(O´zbek) Hududiy infrаtuzilmadan innovatsiyagacha

1/2026

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Xorazm filiali
 
     2025-yil O‘zbekiston milliy met­rologiya institutining Xorazm filiali faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab bergan muhim davr bo‘ldi. Ushbu yil davo­mida metrologik infratuzilmani mo­der­nizatsiya qilish, xalqaro standart­larni joriy etish, ilmiy salo­hiyatni oshirish hamda hudud iqtisodiyotiga amaliy hissa qo‘shish borasida sal­moqli natijalarga erishildi.
     Bugungi kunda filial Xorazm vi­loyatida metrologik xizmatlar ko‘rsa­tishning yetakchi markazlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning tarkibida 10 ta qiyoslash va 6 ta ka­librlash laboratoriyalari mavjud bo‘­lib, ular geometrik, massa, bosim, harorat, elektr, fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy, vaqt va chastota kabi o‘l­chash yo‘nalishlarini qamrab olgan. Bu esa o‘lchashlar birligini ta‛min­lashda kompleks va tizimli yondashuv shakllanganidan dalolat beradi.
     Mazkur laboratoriyalar orqali o‘l­chash vositalari 11 ta yo‘nalish bo‘­yicha 145 turda qiyoslashdan o‘tka­ziladi, shuningdek 6 ta yo‘nalishda 15 turdagi kalibrlash xizmatlari ko‘r­satiladi. Bunday keng qamrov hu­duddagi 4 mingdan ortiq sanoat kor­xonalari faoliyatini qo‘llab-quv­vatlash, 27 mingdan ortiq o‘lchash vositalarining aniq va ishonchli ish­lashini ta‛minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
     Filial tomonidan qiyoslash, kalib­rovka, metrologik attestatsiyadan hamda sinov vositalarini attestatsiya­dan o‘tkazish xizmatlari yo‘lga qo‘yil­gan bo‘lib, akkreditatsiya doirasi 118 turdagi o‘lchash vositalari va 24 tur­dagi sinov vositalarini qamrab olgan. Shu bilan birga, 195 ta namunaviy us­kuna va o‘lchash vositalaridan iborat texnik baza filialning yuqori salohiyatini namoyon etadi.
     2025-yil infratuzilmani moderni­zatsiya qilishda ham muhim bosqich bo‘ldi. Xususan, bosim, harorat va massa yo‘nalishlaridagi laboratoriya­lar energiya tejovchi texnologiya­lar asosida ta‛mirlandi, zamonaviy ish mu­hiti yaratilib energiya samarador­ligini oshi­rish orqali ekologik barqa­rorlikni ta‛minlashga ham xizmat qildi.
     Filial faoliyatida texnik innovat­siyalar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, manometrlarni qiyoslash va kalibr­lash uchun mo‘ljallangan bosim kol­lektori qurilmasi prototipi ishlab chiqildi. Ushbu qurilma bir vaqtning o‘zida to‘rtta manometrni tekshirish imkonini berib, xizmat ko‘rsatish tezligi va samaradorligini sezilarli da­rajada oshirdi.
     Laboratoriyalarning aniqlik dara­jasini oshirish maqsadida yil davomi­da qator standart namuna va etalon materiallar xarid qilindi. Xususan, ge­matologik va peshob analizatorlari uchun maxsus namuna materiallari, shuningdek refraktometrlar va bosh­qa o‘lchash vositalari uchun zarur komponentlar joriy etildi.
     Ushbu chora-tadbirlar natijasida fizik-kimyoviy o‘lchashlar yo‘nalishida O‘zDSt 3444:2020 standarti asosida akkreditatsiya doirasi kengaytirildi, yangi kalibrlash uslubiyatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Bar­cha jarayonlar ISO/IEC 17025:2019 xal­qaro standarti talablari asosida amalga oshirildi.
     Umuman olganda, Xorazm filiali faoliyati hududiy metrologiya tizimini rivojlantirish, o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta‛minlash hamda sa­noat tarmoqlarini zamonaviy metro­logiya xizmatlari bilan ta‛minlashda muhim o‘rin tutadi. 2026-yilda filial oldida turgan asosiy vazifalar erishil­gan natijalarni mustahkamlash, yangi xiz­mat turlarini joriy etish va xal­qaro standartlar asosida faoliyatni yanada kengaytirishdan iborat.

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

  • АФИША

  • PR

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Алайская, 1

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.