{"id":24570,"date":"2026-09-17T14:57:45","date_gmt":"2026-09-17T09:57:45","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24570"},"modified":"2026-09-17T15:03:42","modified_gmt":"2026-09-17T10:03:42","slug":"ozbek-mustaqillikning-35-yilligida-soliq-tizimi-raqamlashtirish-suniy-int%d0%b5ll%d0%b5kt-va-soliqchi-komakchi-tamoyili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/intervyu\/ozbek-mustaqillikning-35-yilligida-soliq-tizimi-raqamlashtirish-suniy-int%d0%b5ll%d0%b5kt-va-soliqchi-komakchi-tamoyili.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIDA SOLIQ TIZIMI: RAQAMLASHTIRISH, SUN\u201bIY INT\u0415LL\u0415KT  VA \u00abSOLIQCHI \u2013 KO\u2018MAKCHI\u00bb TAMOYILI"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><strong>Mustaqillikning 35 yilligi mamlakatimiz hayotida nafaqat tarixiy sana, balki amalga oshirilgan islohotlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni baholash va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olish uchun muhim imkoniyatdir. O\u2018tgan yillar mobaynida O\u2018zbekiston iqtisodiyoti bilan bir qatorda soliq tizimi ham tubdan o\u2018zgardi. Bugun soliq xizmati nafaqat davlat budjeti daromadlarini ta\u201bminlovchi institut, balki iqtisodiy o\u2018sishni rag\u2018batlantiruvchi, investitsiyalarni jalb qiluvchi, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlovchi va zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan muhim davlat tuzilmasiga aylanmoqda.<\/strong>\r\n<strong>So\u2018nggi yillarda soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun\u201biy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi, tadbirkorlarga xizmat ko\u2018rsatishning yangi standartlari hamda kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/strong>\r\n<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq qo\u2018mitasi raisi Farrux PULATOV bilan mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshi\u00adrilayotgan islohotlar, raqamlashtirish, sun\u201biy intellekt texnologiyalari, kichik biznesni qo\u2018llab-quvvatlash va kelgusi\u00addagi ustuvor vazifalar haqida suhbatlashdik.<\/strong>\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n<strong>\u2013 Farrux Jahongirovich, mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o\u2018tgan davrga nazar tashlar ekanmiz, soliq tizimida amalga oshi\u00adrilgan qaysi islohotlarni mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti uchun eng muhim natijalardan biri deb baholaysiz?<\/strong>\r\n\u2013 So\u2018nggi yillarda mamlakatimiz soliq tizimi ulkan taraqqiyot yo\u2018lini bosib o\u2018tdi. Agar dastlabki bosqichlarda soliq organlarining asosiy vazifasi davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta\u201bminlashdan iborat bo\u2018lgan bo\u2018lsa, bugungi kunda soliq tizimi iqtisodiy rivojlanishning muhim dray\u00adverlaridan biriga aylandi.\r\nIlgari soliq organlari faoliyatida asosiy urg\u2018u nazorat va tekshiruvlarga qaratilgan bo\u2018lsa, bugungi kunda tadbirkor va davlat o\u2018rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Soliq xizmati \u00abSoliqchi \u2013 ko\u2018makchi\u00bb tamoyili asosida ishlaydigan, tadbirkorlarga xizmat ko\u2018rsatuvchi va ularning rivojlanishiga ko\u2018\u00admaklashuvchi tizimga aylanmoqda.\r\nYangi tahrirdagi Soliq kodeksi, soliq stavkalarining maqbullashtirilishi, elektron xizmatlarning keng joriy etilishi, raqamli nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi iqtisodiyotda shaffoflikni ta\u201bminlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ham\u00adda soliq bazasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.\r\nBugungi kunda tadbirkor o\u2018z soliq majburiyatlarini uyidan chiqma\u00adgan holda bajarishi mumkin. Elektron hisobotlar, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikasi, mobil xizmatlar va proaktiv ser\u00advislar soliq ma\u201bmuriyatchiligini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.