- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/en -

(O´zbek) Amaliy yechimlar markazi

Sorry, this entry is only available in O´zbek [1]. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
Chirchiq filiali
 
     “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Chirchiq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda mu­vofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish va sinov laboratoriyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
     Bugungi kunda filial tomonidan Toshkent viloyatining Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan 12 ta yirik, 574 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti va 112 ta eksportyor korxonalarga metrologik xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
     Filial tarkibida jami 9 ta qiyoslash va 3 ta kalibrlash laboratoriyasi mavjud. Qiyoslash laboratoriyalari orqali geometriya, massa, bosim, kuch va qat­tiqlik, hajm, harakat tezligi va vaqt, fizik-kimyo­viy va fizik-optik, elektr, maishiy gaz va suv hisob­lagichlari hamda radiotexnika o‘lchash vositalari qiyoslanadi. Kalibrlash laborato­riyalarida esa bosim, elektr va geometrik o‘lchash vosi­talarini kalibrlash ishlari amalga oshiriladi.
     Filial tomonidan 9 ta yo‘nalishda 142 turdagi o‘lchash vositalari qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi, shu­ningdek, 3 ta yo‘nalishda 4 turdagi o‘lchash vositalari kalibrlanadi. 2024–2025-yillar davomida filialning akkreditatsiya doirasi kengaytirilib, geometriya, massa, bosim, elektr va harakat parametrlari yo‘nalishlarida 12 turdagi o‘lchash vosita­larini qiyoslash hamda bosim, geometriya va elektr yo‘na­lishlarida 4 turdagi o‘lchash vositalarini ka­librlash imkoniyati yaratildi.