Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shirinobod mahallasidagi boshlang‘ich narxi 21,6 mlrd.so‘m bo‘lgan tadbirkorlik uchun yer uchastkasi 22,7 mlrd.so‘mga sotildi. Bu haqda Spotga “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 18 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn savdoda 2 nafar ishtirokchi qatnashdi. Auksion g‘olibi 24 oy muddatda 2 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, 1,99 gektarga teng bo’lgan mazkur yer maydoni Toshkent shahrining O’sh va Boku ko’chalari kesishmasida joylashgan bo’lib [2], unda oshxona, kafelar, savdo uylari, mehmonxonalar, ko‘rgazma zallari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurilishiga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, 22 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolari Sirg‘ali tumanidagi boshlang‘ich narxi 74,4 mln.so‘m bo‘lgan yer uchastkasi uchun 714,4 mln.so‘m narx tasdiqlandi. [3] Ushbu yer uchastkasida ofis binolarini qurishga ruxsat berilgan.
Manba spot [4]