\r\nShu bilan birga, soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash va iqti\u00adsodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.\r\nEng muhimi, bugun soliq tizimi iqtisodiy o\u2018sishga to\u2018sqinlik qiluvchi omil emas, aksincha iqtisodiy faollikni rag\u2018batlantiruvchi muhim institut sifatida shakllanmoqda. Ayniqsa, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Davlat va soliq to\u2018lovchi o\u2018rtasidagi munosabatlarning katta qismi elektron shaklga o\u2018tkazildi. Bu inson omilini qisqartirish, korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi.\r\nMustaqillik yillarida soliq tizimida amalga oshirilgan eng katta islo\u00adhotlardan yana biri \u2013 soliq ma\u201bmuriyatchiligini xavflarni boshqarish asosida tashkil etishdir. Bu tizim halol ishlayotgan tadbirkorlarni ortiq\u00adcha tekshiruvlardan himoya qilish, davlat nazoratini esa aniq xatarlar mavjud bo\u2018lgan holatlarga yo\u2018naltirish imkonini bermoqda.\r\nShu nuqtayi nazardan qaraganda, mustaqillik yillarida soliq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning eng muhim natijasi \u2013 davlat, biznes va jamiyat o\u2018rtasidagi ishonchli hamkorlik muhitining shakllanishi bo\u2018ldi, deb hisoblayman. Ana shu ishonch kelgusi iqtisodiy taraqqiyot uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.\r\n<strong>\u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi \u00adPrezidentining 2026-yil 19-maydagi PF\u201395-son Farmoni soliq organlari faoliyatini institutsional takomillashtirish va zamonaviy soliq ma&#8217;\u00admuriyatchiligi modelini joriy etishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu hujjat doirasida qan\u00adday ustuvor o\u2018zgarishlar amalga oshirilmoq\u00adda va ularning tadbirkorlar hamda fuqarolar uchun asosiy afzalliklari nimalardan iborat?<\/strong>\r\n\u2013 Mazkur Farmon mamlakatimiz soliq tizimi taraqqiyotida mutlaqo yangi bosqichni boshlab bergan strategik hujjat hisoblanadi. Ushbu Farmonning ahamiyatini baholar ekan\u00admiz, avvalo uning asosiy g\u2018oyasi&nbsp;\u2013 soliq tizimini \u00abjazolovchi idora\u00bb modeli emas, balki \u00abko\u2018makchi va hamkor davlat instituti\u00bb modeliga o\u2018tkazishdan iborat ekanini alohida ta\u201bkidlash lozim.\r\nSoliq sohasida amalga oshirilayotgan barcha o\u2018zgarishlar markazida inson, tadbirkor va soliq to\u2018lov\u00adchi manfaatlari turibdi. Farmonning bosh strategik maqsadi 2030-yilga qadar Jahon bankining \u00abBusiness Ready\u00bb xalqaro reytingida soliq yo\u2018\u00adnalishi bo\u2018yicha eng yuqori \u2013 birinchi darajaga chiqish hamda soliq or\u00adganlariga nisbatan jamoatchilik \u00adishonchini yanada mustahkamlashdan iborat.\r\nUshbu maqsadga erishish uchun soliq ma\u201bmuriyatchiligi, raqamlashtirish, xizmat ko\u2018rsatish standartlari, xavflarni boshqarish va kadrlar siyosati bo\u2018yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Farmon bilan joriy etilgan eng muhim yangiliklardan biri tadbirkorlarni ortiqcha hujjatboz\u00adlikdan xalos etishga qaratilgan choralar bo\u2018ldi. 2026-yil 1-iyuldan bosh\u00adlab \u00abAvtokameral\u00bb dasturida aniq\u00adlangan tafovutlar bo\u2018yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslovchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilindi. Bu yangilik ko\u2018plab tadbirkorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Chunki amalda maz\u00adkur jarayon ko\u2018p vaqt va resurs ta\u00adlab qilar, tadbirkorlar esa ko\u2018p hollarda asosiy faoliyati o\u2018rniga hujjat tayyorlash bilan band bo\u2018lib qolardi. Endilikda tekshiruvdan oldingi tahlil mexanizmi saqlanib qolmoqda, \u00adammo uning mazmuni mutlaqo o\u2018z\u00adgarmoqda. U nazorat va jazolash vositasi emas, balki xavflar haqida oldindan ogohlantiruvchi servis me\u00adxa\u00adnizmiga aylantirildi.