{"id":24418,"date":"2026-08-13T11:26:09","date_gmt":"2026-08-13T06:26:09","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24418"},"modified":"2026-08-13T11:26:09","modified_gmt":"2026-08-13T06:26:09","slug":"ozbek-yangi-o%ca%bczbekiston-qishloq-xo%ca%bcjaligi-raqamli-transformatsiyadan-global-raqobatgacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/intervyu\/ozbek-yangi-o%ca%bczbekiston-qishloq-xo%ca%bcjaligi-raqamli-transformatsiyadan-global-raqobatgacha.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) Yangi O\u02bczbekiston  qishloq xo\u02bcjaligi:  raqamli transformatsiyadan global raqobatgacha"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24418\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>&nbsp;\r\n\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;<em><strong>\u2013 Ibrohim Yulchiyevich, so\u02bcnggi yillarda Prezident tomonidan sohani texnik yangilash va raqamlashtirish bo\u02bcyicha qabul qilingan qarorlar, xususan, joriy yilgi texnik moder\u00adnizatsiya dasturlari agrar sohaning strategik qiyofasini o\u02bczgartirmoqda. Bugungi transfor\u00admatsiya jarayonida erishilgan eng muhim natijalar sifatida nimalarni e\u02bctirof etasiz va 2026-yil yakunigacha sohada qanday tub o\u02bczgarishlar kutilmoqda?<\/strong><\/em>\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u2013 So\u02bcnggi yillarda agrar sohani texnik yangilash va raqamlashtirish bo\u02bcyicha qabul qilingan Prezident qaror\u00adlari hamda joriy yilda amalga oshirilayotgan moderni\u00adzatsiya dasturlari qishloq xo\u02bcjaligining mazmun-mohiya\u00adtini tubdan o\u02bczgartirmoqda. Bu jarayonni oddiy texnika yangilash yoki alohida axborot tizimlarini joriy etish bilan cheklab bo\u02bclmaydi. \u0410slida bu sohaning boshqaruv madaniyati, ishlab chiqarish usullari, resurslardan foyda\u00adlanish samaradorligi va fermer xo\u02bcjaliklari faoliyatini tashkil etish tizimi yangidan shakllanayotganini angla\u00adtadi. Ilgari ko\u02bcproq qo\u02bcl mehnatiga, tajriba va an\u02bcanaviy yondashuvga suyangan sohada endi zamonaviy texnika, raqamli ma\u02bclumotlar, sun\u02bciy intellekt elementlari, maso\u00adfaviy kuzatuv va aniq dehqonchilik tamoyillari tobora keng o\u02bcrin olmoqda. Bu esa agrar sohani faqat ishlab chiqarish tarmog\u02bci emas, balki raqamli boshqaruvga asoslangan strategik tizim sifatida namoyon etmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Erishilgan eng muhim natijalardan biri \u2013 texnika parkining bosqichma-bosqich yangilanishi va ish jara\u00adyonlari mexanizatsiya darajasining oshganidir. Za\u00admonaviy traktorlar, urug\u02bc ekish, parvarishlash, hosil yig\u02bcish va tashishga mo\u02bcljallangan yuqori unumli texni\u00adkalar joriy etilishi daladagi mehnat unumdorligini sezi\u00adlarli oshirmoqda. Buning natijasida vaqt va yonilg\u02bci sarfi kamayadi, agrotexnik tadbirlar o\u02bcz vaqtida amalga oshi\u00adriladi, eng muhimi, inson omiliga bog\u02bcliq xatolar qisqa\u00adradi. Texnika bilan ta\u02bcminlanganlik qanchalik yuqori bo\u02bcl\u00adsa, fermerning qaror qabul qilish imkoniyati ham shunchalik kengayadi. Bugungi kunda ko\u02bcplab xo\u02bcjalik\u00adlarda ishlarni rejalashtirish, dala ishlarini uyg\u02bcunlashtirish, texnika harakatini boshqarish va xizmat ko\u02bcrsatishni muvofiqlashtirish ham zamonaviy yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ikkinchi muhim natija \u2013 raqamlashtirish orqali bosh\u00adqaruvda shaffoflik va nazoratning kuchayganidir. Yer maydonlari, ekin turlari, suv ta\u02bcminoti, subsidiyalar, kreditlar, shartnomalar va hosil ko\u02bcrsatkichlarini elektron bazalarda yuritish orqali sohadagi turli bosqichlar o\u02bczaro