{"id":24027,"date":"2026-05-26T15:40:00","date_gmt":"2026-05-26T10:40:00","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24027"},"modified":"2026-05-26T15:40:08","modified_gmt":"2026-05-26T10:40:08","slug":"ozbek-metrologiya-zamonaviy-dunyoda-ishonch-asosi-sifatida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/slide\/ozbek-metrologiya-zamonaviy-dunyoda-ishonch-asosi-sifatida.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) Metrologiya zamonaviy dunyoda ishonch asosi sifatida"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24027\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Butunjahon metrologiya kuni zamonaviy dunyoda o\u2018lchashlarning rolini \u2013 fundamental tadqiqot\u00adlardan tortib sanoat ishlab chiqarishi, xalqaro savdo va jamoat manfaatlarini himoya qilishga\u00adcha \u2013 chuqur anglash uchun muhim imkoniyat yaratadi. 1875-yilda Metrik konvensiya imzolanganidan buyon yagona o\u2018lchov tizimi ilmiy-texnik taraqqiyotning ajralmas asosi bo\u2018lib, natijalar taqqoslanuvchanligi va mamlakatlar o\u2018rtasidagi ishonchni ta\u2019minlab kelmoqda. E\u2019tiborlisi shundaki, Metrik konvensiya 150 yildan ortiq vaqt davomida o\u2018z dolzarbligi va amaliy ahamiyatini saqlab qolayotgan kam sonli xalqaro kelishuvlardan biri bo\u2018lib, metrologiyaning global ilmiy va iqtisodiy makonni shakllantirishdagi fundamental rolini tasdiqlaydi.\r\n2025-yil mavzusi \u2013 \u201cBarcha davrlar va barcha insonlar uchun o\u2018lchovlar\u201d \u2013 metrologiyaning universal xusu\u00adsiyatini hamda uning barqaror rivojlanishdagi ahamiyatini ta\u2019kidladi. 2026-yilda esa ushbu g\u2018oya \u201cMetrologiya: siyosatni shakllantirish jarayonida ishonchni yaratish\u201d mavzusi orqali davom ettirilmoqda va o\u2018lchashlarning asoslangan qarorlar qabul qilishdagi roliga tobora katta e\u2019tibor qaratilmoqda. Bunday izchillik metrologiyaning evolyutsiyasini \u2013 o\u2018lchashlarning universal qo\u2018llanilishini ta\u2019minlashdan davlat boshqaruvi, tartibga solish va xalqaro hamkorlikda ishonchni shakllantiruvchi muhim omilga aylanishigacha bo\u2018lgan jarayonni aks ettiradi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya sohasidagi zamonaviy xalqaro kun tar\u00adtibi Xalqaro o\u2018lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) o\u2018rtasidagi yaqin hamkorlik asosida shakllanmoqda va o\u2018zaro bog\u2018liq ustuvor yo\u2018nalishlarning keng doirasini qamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimi (SI)ni rivojlantirish va amaliyotga joriy etish bilan bir qatorda, o\u2018lchashlar taqqoslanuvchanligini ta\u2019minlash, global metrologik in\u00adfratuzilmani mustahkamlash, raqamli yondashuvlarni rivojlantirish hamda mamlakatlarning xalqaro metrologik tizimdagi ishtirokini kengaytirishga ham katta e\u2019tibor qaratilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Asosiy ustuvor yo\u2018nalishlar metrologiyada raqamli yondashuvlarni rivojlantirishni, jumladan ma\u2019lumotlarni taqdim etish va almashishning kelishilgan tamoyillarini ishlab chiqishni, ularning interoperabelligini ta\u2019minlashni va raqamli muhitda o\u2018lchash natijalariga bo\u2018lgan ishonch\u00adni oshirishni nazarda tutadi. Ushbu yo\u2018nalishlar metrolo\u00adgiya, standartlashtirish, akkreditatsiya va muvofiqlikni baholashni birlashtiruvchi sifat infratuzilmasining keng\u00adroq kontekstida ko\u2018rib chiqilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shu bilan birga, kvant metrologiyasi birliklarni amal\u00adga oshirish va o\u2018lchash aniqligini oshirish uchun kvant hodisalaridan foydalanishga asoslangan yo\u2018nalish sifatida rivojlanishda davom etmoqda. Mazkur yo\u2018nalish milliy