\r\nFarmon bilan joriy etilgan yana bir muhim mexanizm \u2013 soliq xavfi o\u2018rta darajada bo\u2018lgan tadbirkorlarga nisbatan profilaktik yondashuvni qo\u2018llash hisoblanadi. Bunda soliq organlari tomonidan aniqlangan xavf\u00adlar haqida tadbirkorga xabarnoma yuboriladi. Agar soliq to\u2018lovchi aniqlangan kamchiliklarni bir oy ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, unga nisbatan soliq tekshiruvlari o\u2018tkazilmaydi. Mazkur mexanizmning ahamiyati shundaki, davlat tadbirkorga birinchi navbatda ishonch bildirmoqda va uni jazolash emas, xatosini to\u2018g\u2018rilashga undamoqda.\r\nYangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarini qo\u2018llab-quvvatlash ham Farmonning muhim yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga ko\u2018ra dastlabki olti oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati \u00abSoliq-servis\u00bb aksiyadorlik jamiyati tomonidan mutlaqo bepul amalga oshirilishi belgilandi. Bu yangi biznes uchun dast\u00adlabki bosqichdagi xarajatlarni kamaytirish, buxgalteriya yukini yengillashtirish va faoliyatni qonuniy yo\u2018lga qo\u2018yishga yordam beradi.\r\nKo\u2018p yillar davomida davlat or\u00adganlari samaradorligi asosan statistik ko\u2018rsatkichlar bilan baholanib kelindi. PF\u201395-sonli Farmon esa bu soha\u00adda ham mutlaqo yangi yonda\u00adshuvni joriy qildi. 2026-yil 1-avgustdan boshlab soliq organlarining \u00abMijozga yo\u2018naltirilganlik indeksi\u00bb joriy \u00adetildi.\r\nMazkur indeks orqali soliq to\u2018lov\u00adchilar:\r\n\u25cf\u2002soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligini;\r\n\u25cf\u2002ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar sifatini;\r\n\u25cf\u2002soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflangan vaqtni;\r\n\u25cf\u2002soliq organlari bilan o\u2018zaro hamkorlik darajasini baholash imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.\r\nFarmonning yana bir muhim jihati \u2013 davlat xizmatlarini proaktiv shaklda ko\u2018rsatish tizimini joriy etishdir. 2027-yil 1-yanvardan boshlab qator soliq xizmatlari avtomatik shaklda amalga oshiriladi. Jumladan:\r\n\u25cf\u2002yakuniy iste\u201bmolchilarga realizatsiya qilinadigan neft va gaz mahsulotlari bo\u2018yicha aksiz solig\u2018i hisobotlari;\r\n\u25cf\u2002noruda qurilish materiallari bo\u2018yicha yer qa\u201bridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari;\r\n\u25cf\u2002qishloq xo\u2018jaligi yerlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari proaktiv tartibda shakllantiriladi.\r\n2027-yildan boshlab qishloq xo\u2018jaligiga mo\u2018ljallangan yerlar bo\u2018\u00adyicha soliq vakolatli organlarning ma\u201blumotlari asosida avtomatik hisoblab chiqiladi. Eng muhimi, soliq to\u2018lovchilarning ushbu hisobotlarni alohida taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.\r\nFarmonning aholi uchun eng muhim yangiliklaridan biri ipoteka kreditlari bo\u2018yicha soliq imtiyozlarining proaktiv tartibda qo\u2018llanilishi hisoblanadi. Bunda jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo\u2018naltirilgan daromadlari bo\u2018yicha soliq imtiyozlari idoralararo axborot tizimlari ma\u201blumotlari asosida avtomatik tarzda qo\u2018llanadi. Fuqarolardan qo\u2018shimcha hujjat yig\u2018ish yoki turli idoralarga murojaat qilish talab etilmaydi. Imtiyoz natijasida yuzaga kelgan ortiqcha mablag\u2018 esa jismoniy shaxs murojaatiga asosan 10 ish kuni ichida qaytarib beriladi.\r\nEng muhimi, mazkur hujjat soliq organlari faoliyatida \u00abtekshiruvdan&nbsp;\u2013 servisga\u00bb tamoyilini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat hamda biznes o\u2018rtasidagi o\u2018zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.\r\n<strong>\u2013 Bugun raqamli texnologiyalar soliq ma\u201bmuriyatchiligining ajralmas qismiga aylandi. Soliq qo\u2018mi\u00adtasi tomonidan sun\u201biy intellekt, katta ma\u201blumotlar (Big Data), xavflarni tahlil qilish tizimlari va boshqa raqamli yechimlarni joriy etish bo\u2018\u00adyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu yaqin yillarda soliq xizmati faoliyatini qanday o\u2018zgartirishi kutilmoqda?