bog\u02bcliq holda boshqarilmoqda. Ilgari ma\u02bclumotlarni yig\u02bcish, tekshirish va tahlil qilish ko\u02bcp vaqt olgan bo\u02bclsa, endilikda elektron platforma va axborot tizimlari orqali bu jarayon tezlashdi. Bu esa qarorlarni tez va aniq qa\u00adbul qilishga imkon bermoqda. Eng muhimi, raqamli ma\u02bclumotlar asosida davlat qo\u02bcllab-quvvatlovi manzilli\u00adroq va samaraliroq shakllanmoqda. Shu bilan birga fermer va klasterlar faoliyatini baholashda ham subyektiv yon\u00addashuv kamayib, aniq ko\u02bcrsatkichlar ustuvor bo\u02bcl\u00admoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sohadagi yana bir katta o\u02bczgarish \u2013 suv resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatining yangi bosqichga chiqqani. Suv tanqisligi sharoitida agrar sohani rivojlan\u00adtirishning eng dolzarb masalasi aynan shu resursni tejash va uni aniq hisob-kitob asosida taq\u00adsimlashdir. Tom\u00adchilatib sug\u02bcorish, yomg\u02bcirlatib sug\u02bco\u00adrish, yer usti va yer osti namligini nazorat qilish, sug\u02bcorish grafiklarini raqamli tahlil asosida tu\u00adzish kabi yon\u00addashuvlar suvdan foyda\u00adlanish sama\u00adradorligini oshirmoqda. Bu nafaqat ekologik barqarorlik, balki iqtisodiy samaradorlik uchun ham muhim. Chunki suvni tejash orqali nafaqat tabiiy resurs asraladi, balki mahsulot tannarxi ham pasayadi. Shu bois sug\u02bcorish tizimini mo\u00addernizatsiya qilish agrar soha\u00addagi eng ustuvor yo\u02bcna\u00adlishlardan biri bo\u02bclib qolmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ilg\u02bcor texnologiyalar joriy etilishi bilan birga agrono\u00admik qarorlar ham aniqroq asosga ega bo\u02bclmoqda. Dron\u00adlar, sputnik kuzatuvi, tuproq tahlili, vegetatsiya holatini baholash va zararkunandalarni erta aniqlash imkoniyatlari xo\u02bcjaliklar uchun yangi bosqichni ochdi. Bu yerda asosiy farq shundaki, endi muammoga faqat kuzatuvchi ko\u02bczi bilan emas, balki ma\u02bclumotlar tahlili bilan yondashilmoq\u00adda. Masalan, maydondagi kam o\u02bcsish yoki stress holati avvalgi kabi kech aniqlanmasdan, ilk belgilari bilangina sezilishi mumkin. Shuning o\u02bczi hosilni saqlab qolish va xarajatlarni qisqartirishga xizmat qila\u00addi. \u0410grar sohada raqamli monitoring kuchaygani sayin, yetishtirishdan tor\u00adtib yig\u02bcim-terimgacha bo\u02bclgan butun zanjir boshqaruvi sifat jihatdan yangi darajaga ko\u02bctarilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;2026-yil yakunigacha sohada yana bir qator tub o\u02bczgarishlar kutilmoqda. Birinchidan, qishloq xo\u02bcjaligini bosh\u00adqarishda yagona raqamli muhitning yanada mus\u00adtah\u00adkamlanishi, ya\u02bcni yer, suv, ekin, texnika va moliyaviy ma\u02bclumotlarni bir tizimda jamlash ja\u00adrayoni ken\u00adgayishi kutilyapti. Bu fer\u00admerlar uchun qo\u02bcshimcha qulaylik yara\u00adtadi, davlat idoralari uchun esa tezkor tahlil va aniq nazorat imkonini beradi. Ikkin\u00adchidan, agrotavsiyalar berishda sun\u02bciy intellekt va avtomat\u00adlashtirilgan tahlil tizimlari kengroq joriy etilishi mumkin. Bu degani, fer\u00admer muayyan hudud, tuproq holati, iqlim va suv imkoniya\u00adtidan kelib chiq\u00adqan holda aniq tavsiya oladi. Uchinchidan, logistika va mahsulot izchilli\u00adgini kuzatish tizimlari kucha\u00adyadi. Bu eksportbop mahsu\u00adlotlar sifati, sertifikatsiyasi va bozorga chiqarish jarayon\u00adlarini osonlashtiradi. To\u02bcr\u00adtinchidan, suv tejovchi texnolo\u00adgiyalar ulushi yanada ortib, sug\u02bcorish jarayonidagi isrof keskin qisqarishi mum\u00adkin. Beshinchi\u00addan, fermerlar va klas\u00adterlar uchun elektron xizmatlar, moliyalashtirish me\u00adxanizmlari va masofaviy maslahat xizmatlari