{"id":24040,"date":"2026-05-26T15:53:03","date_gmt":"2026-05-26T10:53:03","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24040"},"modified":"2026-05-26T15:53:12","modified_gmt":"2026-05-26T10:53:12","slug":"ozbek-ozbekiston-metrologiya-tizimining-strategik-transformatsiyasi-infratuzilmadan-kvant-texnologiyalari-sari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/slide\/ozbek-ozbekiston-metrologiya-tizimining-strategik-transformatsiyasi-infratuzilmadan-kvant-texnologiyalari-sari.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) O\u2018zbekiston metrologiya tizimining strategik transformatsiyasi: infratuzilmadan kvant texnologiyalari sari"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24040\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya \u2013 har qanday davlatning ilmiy-tex\u00adnikaviy salohiyati, iqtisodiy xavfsizligi va xalqaro savdodagi raqobatbar\u00addoshligini belgi\u00adlovchi fundamental asosdir. Bugungi kunda O\u02bczbekistonda metrologiya sohasi shunchaki texnik xizmat ko\u02bcrsatishdan yuqori texno\u00adlogik ilmiy sohaga aylanish bosqichini boshdan kechirmoqda.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Erishilgan yutuqlar<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston milliy metrologiya tizi\u00admida tub burilish yuz berdi. Metrologiya tizimining eng muhim yutuqlaridan biri \u2013 Xalqaro tarozi va o\u2018lchovlar byurosi (BIPM) bilan hamkorlikning yangi bosqichga ko\u2018tarilganidir. Milliy metrolo\u00adgiya instituti (O\u02bczMMI) to\u00admonidan xalqaro darajada tan olingan CMC (Calibration and Measurement Capabilities) imkoni\u00adyatlarining e\u02bclon qilinishi, milliy o\u02bclchov natijalarining dunyo miqyosida tan olinishiga zamin yaratdi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, milliy etalonlar bazasining 20 dan ortiq zamonaviy qurilmalar bilan boyitilishi sanoatning yuqori aniqlikdagi o\u02bclchovlarga bo\u02bclgan ehtiyojini ichki imko\u00adniyatlar hisobidan qoplash imkonini bermoqda. Kimyoviy va fizik-kimyoviy o\u02bclchovlar yo\u02bcnalishida davlat standart namunalarining yaratilishi esa oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik monitoring sohasida mustaqillikni ta\u02bcminladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugungi kunda metrologiya faqat o\u02bclchash vositalarini tekshirish yoki etalonlarni saqlash bilan cheklanmaydi. U sanoat, tibbiyot, energetika, telekommunikatsiya, transport, atrof-muhit muhofazasi, raqamli iqtisodiyot va xalqaro savdo uchun ishonchli ilmiy asos yaratadigan strategik sohaga aylanmoqda. Har qanday ilmiy tadqiqot yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yoki xalqaro bo\u00adzorga chiqish jarayonida o\u02bclchash natijalarining aniqligi, taqqoslanuvchanligi va xalqaro tan olinishi muhim aha\u00admiyatga ega.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u02bczbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati mi\u00adsolida, zamonaviy metrologiya bir necha ilmiy bosqichlar orqali rivojlanishini (milliy etalonlar bazasini shakllantirish, xalqaro tan olinishga erishish, normativ-huquqiy asos\u00adlarni takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilg\u02bcor texnologiyalar va kvant metrologiyasini joriy etish ham\u00adda mintaqaviy metrologiya markaziga aylanish) ko\u02bcrish mumkin. Institut 2017-yilda Milliy etalonlar mar\u00adkazi va Metrologiya xizmatlari markazi negizida tashkil etilgan bo\u02bclib, qisqa muddat ichida milliy met\u00adrologiya tizimining markaziy ilmiy-institutsional bo\u02bcg\u02bci\u00adniga aylangan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ushbu 7 ta bosqichni aynan shu ketma-ketlikda ko\u02bcr\u00adsatishning ilmiy va mantiqiy asoslari mavjud. Bu tizim metrologiyaning oddiy o\u02bclchov xizmatidan yuqori texno\u00adlogik ilm-fan sohasiga aylanish evolyutsiyasini ifodalaydi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Birinchi bosqich: milliy metrologiya infratuzilmasini shakllantirish<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya davlat nazoratisiz va laboratoriyalar bazasisiz mavjud bo\u02bcla olmaydi. Bu bosqich milliy o\u02bclchov birligini saqlash