- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/en -

(O´zbek) QISHLOQ XOʼJALIGIDA YANGI BOSQICH

Sorry, this entry is only available in O´zbek [1]. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Fazliddin MUXIDDINOV, Direktor

Oʼzbekistonda keyingi yil larda qishloq xoʼjali gini mo dernizatsiya qilish, aho li tomorqa laridan sama ra li foyda lanish, oziqovqat xavfsizligini taʼmin lash hamda qishloq aholisining daro madlarini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalish laridan biriga aylan di. Bu borada Prezident qarorlari bilan tashkil etil gan «Uzagrostar xolding» hamda uning tarkibidagi Аgrostar kompa niya lari mamlakat agrar so hasida mutlaqo yangi boshqaruv va xizmat koʼrsatish tizimini shakllantir moqda. Qisqa vaqt ichida ushbu tizim na faqat fermer va dehqonlarga, balki millionlab aholi xonadonlariga zamo naviy agrotexnologiyalarni olib ki rish, sifatli urugʼ va koʼchatlar bilan taʼminlash, yangi ish oʼrinlari yaratish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlarini kengayti rishga xizmat qilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti ning 2025yil 14fevraldagi PQ–57son qarori asosida «Uzagro star xolding» kompaniyasi hamda uning muassisligida 16 ta ixtisoslash gan Аgrostar kompaniyasi tashkil etildi. Islohotlarning amaliy natijalari va sohadagi ehtiyojlardan kelib chi qib, 2026 yil 5 fevralda qabul qilingan PQ–49son qaror bilan yana 5 ta ixtisoslashgan Аgrostar kompaniyasi tashkil qilinib, ularning umumiy soni 21 taga yetkazildi. Bugungi kunda mazkur kompaniyalar mamlakatning 110 ta tumani, jumladan 21 ta baza viy va 89 ta qamrov tumani hamda 1000 ta mahallada faoliyat yurit moqda. Bu esa avval faqat alohida loyi halar sifatida amalga oshirilgan ishlar oʼrniga respublika boʼylab yagona agrotexnologik xizmatlar tizimini shakllantirish imkonini berdi.

Tomorqa – oila daromadining eng muhim manbai

  Аgrostar kompaniyalari oʼz fao liyatining markaziga mahallalar va aholi tomorqalarini qoʼydi. Bugungi kunga qadar 194 ming nafardan ziyod aholiga bevosita agronomik xiz matlar koʼrsatildi. Jumladan, agro nomik maslahatlar, tuproq tahlili, suv tahlili, kasalliklarga qarshi tavsiyalar, intensiv texnologiyalar, «Tomorqa maktablari» orqali amaliy oʼquv mash gʼulotlari tashkil etildi. Bu xiz matlar aholiga mahsuldorlikni oshi rish, xarajatlarni kamaytirish va yuqori daromadli ekinlarni tanlash imkonini bermoqda. Shuningdek, Hukumatimiz tomo nidan Аgrostar tizimini moliyaviy taʼminlashga katta eʼtibor qaratil moqda. Kompaniyalar ustav kapita liga davlat byudjeti hamda tijorat bank lari mablag’lari yo’naltirildi. Ush bu moliyaviy resurslar sohani rivoj lanti rishga safarbar qilindi. Bu mab lagʼlar hisobidan urugʼchilik, koʼchat chilik, chorvachilik, intensiv bogʼdor chilik, issiqxonalar, agrotexnoparklar hamda innovatsion agromajmualar tashkil etilmoqda. Masalan, Oʼzbekistonda kartosh ka urugʼchiligi yillar davomida im portga bogʼliq sohalardan biri hisob lanar edi. Аgrostar tizimi bu muam moni hal qilishga kirishdi. Samarqand viloyatidagi «Bulungʼur Аgro Star» tomonidan Gollandiyaning mashhur Agrico kompaniyasidan 6 ming ton na elita urugʼlik kartoshka olib kelindi. Shundan 2,3 ming tonnasi deh qon va fermerlarga hech qanday us tama qoʼyilmasdan yetkazib beril di. Bu esa fermerlar uchun katta iq tisodiy yengillik boʼldi. Natijada ush bu urugʼlar 2 ming gektar maydonga ekilib, kelgusida 50 ming tonna ma halliy yuqori reproduktsiyali urugʼlik kartoshka ishlab chiqarish uchun mustahkam asos yaratildi. Eng muhi mi, ushbu urugʼlardan 2027–2029 yillarda yana urugʼ sifatida qayta foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Milliy urugʼchilik tizimi shakllanmoqda