ko\u02bclami kengayadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shu ma\u02bcnoda, bugungi transformatsiya jarayonining eng asosiy natijasi \u2013 agrar sohada faqat texnika almashi\u00adnuvi emas, balki butun boshqaruv modeli almashayot\u00adganidir. Sohada qaror qabul qilish tezligi ortadi, resurs\u00adlardan foydalanish samarasi yaxshilanadi, mahsulot hajmi va sifati barqarorlashadi, fermerning ish yuki yengilla\u00adshadi. Eng muhimi, agrar soha zamonaviy texnologiyalar bilan uyg\u02bcunlashib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash, eksport salohiyatini oshirish va qishloq aho\u00adlisi daromadini ko\u02bcpaytirishning ishonchli tayanchiga aylanmoqda. 2026-yil natijasi bo\u2018yicha bu yo\u02bcnalishdagi islohotlar o\u02bcz samarasini yanada yaqqol namoyon etishi, qishloq xo\u02bcjaligini yuqori samarali, raqamli va barqaror tarmoq sifatida mustahkamlashi kutilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;<em><strong>\u2013 Qishloq xo\u02bcjaligi iqtisodiyotimizning eng muhim drayverlaridan biri bo\u02bclib qolmoqda. \u0410yni paytda agrar sektorda davlat siyosatini belgilovchi asosiy ustuvor yo\u02bcnalishlar nimalardan iborat? Xususan, hosildorlikni oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va global xatarlar sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash bo\u02bcyicha qanday strategik vazifalar belgilangan?<\/strong><\/em>\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u2013 Bugungi kunda qishloq xo\u02bcjaligi O\u02bczbekiston yalpi ichki mahsulotining qariyb chorak qismini ta\u02bcminlamoqda. Sohadagi islohotlar nafaqat ichki ehtiyojni qondirish, balki tashqi bozorlardagi o\u02bcrnimizni mustah\u00adkamlashga ham xizmat qilmoqda. \u0410yni paytda agrar sektorda davlat siyosatini belgilab berayotgan asosiy ustuvor yo\u02bcnalishlar kompleks va o\u02bczaro bog\u02bcliq vazifalar tizimidan iborat.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Eng birinchi ustuvor yo\u02bcnalish \u2013 hosildorlikni barqaror oshirish va yer resurslaridan samarali foydalanishdir. Bu borada ilmiy asoslangan agrotex\u00adnologiyalarni keng joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, ekinlarni to\u02bcg\u02bcri joylashtirish, navlarni tanlash va intensiv dehqon\u00adchilik tizi\u00admini rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmoq\u00adda. Shu bilan birga suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi ham strategik ahamiyatga ega bo\u02bc\u00adlib, tomchi\u00adlatib va yomg\u02bcirlatib sug\u02bcorish kabi tejamkor texnologiya\u00adlarni kengaytirish orqali hosildorlikni oshirish bilan bir qatorda resurs tejamkorligi ta\u02bcminlanmoqda. Zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalar joriy etilishi esa agro\u00adtexnik tadbirlarni o\u02bcz vaqtida va aniq bajarish imkonini berib, umumiy samaradorlikni yanada oshir\u00admoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ikkinchi muhim yo\u02bcnalish \u2013 eksport salohiyatini ken\u00adgaytirish va qo\u02bcshimcha qiymat zanjirini shakllantirishdir. Bugungi kunda faqat xomashyo emas, balki qayta ish\u00adlangan, qo\u02bcshimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini oshirish ustuvor vazifaga aylangan. Buning uchun qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, logistika infratuzilmasini yaxshilash, mahsulotlarni xalqaro stan\u00addartlarga mos sertifikatlash tizimini takomillashtirish va tashqi bozorlarga chiqishda marketing mexanizmlarini kuchaytirishga katta e\u02bctibor qaratilmoqda. Shu orqali qishloq xo\u02bcjaligi mahsulotlari geografiyasini kengaytirish va eksport hajmini barqaror oshirish maqsad