va tarqatish imkoniyatini yaratadi. Busiz keyingi bosqichlarga o\u02bctib bo\u02bclmaydi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Zamonaviy metrologiyaning birinchi ilmiy bosqichi&nbsp;\u2013 milliy etalonlar bazasini yaratish va o\u02bclchashlar birliligini ta\u02bcminlashdir. Har bir davlatning texnik taraqqiyoti, sanoat raqobatbardoshligi va mahsulot sifati, avvalo, o\u02bclchash natijala\u00adrining ishonchliligiga bog\u02bcliq. Shu bois milliy metrologiya instituti mamlakatda o\u02bclchash eta\u00adlonlarini yaratish, saqlash va ular orqali barcha sohalarga metrologik kuzatuvchanlik zanjirini yetkazish vazifasini bajaradi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Quyida keltirilgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bcra O\u02bczbekiston milliy metrologiya instituti mam\u00adlakatning Milliy met\u00adrologiya instituti sifatida o\u02bclchash standartlarini yaratish va saqlash, respublika miqyosida o\u02bclchashlar birliligini ta\u02bcminlash hamda xalqaro va mintaqaviy metrologik tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifodalash vazifalarini bajaradi. Bu esa metro\u00adlogiyaning ilmiy bosqichi amaliyot bilan uzviy bog\u02bclanganini ko\u02bcrsatadi: etalonlar faqat laboratoriyada saqlanadigan texnik vosita emas, balki iqtisodiyot tar\u00admoqlari uchun ilmiy asoslangan ishonch zanjiridir.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Ikkinchi bosqich: xalqaro tan olinish va CMC imkoniyatlari<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya \u2013 global tizim. Agar mamlakat o\u02bclchovlari xalqaro darajada (BIPM tomonidan) tan olinmasa, ma\u00adhalliy sanoat mahsulotlari eksport qilinganda qayta sinovdan o\u02bctishiga to\u02bcg\u02bcri keladi. CMC imkoniyatlari mamlakatning ilmiy \u201cvizitkasi\u201d hisoblanadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiyaning keyingi muhim bosqichi \u2013 milliy o\u02bclchash natijalarini xalqaro darajada tan oldirishdir. Bu bosqichda davlatning metrologik imkoniyatlari xalqaro taqqoslashlar, auditlar, akkreditatsiya va CMC \u2013 Calibra\u00adtion and Measurement Capabilities orqali tasdiqlanadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u02bczbekiston bu yo\u02bcnalishda muhim natijalarga erish\u00adgan. Institut 2018-yilda CGPMning assotsiatsiya\u00adlangan a\u02bczosi bo\u02bclgan, CIPM MRA kelishuviga qo\u02bcshilgan, APMP, COOMET, EURAMET, EASC va SMIIC kabi tash\u00adkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Hujjatda Institut 38 ta xalqaro va mintaqaviy taqqoslash loyihasida ish\u00adtirok etayotgani, yil oxirigacha bu ko\u02bcrsatkichni 45 tadan oshirish reja\u00adlashtirilgani, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish, foto\u00admetriya va radiometriya, vaqt va chastota, elektr va magnit kattaliklari sohalarida 19 ta CMC e\u02bclon qilingani qayd etilgan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bu bosqichning ilmiy ahamiyati shundaki, milliy etalonlar boshqa davlatlar etalonlari bilan taqqoslanadi, o\u02bclchash natijalarining noaniqligi baholanadi va mam\u00adlakatda bajarilgan kalibrlash natijalari xalqaro miqyosda ishonchli, deb qabul qilinadi. Natijada sanoat mahsu\u00adlotlari, tibbiy o\u02bclchashlar, energetika hisob-kitoblari va ilmiy tadqiqotlar xalqaro standartlar bilan uyg\u02bcunlashadi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Uchinchi bosqich: qonunchilik va huquqiy metrologiyani takomillashtirish<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Texnik imkoniyatlar paydo bo\u02bclgach, ularni huquqiy tartibga solish lozim. Bu bosqich iste\u02bcmolchilarni noto\u02bcg\u02bcri o\u02bclchovlardan himoya qilish va sohaning huquqiy ma\u00adqomini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ilmiy metrologiya huquqiy asoslarsiz samarali ishlay olmaydi. Shu sababli zamonaviy metrologiyaning yana bir bosqichi \u2013 qonunchilik, normativ hujjatlar va huquqiy metrologiya tizimini takomillashtirishdir. Bu jarayonda OIML tavsiyalari, xalqaro amaliyot va milliy iqtisodiyot ehtiyojlari asos qilib olinadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bu bosqichning ilmiy-amaliy mohiyati shundaki, metrologiya davlat boshqaruvi, bozor iqtisodiyoti va texnik tartibga solish tizimi bilan bog\u02bclanadi. O\u02bclchash natijalari huquqiy kuchga ega bo\u02bclishi, iste\u02bcmolchi hu\u00adquqlarini himoya qilishi, adolatli savdo va xavfsizlikni ta\u02bcminlashi uchun ular qat\u02bciy normativ asosga tayanishi zarur.