Yangi yil boshida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.
O‘zbekiston prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli farmoni [2]ga muvofiq ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar 2021 yil boshida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:
- 1 yanvar – juma;
- 2 yanvar – shanba;
- 3 yanvar – yakshanba.
2 yanvar shanba kunidagi dam olish kuni 6 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning mehnat ta’tiliga ta’sir etmaydi.
Manba Kun.uz [3]