<\/strong>\r\n\u2013 Agar bir necha yil avval soliq organlari faoliyatida asosiy urg\u2018u hisobotlarni qabul qilish va nazorat qilishga qaratilgan bo\u2018lsa, hozirgi kun\u00adda raqamli texnologiyalar, katta ma\u201blumotlar tahlili va sun\u201biy intellekt asosida ishlaydigan zamonaviy bosh\u00adqaruv modeli shakllantirilmoqda. So\u2018nggi ikki yil davomida soliq tizimini raqamli transformatsiya qilish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2025\u20132026-yillarda 6 ta yangi dasturiy mahsulot hamda 11 ta quyi axborot tizimi ish\u00adlab chiqildi. Shu bilan birga, 30 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar takomillashtirildi. Natijada bugungi kunda \u00abSoliq\u00bb axborot tizimlari kompleksi tarkibida 70 dan ortiq dasturlar uzluksiz faoliyat yurit\u00admoqda.\r\nBu dasturlar soliq hisobini yuritishdan tortib xavflarni tahlil qilish, elektron xizmatlar ko\u2018rsatish, soliq to\u2018lovchilar bilan muloqot qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishgacha bo\u2018lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan.\r\nAyni vaqtda \u00abXufiyona iqtisodiyot\u00bb, \u00abBozorlar monitoringi\u00bb kabi yangi raqamli platformalar ishlab chiqilib, amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi iqtisodiyotdagi yashirin aylanmalarni aniqlash, tahlil qilish va legal iqtisodiyot ulushini oshirishdan iborat.\r\nRaqamlashtirish jarayonlarining asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda my3.soliq.uz portali orqali soliq to\u2018lovchilarga 90 dan ortiq interaktiv xizmat va elektron servislar ko\u2018rsatilmoqda. Mazkur xizmatlar soliq hisobotlarini topshirish, qarzdorliklarni ko\u2018rish, ma\u201blumotnomalar olish, imtiyozlardan foydalanish va boshqa ko\u2018plab xizmatlarni o\u2018z ichiga qamrab olgan.\r\nBugungi kunda raqamli xizmatlar ichida eng ommabop platformalardan biri bu \u2013 \u00abSoliq\u00bb mobil ilovasidir. 2025\u20132026-yillarda ushbu mobil ilo\u00advada 11 ta yangi xizmat joriy qilinib, umumiy xizmatlar soni 42 taga yetkazildi. Foydalanuvchilar uchun yana\u00adda xavfsiz va qulay xizmat ko\u2018rsatish maqsadida Face ID texnologiyasi ta\u00adkomillashtirildi. Natijada mobil ilo\u00advadagi xizmatlardan shaxsiy kabinet orqali faqat uning haqiqiy egasi foydalanishi ta\u201bminlandi. Ayni paytda \u00abSoliq\u00bb mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 17,8 million nafardan oshdi. Mobil ilova so\u2018nggi besh yil davomida uch marta mamlakatdagi eng yaxshi brendlardan biri sifatida e\u201btirof etilgani ham uning aholi va tadbirkorlar orasida yuqori ishonch qozonganidan dalolat beradi.\r\nRaqamli transformatsiyaning muhim shartlaridan biri davlat organlari o\u2018rtasida samarali axborot alma\u00adshinuvini ta\u201bminlash hisoblanadi. So\u2018nggi bir yarim yil ichida 30 ta va\u00adzirlik va idora bilan 98 ta yangi yo\u2018nalish bo\u2018yicha elektron ma\u201blumot almashish yo\u2018lga qo\u2018yildi. Natijada bu\u00adgungi kunda soliq organlari bilan elektron axborot almashinuvini amal\u00adga oshirayotgan vazirlik va tash\u00adkilotlar soni 74 taga, integratsiya qilingan yo\u2018nalishlar soni esa 430 taga yetdi.\r\nSoliq organlari tomonidan iqtisodiyotning 14 ta yirik tarmog\u2018i bo\u2018\u00adyicha Big Data texnologiyalari asosida tahlillar amalga oshirilmoqda. Ushbu tahlillar orqali:\r\n\u25cf\u2002ishchilar sonini kamaytirib ko\u2018r\u00adsatish;\r\n\u25cf\u2002ish haqini \u00abkonvert\u00bb usulida to\u2018lash;\r\n\u25cf\u2002daromadlarni yashirish;\r\n\u25cf\u2002soliq bazasini sun\u201biy ravishda qisqartirish kabi holatlar aniqlan\u00admoqda.