etalonlarning uzoq muddatli evolyutsiyasi va milliy metrologik tizimlarning barqarorligi uchun asos yaratadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;CIPM o\u2018zaro tan olish to\u2018g\u2018risidagi kelishuv (CIPM MRA) doirasida o\u2018tkaziladigan xalqaro solishtirishlar ishonchni shakllantirishning muhim mexanizmi bo\u2018lib qolmoqda. Ular milliy etalonlar, shuningdek kalibrlash va o\u2018lchash imkoniyatlarining ekvivalentligini ta\u2019minlaydi hamda o\u2018zaro tan olish uchun asos bo\u2018lib xizmat qiladi. Kengroq ma\u2019noda, solishtirishlar ishonchni mustahkam\u00adlash, xalqaro savdoga ko\u2018maklashish va JSTning savdoda\u00adgi texnik to\u2018siqlar bo\u2018yicha bitimi tamoyillariga muvofiq texnik to\u2018siqlarni kamaytirishning muhim vositasi hi\u00adsoblanadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Qonunlashtiruvchi metrologiya o\u2018lchashlarning ishonch\u00adliligini amaliy jihatdan ta\u2019minlashda muhim rol o\u2018ynaydi. Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tash\u00adkilotining faoliyati o\u2018lchash vositalari va muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga qo\u2018yiladigan talablarni uy\u00adg\u2018un\u00adlashtirishga qaratilgan. OIML tavsiyalarining qo\u2018lla\u00adnishi natijalarni o\u2018zaro tan olishga ko\u2018maklashadi, bozor\u00adlarga kirishni yengillashtiradi va iste\u2019molchilar himoyasini ta\u2019minlaydi. Shuningdek, qonunlashtiruvchi metrologiya\u00adda raqamli yondashuvlarni rivojlantirish va ma\u2019lumot\u00adlarga bo\u2018lgan ishonchni saqlash masalalariga ham alo\u00adhida e\u2019tibor qaratilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mintaqaviy darajada Davlat metrologiya muassasa\u00adlarining Yevro-Osiyo hamkorligi (COOMET) muhim rol o\u2018ynaydi. Hozirgi vaqtda COOMET doirasidagi sa\u2019y-harakatlar hamkorlikni transformatsiya qilish, o\u2018zaro aloqalar samaradorligini oshirish, zamo\u00adnaviy ilmiy-texnik hamkorlik shakllarini rivojlantirish, yangi institutlarni jalb etish va yondashuvlarni uyg\u2018un\u00adlashtirishga qara\u00adtilgan. Ushbu choralar texnik kompeten\u00adsiyani mustah\u00adkamlash va mintaqaning global metrologik tizimdagi rolini oshirishga xizmat qiladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ilmiy va kadrlar salohiyatini rivojlantirish ustuvor yo\u2018nalishlardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik uslubiyotlarni rivojlantirish va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qilsa, ta\u2019lim muassasalari bilan hamkorlik malakali mutaxassis\u00adlarni tayyorlash va yosh avlodda metrologiyaga qizi\u00adqishni shakllantirishni ta\u2019minlaydi. Bu esa sohaning bar\u00adqarorligi va uzluksiz rivojlanishini kafolatlaydi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiyaning amaliy qo\u2018llanishi ikkilamchi kalibr\u00adlash va sinov laboratoriyalari tomonidan ta\u2019minlanadi. Ular sanoat bilan bevosita hamkorlik qiladi, o\u2018lchashlar aniqligini qo\u2018llab-quvvatlaydi hamda mahsulotlar xavf\u00adsizligi va sifatini ta\u2019minlaydi. Ularning rivojlanishi milliy sifat infratuzilmasi va iste\u2019molchilarni himoya qilishning muhim elementi hisoblanadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mamlakatlarning xalqaro metrologik tizimdagi ish\u00adtiroki kengayib borayotgani ijobiy dinamikani aks ettir\u00admoqda. Jumladan, Armaniston Respublikasi Xalqaro qo\u00adnunlashtiruvchi metrologiya tashkilotining assotsiat\u00adsiyalangan a\u2019zosiga aylandi, O\u2018zbekiston esa Metrik konvensiya ishtirokchisi maqomini oldi. Ushbu o\u2018zga\u00adrishlar milliy metrologik tizimlarga bo\u2018lgan ishonchning ortib borayotganidan va ularning