  Yana bir muhim yangilik – Misr dan olib kelingan 250 ming dona «Hermes» navli mini tuganaklar hi soblanadi. Ular Аgrotexnoparkda xal qaro ekspertlar ishtirokida ekilib, G0–G4 bosqichli milliy urugʼchilik tizimi yaratilmoqda. Bu esa kelajakda 40 ming gektarda qariyb 1 million 800 ming tonna mahalliy kartoshka yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Bu mamlakatning oziqovqat xavfsizligi uchun ulkan ahamiyatga ega. Аgrostar kompaniyalari tomo nidan aholi tomorqalariga 2,5 mln. tup sabzavot koʼchati, 140 ming tup meva va uzum koʼchati, 1,6 tonna urugʼlar ustamasiz va arzon narxlarda tarqatildi. Bu esa koʼplab xonadon larda yangi daromad manbalarini yaratmoqda. Bundan tashqari, Buxoro viloya tida 6 mingdan ortiq xonadondagi Toyfi uzumlari Аvatar Mundrop navi bilan payvand qilindi. Xorazm viloya tining Hazorasp va Bogʼot tuman laridagi ogʼir toifadagi mahallalarda ham ushbu texnologiya joriy etildi. Mutaxassislarning hisobkitob lariga koʼra, mazkur texnologiya na tijasida aholining uzumchilikdan ola digan daromadi 10 baravargacha ortishi mumkin. Bu esa kichik to morqani yuqori daromad manbaiga aylantirish imkonini beradi.  

Geotermal energiya asosida issiqxonalar

  Yangiyoʼlda barpo etilgan yangi avlod issiqxonasi mamlakat agrar sohasidagi eng innovatsion loyiha lardan biri hisoblanadi. 4 gektar may donda tashkil qilingan komp leksda Xitoy texnologiyasi asosida yer osti suvlarining 14 darajali tabiiy issiqligi maxsus termonasoslar yor damida qayta ishlanib, issiqxona ichi da yil davomida 25 daraja barqaror harorat taʼminlanmoqda. Eng muhimi, keyinchalik mazkur issiqxonalar aholiga boʼlib toʼlash asosida beriladi. Shuningdek, yaqinda Samarqand Аgroinnovatsiyalar instituti bilan hamkorlikda Yaponiya texnologiyasi asosida xurmoni quritish va uzoq muddat saqlash texnologiyasi sinov dan muvaffaqiyatli oʼtdi. 2025 yilda 40 tonna yangi xurmodan 10 tonna yuqori qiymatli quritilgan mahsulot tayyorlandi. Hisobkitoblarga koʼra, mazkur texnologiya oddiy xurmoga nisbatan daromadni 4 baravargacha oshirish imkonini beradi. 2026 yildan boshlab bu tajriba mamlakatning boshqa hududlarida ham keng joriy etiladi    

Chorvachilikda ham yangi bosqich

  Navoiy Аgro Star tomonidan Moʼgʼulistondan 10 ming bosh yuqo ri mahsuldor «Bayad» zotli qoʼy larni import qilish ishlari boshlandi. Qo raqalpogʼiston va Qashqadaryoda qariyb 2 ming gektar yer oʼzlashtirilib, chorva ozuqasi bazasi tashkil qilin moqda. Pivot va tomchilatib sugʼorish texnologiyalari joriy etilishi natijasida mazkur maydonlarda yuqori hosildor ozuqa yetishtirish imkoniyatlari ken gaymoqda  

Zamonaviy agromajmualar – qishloq xoʼjaligining yangi standarti

  Fargʼona viloyatining Quva tuma ni hamda Toshkent viloyati Parkent tumanida zamonaviy agromajmualar ishga tushirildi. Ularda tomorqa mak tablari, invitro laboratoriyalari, muz latkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash liniyalari, qayta ishlash quvvatlari, issiqxonalar tashkil etilgan. Mazkur markazlar ishlab chiqa rishdan tortib saqlash, qayta ishlash va eksportgacha boʼlgan yagona zanjirni shakllantirmoqda. Hozirda respublika boʼyicha 2026–2027 yillarda amalga oshirila digan 22 ta innovatsion agromajmua va agroplantatsiya loyihalariga start berilgan. Ushbu loyihalar nafaqat mahsulot yetishtirish, balki qayta ishlash, logistika, eksport va yangi ish oʼrinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa vaqt ichida Аgrostar kom paniyalari mamlakat qishloq xoʼjali gida xizmat koʼrsatishning mutlaqo yangi modelini shakllantirishga erishdi. Eng muhimi, bu islohotlar raqamlarda emas, balki oddiy in sonlar hayotida oʼz aksini topmoqda. Аrzon urugʼ va koʼchatlar, zamonaviy agrotexnologiyalar, innovatsion is siqxonalar, intensiv bogʼlar, yuqori daromadli ekinlar, zamonaviy agro majmualar va yangi ish oʼrinlari – bularning barchasi aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Аgrostar tizimi nafaqat bugungi ehtiyojlarni hal qilmoqda, balki Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligining kel gusi oʼn yillik taraqqiyoti uchun mus tahkam poydevor yaratayotgan stra tegik platformalardan biri sifatida shakllanmoqda. Ushbu tizimning kengayishi esa mamlakatda oziq ovqat xavfsizligi, eksport salohiyati va aholi daromadlarining barqaror oʼsishida muhim omil boʼlib xizmat qilishi shubhasiz.