\r\nSun\u201biy intellekt texnologiyalari Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karerlarda ham amaliyotga joriy etildi. Karerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuza\u00adtish va hisobga olish jarayonlari sun\u201biy intellekt asosida monitoring qilinmoqda. Natijada 1121 nafar jismoniy shaxs ro\u2018yxatdan o\u2018tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug\u2018ullanayotganligi aniqlandi. Shuningdek, 2214 ta subyekt tomonidan soliq hisobotlarida 12,7 mlrd. so\u2018mlik soliqlar ko\u2018rsatilmaganligi ma\u201blum bo\u2018ldi. Bu raqamlar raqamli texnologiyalar davlat nazorati samaradorligini qanchalik oshirayotganini yaq\u00adqol namoyon etmoqda.\r\nAmalga oshirilgan raqamlashtirish choralari o\u2018zining amaliy natijalarini bermoqda. Jumladan:\r\n\u25cf\u20022026-yil birinchi yarim yilligida soliq tushumlari 149,4 trillion so\u2018mni tashkil qildi;\r\n\u25cf\u2002bu ko\u2018rsatkich o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 145,7 foizga o\u2018sdi;\r\n\u25cf\u2002barcha funksional tuzilmalar faoliyatiga KPI tizimi joriy etildi;\r\n\u25cf\u2002soliq to\u2018lovchilar tomonidan xodimlar faoliyatini baholash mexa\u00adnizmi yo\u2018lga qo\u2018yildi;\r\n\u25cf\u2002QQS, AOS, yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk solig\u2018i, JSHDS hamda ijtimoiy soliq hisobotlarini proaktiv shakllantirish tizimi joriy qilindi.\r\nEHF xavf darajasini baholash tizimi orqali esa xavfi yuqori bo\u2018lgan 195 mingta elektron hisobvaraq-faktura bo\u2018yicha 660 mlrd. so\u2018mlik QQS summalari undirilishi ta\u201bminlandi.\r\n\u2013 Soliq qo\u2018mitasi tomonidan ish\u00adga tushirilgan yangi avlod raqamli platformasi \u2013 \u00abAI SOLIQ\u00bb qanday imkoniyatlarga ega va u soliq to\u2018\u00adlovchilar uchun qanday qulayliklar yaratadi?\r\n\u2013 \u00abAI SOLIQ\u00bb mamlakatimiz soliq tizimini intellektual boshqaruv modellariga o\u2018tkazish yo\u2018lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Mazkur platforma soliq to\u2018lovchilarga oddiy axborot xizmati ko\u2018rsatish bilan cheklanib qolmaydi. U sun\u201biy intellekt texnologiyalari asosida ma\u201blumotlarni tahlil qiladi, muammolarni aniqlaydi, xavflarni baholaydi va foydalanuvchiga amaliy tavsiyalar beradi.\r\n\u00abAI SOLIQ\u00bb platformasining asosiy afzalligi shundaki, u har bir tadbirkor yoki buxgalter uchun shaxsiy raqamli maslahatchi vazifasini bajaradi. Foydalanuvchi tizimga kirgach, o\u2018z korxonasi faoliyati bilan bog\u2018liq ma\u201blumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilishi mumkin. Eng muhimi, tizim faqat ma\u201blumot berib qolmaydi, balki aniqlangan muammolarni qanday bartaraf etish bo\u2018yicha ham tavsiyalar taqdim etadi.\r\nPlatforma tarkibidagi eng muhim xizmatlardan biri \u2013 \u00abAI Korxona\u00bb hisoblanadi. Mazkur servis korxonaning soliq holatini kompleks tarzda tahlil qiladi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini tushuntirib beradi va ularni bartaraf etish bo\u2018yicha aniq amaliy tavsiyalar taqdim etadi. Boshqacha aytganda, bu xizmat tadbirkor uchun 24 soat ish\u00adlaydigan raqamli auditor vazifasini bajaradi.\r\nAmaliyot shuni ko\u2018rsatmoqdaki, ayrim tadbirkorlar qonunchilikda bel\u00adgilangan soliq imtiyozlaridan yetar\u00adlicha xabardor emas yoki ularni qo\u2018l\u00adlash mexanizmlarini bilmaydi. \u00abAI Imtiyoz\u00bb xizmati aynan shu muammoni hal qilishga qaratilgan. Mazkur servis tadbirkor faoliyatini tahlil qilib:\r\n\u25cf\u2002unga tegishli bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan soliq imtiyozlarini aniqlaydi;\r\n\u25cf\u2002imtiyozlarni qo\u2018llash shartlarini tushuntiradi;\r\n\u25cf\u2002zarur hujjatlar haqida ma\u201blumot beradi;\r\n\u25cf\u2002rad etilgan arizalarning sabab\u00adlarini izohlaydi.\r\nBu esa tadbirkorlarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan yana\u00adda samarali foydalanish imkonini yaratadi.\r\nSoliq sohasidagi eng ko\u2018p uchraydigan muammolardan biri hisobotlarni to\u2018ldirishda yo\u2018l qo\u2018yiladigan texnik va metodologik xatolar hisob\u00adlanadi. \u00abAI Hisobot\u00bb xizmati ush\u00adbu masalani hal qilishga qaratilgan. Bu esa tadbirkorlarga jarimalar va ortiq\u00adcha tushuntirishlardan qochish imkonini beradi.