Samarqand viloyatida qurilish ishlariga doir Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Norma.uz.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 mln AQSH dollarilik sement ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Buning natijasida 600 ta ish o‘rni yaratiladi.

Bulung‘ur suv omborini qurish rejalashtirilmoqda, u 2021 yil 1 iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Loyihaga doir asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Uning umumiy summasi 46 mln AQSH dollaridan ortiq. Qurilish yakuniga ko‘ra 51 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, 2019−2022 yillarda quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinagan avtomobillar yo‘llari (uzunligi 103 km), barpo etiladigan tunnel va ko‘priklarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Buning uchun 2,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Источник: «Газета.uz»