jahon metrologik hamjamiyatiga chuqurroq integratsiyalashayotganidan dalolat beradi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekistonda metrologiyani rivojlantirish davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Infratuzilmani mo\u00addernizatsiya qilish, milliy etalonlarni rivojlantirish va o\u2018lchashlar kuzatiluvchanligini ta\u2019minlashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish nafaqat \u201cO\u2018zbekiston\u20132030\u201d strategiyasining barqaror iqtisodiy o\u2018sish, inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo\u2018nalishlariga mos keladi, balki ush\u00adbu maqsadlarga erishishning amaliy vositasi bo\u2018lib ham xizmat qiladi. Ishonchli va taqqoslanuvchan o\u2018lchashlar mahsulot sifatini oshirish, sanoatni rivojlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash va milliy iqtisodiyotga bo\u2018l\u00adgan ishonchni kuchaytirish uchun asos yaratadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Milliy etalonlarni rivojlantirish va \u201cQuantum-M\u201d kvant metrologiyasi markazini tashkil etish O\u2018zbekistonni zamonaviy ilmiy-texnologik markaz hamda metrologiya sohasidagi mintaqaviy kompetensiyalar markazi sifatida pozitsiyalash uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Ushbu sa\u2019y-harakatlar o\u2018lchashlar kuzatiluvchanligini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va inno\u00advatsion texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. Kengroq kontekstda esa ular metrologiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga yanada to\u2018liqroq hissa qo\u2018shishiga xizmat qiladi va ishonchli hamda taqqoslanuvchan o\u2018lchashlar atrof-muhitni muhofaza qilish, sog\u2018liqni saqlash, energetika va barqaror sanoat rivojlanishi sohalaridagi vazifalarni hal etishning zarur sharti ekanini namoyon etadi. Bunday yondashuvlar va ilg\u2018or amaliyotlarning keng tarqalishi metrologiyaning ushbu maqsadlarga milliy va global darajada erishishdagi muhim vosita sifatidagi rolini kuchaytiradi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Butunjahon metrologiya kuni jahon metrologik hamjamiyatini aniqlik, ishonchlilik va o\u2018zaro tan olish kabi umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiradi. Ushbu kunda ilmiy taraqqiyot va jamiyatdagi ishonch asosida turgan barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildiriladi. Metrologiyaning keyingi rivojlanishi yangi yutuqlar, xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishi va barqaror kelajak sari ishonchli harakat bilan davom etsin.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Butunjahon metrologiya kuni muborak bo\u2018lsin!<\/strong><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em><strong>Lazizbek Saidoripov,<\/strong> <\/em>\r\n<em>COOMET prezidenti, O\u2018zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o\u2018rinbosari<\/em><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24027\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Butunjahon metrologiya kuni zamonaviy dunyoda o\u2018lchashlarning rolini \u2013 fundamental tadqiqot\u00adlardan tortib sanoat ishlab chiqarishi, xalqaro savdo va jamoat manfaatlarini himoya qilishga\u00adcha \u2013 chuqur anglash uchun muhim imkoniyat yaratadi","protected":false},"author":1,"featured_media":24028,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"class_list":["post-24027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24027"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24029,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24027\/revisions\/24029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24028"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}