\r\n\u00abAI SOLIQ\u00bb platformasining \u00adyana bir muhim jihati shundaki, u inson bilan oddiy muloqot shaklida ishlaydi. Foydalanuvchi maxsus terminlardan foydalanishi shart emas. U o\u2018z savolini oddiy tilda yozishi mumkin.\r\nHozirgi vaqtda platforma doirasida yangi xizmatlar ustida ham ish\u00adlar olib borilmoqda. Jumladan, \u00abAI Murojaatlar\u00bb, \u00abAI Yordamchi\u00bb kabi intellektual modullarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu xizmatlar ish\u00adga tushirilgach, soliq to\u2018lovchilarning murojaatlarini avtomatik tahlil qilish, ularga tezkor javob berish va shaxsiy maslahatlar taqdim etish imkoniyati yanada kengayadi.\r\n\u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi \u00adPrezidentining 2026-yil 26-maydagi PF\u2013100-son Farmoni kichik biznes uchun yanada qulay iqtisodiy va ma\u201bmuriy muhit yaratishga qaratil\u00adgan. Mazkur qaror soliq sohasida qanday yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda va kichik biznes subyektlari uchun ma\u201bmuriy yukni kamaytirish borasida qanday mexanizmlar ishga tushirildi?\r\n\u2013 Ma\u201blumki, kichik biznes iqtisodiyotimiz taraqqiyotining asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Prezidentimizning 2026-yil 26-may\u00addagi \u201cKichik biznes subyektlarining o\u2018sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma\u201bmuriy shart-sharoitlar yaratish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u2013100-son Farmoni tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va uning o\u2018sishini rag\u2018batlantirishga qaratilgan muhim hujjat sifatida qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan ko\u2018p yillar davomida tadbirkorlarni qiynab kelgan bir qator ma\u201bmuriy to\u2018siqlar bartaraf etildi, soliq yuki va hisobot yuritish jarayonlari soddalashtirildi hamda biznesning erkin rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.\r\nEng muhim yangiliklardan biri \u2013 umumiy soliq rejimiga o\u2018tish uchun belgilangan chegaraviy miqdorning oshirilganidir. Ma\u201blumki, 2019-yildan buyon mazkur chegara 1 mlrd. so\u2018m miqdorida saqlanib kelayotgan edi. Bu esa ayrim tadbirkorlarni korxona aylanmasini sun\u201biy ravishda cheklash\u00adga, biznesni bir nechta subyektlarga bo\u2018lib yuborishga yoki ayrim holatlarda tushumlarni yashirishga unda\u00adyotgan edi. Farmonga muvofiq, 2026-yil 1 iyundan boshlab maz\u00adkur chegara 1 mlrd. so\u2018mdan 5&nbsp;mlrd. so\u2018m\u00adgacha oshirildi va kelgu\u00adsida inflyat\u00adsiya hamda narxlar o\u2018zgari\u00adshini hisobga olgan holda BHMga bog\u2018\u00adlandi. Bu o\u2018z navbatida tadbir\u00adkor\u00adlarning o\u2018sishdan qo\u2018rqmasdan faoliyatini kengaytirishiga xizmat qiladi.\r\nFarmon bilan tadbirkorlar tomonidan uzoq yillar davomida ko\u2018tarib kelingan yana bir muhim masala ham hal etildi. Ya\u201bni tovar import qilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o\u2018zini o\u2018zi band qilgan shaxslarni bir martalik import operatsiyasi uchun majburiy tartibda QQS to\u2018lovchisiga aylantirish amaliyoti bekor qilinmoqda. Bu esa tash\u00adqi iqtisodiy faoliyat bilan shug\u2018ullanuvchi kichik biznes vakillari uchun qo\u2018shimcha yengillik va qulaylik yaratadi.\r\nShuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko\u2018rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ham mutlaqo yangi soliq rejimi joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1 iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ushbu sohalardagi tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to\u2018\u00adlashning soddalashtirilgan tartibini qo\u2018llash huquqi berildi. Unga ko\u2018ra, amaldagi 12 foizlik stavka o\u2018rniga 6 foizlik soddalashtirilgan QQS rejimi joriy etiladi va bunda foyda solig\u2018ini to\u2018lash hamda tegishli hisobotlarni taqdim etish majburiyati bekor qili\u00adnadi. Bu biznes uchun hisob-kitoblarni soddalashtirish, \u00advaqt va resurslarni tejash imkonini be\u00adradi.