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>To\u02bcrtinchi bosqich: ilmiy tadqiqotlar va kadrlar salohiyati<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Eng zamonaviy etalon ham bilimli mutaxassissiz shunchaki \u201ctemir\u201d. Sohaning barqaror rivojlanishi uchun o\u02bcz ilmiy maktabi va kadrlar tayyorlash tizimi bo\u02bclishi shart. Bu bosqich sohani tashqi bog\u02bcliqlikdan xalos qiladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiyaning barqaror rivojlanishi yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy tadqiqotlarsiz mumkin emas. Eng zamonaviy etalonlar ham ularni boshqaradigan, tadqiq qiladigan va noaniqlikni baholay oladigan mutaxassislar bo\u02bclmas ekan, kutilgan natijani bermaydi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Institutda Ilmiy va Ilmiy-texnik kengashlar faoliyat yuritayotgani, 3 nafar doktorant, 69 nafar xodim mus\u00adtaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib borayotgani, kelgusida ular o\u02bcz dissertatsiya ishlarini O\u02bczbekiston milliy metrologiya instituti negizida Ihtisoslashtirilgan Ilmiy kengashini tashkil etish uchun asos bo\u02bcladi. Shuningdek, 200 nafardan ortiq yosh mutaxassis xalqaro seminar va o\u02bcquv dasturlarida malakasini oshirdi, yana 100 nafar xodimni o\u02bcqitish rejalashtirilgan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bu bosqich metrologiyani klassik texnik xizmatdan ilmiy-innovatsion faoliyat darajasiga olib chiqadi. Ilmiy kadrlar yangi etalonlarni yaratish, o\u02bclchash usullarini takomillashtirish, noaniqlik byudjetlarini hisoblash xal\u00adqaro taqqoslashlarda ishtirok etish va yuqori texno\u00adlogiyali tarmoqlarga metrologik yechimlar taklif qilish imkonini beradi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Beshinchi bosqich: yangi etalonlar, standart namunalar va ixtisoslashgan laboratoriyalar<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sanoat rivojlangani sari oddiy o\u02bclchovlar kamlik qi\u00adladi. Endi kimyoviy tarkib, nanoo\u02bclchamlar va spetsifik laboratoriyalarga ehtiyoj tug\u02bciladi. Bu bosqich sanoatning eng nozik tarmoqlarini (farmatsevtika, mikroelektronika) qo\u02bcllab-quvvatlaydi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugungi metrologiyaning yana bir muhim bosqichi&nbsp;\u2013 yangi milliy etalonlarni yaratish, standart namunalar ishlab chiqarish va ixtisoslashgan laboratoriyalarni tashkil etishdir. Milliy davlat dasturlari asosida yangi etalonlar yaratilgan, sertifikatlangan standart namunalar ishlab chiqarish yo\u02bclga qo\u02bcyilgan va yettita etalon yaratish loyihasi mamlakatning yetakchi oliy ta\u02bclim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani buning yaqqol dalilidir.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em><strong>Ma\u201bruf AZIMOV<\/strong>, O\u2018zbekiston milliy metrologiya instituti direktori vazifasini bajaruvchisi<\/em><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><a href=\"http:\/\/evu.uz\/kontaktyi\"><em>Siz maqolaning to\u2018liq matnini jurnalning bosma nashrida o\u2018qishingiz mumkin.<\/em><\/a><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24040\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Metrologiya \u2013 har qanday davlatning ilmiy-tex\u00adnikaviy salohiyati, iqtisodiy xavfsizligi va xalqaro savdodagi raqobatbar\u00addoshligini belgi\u00adlovchi fundamental asosdir","protected":false},"author":1,"featured_media":24041,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"class_list":["post-24040","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24040","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24042,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24040\/revisions\/24042"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24041"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}