- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz -

(O´zbek) Yangi O‘zbekistonda yangi metrologiya: taraqqiyot, ilm-fan va strategik istiqbollar

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek [1]”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     Bugungi kunda mamlakati­mizda kechayotgan shiddatli islohotlar davrida metrologiya sohasi iqtisodiyotning “ko‘rin­mas, lekin eng mustahkam” poyde­voriga aylandi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahsulot­larimizning xalqaro bozorlarda mu­nosib o‘rin egallashi asosiy maqsad etib belgi­lan­gan. Bu borada O‘zbekis­ton Res­publikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi PF–25-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadal­lashtirish chora-tadbir­lari to‘g‘risida” gi Farmoni soha rivo­jini mutlaqo yan­gi bosqichga olib chiqdi. Farmon nafa­qat sohani ra­qam­lashtirish, balki milliy o‘lchov tizimini jahon andozalari bilan to‘liq uyg‘unlashtirishga qaratil­gan tarixiy hujjat bo‘ldi.
     Mustaqillik yillarida mamlakati­mizda milliy etalonlar bazasi shakl­lan­tirildi va xalqaro miqyosda tan oli­nishi ta’minlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston milliy metrologiya insti­tu­ti (O‘zMMI) nafaqat Markaziy Osiyo­da, balki MDH miqyosida ham yetakchi markazlardan biri hisob­lanadi.
     Metr konvensiyasiga a’zolik va CIPM MRA bitimi doirasida milliy ka­librlash sertifikatlarining dunyo­ning 100 dan ortiq davlatlarida tan olinishi iqtisodiyotimiz uchun “yashil yo‘lak” bo‘ldi.
     O‘zbekiston milliy laboratoriyalari natijalari Germaniya, Koreya va Yapo­niya kabi 37 ta davlat tomonidan tan olina boshlandi.
     So‘nggi yillarda massa, harorat, bosim, zichlik va vaqt yo‘nalishlarida eng zamonaviy etalonlar bazasi shakllantrildi. “E-Metrologiya” axbo­rot tizimi orqali inson omili kamay­tirilib, sohada shaffoflik va tezkorlik ta’minlandi.
     Biz kelajakni kvant va raqamli metrologiyasiz tasavvur qila olmay­miz. Ilgari o‘lchov birliklari moddiy jismlarga bog‘langan bo‘lsa, endilik­da Yangi O‘zbekiston metrologlari o‘lchovlarni o‘zgarmas tabiiy kons­tantalarga bog‘lash va raqamli inter­feyslarga o‘tkazish ustida ishlamoq­dalar.
     Biz doktorantlar, magistrlar va mustaqil tadqiqotchilarni metrolo­giya­ning eng dolzarb muammolari ustida ishlashga chorlaymiz. Institu­timiz tomonidan esa ilmiy yordamlar berib boriladi, jumladan:
     Kvant va raqamli etalonlarni yara­tish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning konseptual asoslarini ishlab chiqish;
     Xalqaro bazalardagi (Scopus, Web of Science) ilmiy maqolalarni tayyorlash va xalqaro metrologik qo‘­mi­talar (BIPM, CODATA) ma’lu­mot­laridan foydalanishda maslahatlar berish;
     Davlat grantlari va innovatsion loyihalarda birgalikda ishtirok etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga (ish­lab chiqarishga) joriy etishda o‘z ku­chimizni, bilimimizni ayamaymiz.
     Biz, metrologiya sohasi olimlari va soha fidoyilari, o‘z oldimizga stra­tegik vazifa qo‘ygan­miz: ilm-fan­ning fundamental yutuq­larini zamo­na­viy amaliyot bi­lan uyg‘unlashtirgan hol­da, yoshlarimiz uchun “Yangi av­lod” darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yara­tish.Bu shunchaki o‘quv adabiyoti emas, balki:
     Bilimlar transferi: Kvant metrolo­giyasi, raqamli transformatsiya va xalqaro standartlarning eng so‘nggi tendensiyalarini o‘z ichiga olgan me­todologik manbalardir.
     Ilmiy maktablar davomiyligi: Ko‘p yillik ilmiy izlanishlarimiz va xalqaro tajribamizni sodda, ammo ilmiy mu­kammal tilda kelajak vorislariga yet­kazish vositasidir.
     Amaliy yo‘nalish: Nazariy bilimlar­ni bevosita laboratoriya tajribalari va yuqori aniqlikdagi o‘lchov jarayonlari bilan bog‘lovchi innovatsion qo‘llan­malar majmuidir.
     Bizning maqsadimiz – metrolog talabalar va yosh tadqiqotchilar qo‘­lida nafaqat ma’lumot beruvchi, balki ularni mustaqil ilmiy izlanishga, yangi ixtirolar qilishga undaydigan intellek­tual zamin yaratishdir. Zero, sifatli ta’lim va ilg‘or adabiyot – Yangi O‘z­be­kistonning raqobatbardosh muta­xassislarini tarbiyalashning asosiy mezonidir.
     Aziz hamkasblar, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zahmatkash va fidoyi jamoasi!
     Sizlarni kasb bayramingiz – Bu­tun­jahon metrologiya kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
     Har bir sohaning asosi aniqlikda, aniqlikning kaliti esa Sizning qo‘lin­gizda. Mamlakatimiz iqtisodiy qudra­tini yuksaltirish, mahsulotlarimizning jahon bozorida o‘z o‘rnini topishi va fan-texnika taraqqiyotida Sizning be­minnat xizmatingiz beqiyos.
     Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Yangi O‘zbe­kistonning o‘lchovlar aniqligi Sizning bilim va tajribangiz bilan yanada mustahkamlanaversin!
 
     Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 
     Kalandarov Palvan Iskandarovich, Texnika fanlari doktori, professor