\r\nAlbatta, mazkur rejimning o\u2018ziga xos jihatlari ham mavjud. Soddalashtirilgan QQS rejimiga o\u2018tgan tadbirkorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi. Shuningdek, QQS bo\u2018yicha ayrim imtiyozlar va amaldagi keshbek mexanizmlari qo\u2018l\u00adlanilmaydi. Shu bois har bir tadbirkor o\u2018z biznes modeli va iqtisodiy hisob-kitoblaridan kelib chiqib mazkur rejimni tanlaydi.\r\nQo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i ma\u201bmuriyatchiligini soddalashtirish ham PF\u2013100-son Farmonning muhim yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi. Endi QQS to\u2018lovchisi guvohnomasi faqat hisob yuritish maqsadida beri\u00adladi va uni o\u2018z vaqtida olmaganlik uchun jazo choralari qo\u2018llanilmaydi. Shu bilan birga, guvohnomani vaqtinchalik to\u2018xtatib turish amaliyoti ham bekor qilinmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma\u201bmuriy bosimlarni kamaytiradi.\r\nYana bir muhim yangilik \u2013 QQS bo\u2018yicha salbiy farq summalarini qaytarish tizimining soddalashtirilishidir. Xususan, QQS to\u2018lovchilarning 10 mln. so\u2018mgacha bo\u2018lgan salbiy farq summalari ularning murojaatisiz, avtomatik tartibda va tekshiruv o\u2018tkaz\u00admasdan qaytarib beriladi. 2027-yildan boshlab esa soliq xavfi past bo\u2018lgan soliq to\u2018lovchilar uchun QQSni qaytarish jarayoni to\u2018liq avtomatik shaklga o\u2018tkaziladi. Bu tadbirkorlarning aylanma mablag\u2018larini tezroq tiklash va moliyaviy barqarorligini ta\u201bminlashga xizmat qiladi.\r\nFarmon doirasida umumiy ovqatlanish sohasini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha ham muhim choralar belgilangan. Endi ushbu sohadagi korxonalar uchun QQSning bir qismini qaytarib berish mexanizmi yanada soddalashtirildi. Ya\u201bni tushumning naqd yoki naqd pulsiz shaklda bo\u2018li\u00adshidan qat\u201bi nazar, to\u2018langan QQS\u00adning 40 foizi miqdorida keshbek qay\u00adtariladi. Bu restoran, kafe va bosh\u00adqa umumiy ovqatlanish obyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.\r\n<strong>\u2013 Prezidentimizning 2026-yil 16-iyundagi PQ\u2013227-son qaroriga muvofiq soliq sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda. Ushbu tizimning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat va u kelgusida mamlakatimiz soliq xizmati salohiyatini qanday mustahkam\u00adlaydi?<\/strong>\r\n\u2013 Soliq tizimining samaradorli\u00adgi avvalo uning kadrlar salohiyati bilan belgilanadi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, sun\u201biy intellekt, xal\u00adqaro soliq munosabatlari va zamonaviy moliyaviy nazorat mexanizmlari jadal rivojlanayotgan bir paytda soliq \u00adso\u00adhasi uchun mutlaqo yangi bilim va ko\u2018nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash zarurati tobora ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti\u00adning 2026-yil 16-iyundagi \u00abSoliq sohasida malakali kadrlar tayyorlash\u00adning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi PQ\u2013227-son qarori sohani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega hujjat hi\u00adsoblanadi.\r\nMazkur qarorga muvofiq Soliq qo\u2018mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etildi va ta\u201blim, ilm-fan hamda amaliyotni o\u2018zaro integratsiya qiluvchi mutlaqo yangi tizim shakllantirildi. Ushbu ta\u201blim muassasasi soliq sohasi uchun zamonaviy bilimlarga ega, raqamli texnologiyalarni puxta o\u2018zlashtirgan, xalqaro stan\u00addartlar asosida ishlay oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.\r\n2026\u20132027 o\u2018quv yilidan boshlab Soliq oliy maktabida 3 yillik bakalav\u00adriat ta\u201blimi yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda. 2027\u20132028 o\u2018quv yilidan esa magistratura bosqichi faoliyati ham tashkil etiladi. Ta\u201blim jarayoni zamonaviy soliq ma\u201bmurchiligi, soliq huquqi, moliyaviy nazorat, raqamli soliq texnologiyalari va tahliliy boshqaruv kabi ustuvor yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha tashkil etiladi.