Huquq jadal modernizatsiya davrida

     2019 yil 25 – 27 aprel kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi boʻlib oʻtadi. Forum O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va bir qator hamkorlar tomonidan tashkil etildi.
     Mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi birinchi marotaba o’tkaziladi. Unda milliy va xorijiy davlat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, jahonning etakchi yuridik va konsalting firmalari, taniqli olimlar, ekspertlar va huquq sohasi mutaxassislari ishtirok etadilar.
     Forum 3 ta asosiy sessiyalarga bo’lingan holda olib boriladi. Unda “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsion siyosat” masalalari ko’rib chiqiladi.
     Shuningdek, qonunni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va O’zbekiston milliy qonunchiligini modernizatsiya qilishda eng yaxshi amaliyotlarni qo’llash masalalari bo’yicha muhokamalar, master-klasslar va taqdimotlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
     Forum doirasida “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi”, “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtadi.
     Bugungi kundagacha Buyuk Britaniya, AQSh, Koreya, Singapur, Malayziya, Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston va dunyoni boshqa davlatlaridan 100 yaqin mutaxasis forumda maruzachi sifatida ishtirok etishini  tastiqladi. Birinchi galda buVena xalqaro arbitraj markazi Bosh kotibi Elis Fremut-Wolf, Yevropa nizolarni hal qilish markazi direktori Alyosh Zalar, Amerika-O’zbekiston savdo palatasi raisi, Gonkong xalqaro arbitraj markazi bosh kotibi Sara Grimmer, AQSh-O’zbekiston savdo palatasining raisi, White & Case LLP Partnyori  Karolin Lemm, BMTTDning korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha Global dasturi maslahatchisi Angi Timilsin, shuningdek, Garvard va Bolonya universitetlari, Boston yuridik kollejining huquq  maktabi, Kaliforniya universitetining Gastings yuridik kolleji professor o’qituvchilari, “Dentons”, “Reed Smit LLP” (AQSh), “Freshfields Bruckhaus Deringer” (Buyuk Britaniya) “Cleary Gottlieb Steen & Hamilton LLC” (AQSh), “Norton Rose Fulbright LLP” (Buyuk Britaniya) kabi dunyoga mashxur xalqaro yuridik firmalarning vakilari ishtirok etishi kutilmoqda.
     Bugungi kunga qadar forumda ishtirok etish uchun forumning rasmiy saytiga 1000 dan ziyod xorijiy va milliy fuqoralaridan ariza kelib tushgan.
     “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumida ishtirok etishni istaganlar forumning http://tashkentlawspring.uz/uz/register rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
2019  yil 1 mart oydan boshlab “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumini yoritishga qiziqqan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining vakillarini akkreditatsiyadan o’tkazish boshlangan.
     Akkreditatsiya forumning barcha tadbirlarida talab qilinadi. Akkreditatsiya uchun arizalar 15 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
     Akreditatsiya qoidalari borasida batafsil ma’lumot bilan forumning rasmiy veb-saytida http://tashkentlawspring.uz tanishib chiqishingiz mumkin.
 
 

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.