qilingan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Uchinchi yo\u02bcnalish \u2013 oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcmin\u00adlash va ichki bozor barqarorligini mustahkamlashdir. Glo\u00adbal iqlim o\u02bczgarishlari, suv tanqisligi va tashqi bo\u00adzorlardagi beqarorlik sharoitida aholi\u00adni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta\u02bcminlash davlat siyo\u00adsatining eng muhim masalalaridan biri hi\u00adsoblanadi. Shu maq\u00adsadda stra\u00adtegik mahsulotlar yetish\u00adtirish hajmini barqaror saqlash, zaxiralar tizimini tako\u00admillashtirish, importga bog\u02bcliq\u00adlikni kamaytirish va ma\u00adhalliy ishlab chiqarishni rag\u02bcbat\u00adlantirish bo\u02bcyicha komp\u00adleks choralar amalga oshi\u00adrilmoq\u00adda. Shuningdek, iqlim xavf-xatarlariga chidamli qishloq xo\u02bcjaligi tizimini shakl\u00adlantirish ham muhim vazifa sifatida belgilangan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;To\u02bcrtinchi yo\u02bcnalish \u2013 agrar sohani to\u02bcliq raqamlash\u00adtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishdir. Yer, suv, ekinlar, subsidiyalar va fermer xo\u02bcjaliklari faoliyatini yagona raqamli platformaga integratsiya qilish orqali tizimda shaffoflik va tezkorlik ta\u02bcminlanmoqda. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini aniq ma\u02bclumotlar asosida amalga oshirish imkonini berib, inson omiliga bog\u02bcliq xatolarni kamaytiradi. Shu bilan birga sun\u02bciy intellekt va tahlil tizimlaridan foydalanish orqali hosil prognozlari, zararkunandalar tarqalishi va resurs\u00adlardan foydalanish samaradorligi ol\u00addindan baholan\u00admoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Beshinchi yo\u02bcnalish \u2013 agrar sohada investitsiya mu\u00adhitini yaxshilash va xu\u00adsusiy sektor ishtirokini kengay\u00adtirishdir. Klaster va kooperatsiya ti\u00adzimlarini rivojlantirish, fermer va qayta ishlash korxonalari o\u02bcrtasida uzviy zanjir yaratish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali sohada inves\u00adtitsiya oqimi kuchaytirilmoqda. Bu esa yangi ish o\u02bcrinlari yaratish, texnologiyalarni tez joriy etish va raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.\r\n<em><strong>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u2013 Global iqlim o\u02bczgarishi natijasida mintaqamizda suv resurslarining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, suvdan oqilona foydalanish milliy xavfsizlik daraja\u00adsidagi masalaga aylandi. \u0410ytingchi, tomchilatib va yomg\u02bcirlatib sug\u02bcorish tizimlarini keng joriy etish bo\u02bcyi\u00adcha hozirgacha qanday amaliy natijalarga erishildi? Joriy yilda yana qancha maydonni ushbu texnologiyalar bilan qamrab olish rejalashtirilgan va bu iqtisodiy jihatdan fermerga qanday naf keltirmoqda?<\/strong><\/em>\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n&nbsp;","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24418\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Bugungi transformatsiya jarayonining eng asosiy natijasi \u2013 agrar sohada faqat texnika almashinuvi emas, balki butun boshqaruv modeli almashayotganidir.","protected":false},"author":1,"featured_media":24419,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7,4],"tags":[],"class_list":["post-24418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide","category-intervyu"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24418"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24420,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24418\/revisions\/24420"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24419"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}