник Узбекистана: https://evu.uz

URL to article: https://evu.uz/novosti/o-zbek-nega-o-zbekistonning-eksport-hajmi-import-hajmidan-kam-statistika-qo-mitasi-izoh-berdi.html

URLs in this post:

[1] Узбекский: https://evu.uz/uz/novosti/o-zbek-nega-o-zbekistonning-eksport-hajmi-import-hajmidan-kam-statistika-qo-mitasi-izoh-berdi.html/print

[2] Источник: «Kun.uz»: https://kun.uz/uz/news/2019/05/31/nega-ozbekistonning-eksport-hajmi-import-hajmidan-kam-statistika-qomitasi-izoh-berdi

Copyright © 2015 EVU. All rights reserved.