\r\nYangi tizimning muhim jihatlaridan biri shundaki, u faqat nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmaydi. Ta\u201blim jarayonida xalqaro tajriba, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot o\u2018zaro uyg\u2018unlashtiriladi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlarida va soliq tizimida katta tajribaga ega amaliyotchi mutaxassislar ham o\u2018quv jarayoniga keng jalb qilinadi. Bu esa talabalarning haqiqiy ish jarayonlari bilan yaqindan tani\u00adshishi va mehnat bozori talablariga mos kadr sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.\r\nSoliq oliy maktabida tahsil oluv\u00adchilar davlat namunasidagi diplom bilan bir qatorda soliq maslahatchisi yoki auditorlik faoliyati uchun zarur bo\u2018lgan kasbiy malaka sertifikatlarini olish imkoniyatiga ham ega bo\u2018ladilar.\r\nQaror bilan yoshlarni xalqaro pro\u00adfessional sertifikatlarni olishga keng jalb qilish ham nazarda tutil\u00adgan. Xususan, ACCA, DipIFR, CAP\/CIPA, CIA va ACA kabi xalqaro nufuzli sertifikatlarga ega bo\u2018lgan tala\u00adbalarning o\u2018qish xarajatlarini qoplab berish mexanizmi joriy etilmoqda. Bu esa mamlakatimizda xalqaro standartlar darajasida faoliyat yurita oladigan mutaxassislar zaxirasini shakllantirish imkonini beradi.\r\nKadrlar tayyorlash tizimi faqat talabalar bilan cheklanib qolmaydi. Soliq organlari xodimlarining doimiy malakasini oshirish ham mazkur qarorning muhim yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi. Endilikda har bir xodim kamida uch yilda bir marta malaka oshirish kurslarini o\u2018taydi. Soliq organlariga birinchi marta ishga qabul qilingan xodimlar uchun esa uch oyga\u00adcha davom etadigan maxsus adap\u00adtatsiya va moslashuv dasturlari tashkil etiladi. Bu yangi kadrlarning qisqa vaqt ichida kasbiy faoliyatga to\u2018liq moslashuvini ta\u201bminlaydi.\r\nQarorning yana bir strategik ahamiyatga ega jihati \u2013 Soliqqa oid tadqiqotlar markazining faoliyati bilan bog\u2018liq. Mazkur markaz soliq tizimini ilmiy va tahliliy jihatdan qo\u2018l\u00adlab-quvvatlovchi asosiy ilmiy muas\u00adsasaga aylanadi. Soliq oliy mak\u00adtabi, malaka oshirish tizimi va tadqiqotlar markazining birlashgan holda faoliyat yuritishi sohada ta\u201blim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bog\u2018liqligini ta\u201bminlaydi.\r\nSoliqqa oid tadqiqotlar markazida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq intizomini oshirish, soliq siyosatini takomillashtirish, xalqaro soliq munosabatlari, transfert narxlarini shakllantirish, raqamli iqtisodiyot subyektlarini soliqqa tortish hamda sun\u201biy intellekt va Big Data texnologiyalarini soliq ma\u201bmuriyatchiligiga joriy qilish bo\u2018yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.\r\n\r\n<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24573\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/nalog2.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/nalog2.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/nalog2-300x134.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/nalog2-768x343.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/>\r\n<strong>\u2013 Yaqin istiqbolda Soliq qo\u2018mi\u00adtasi faoliyatida qaysi ustuvor yo\u2018nalishlarga alohida e\u201btibor qaratiladi va soliq ma\u201bmuriyatchiligini yanada takomillashtirish bo\u2018yicha qanday yangi tashabbuslar rejalashtirilgan?<\/strong>\r\n\u2013 Istiqbolda Soliq qo\u2018mitasi faoliyatining asosiy maqsadi \u2013 zamonaviy, raqamli, inson omili minimal darajaga tushirilgan va soliq to\u2018lov\u00adchilar uchun maksimal darajada qu\u00adlay bo\u2018lgan soliq ma\u201bmuriyatchiligi tizimini shakllantirishdan iborat bo\u2018\u00adladi. Buning uchun bir nechta strategik yo\u2018nalishlarda ishlar izchil davom ettiriladi.\r\nAvvalo, soliq organlarining xizmat ko\u2018rsatish modeli yanada takomillashtiriladi. Biz soliq organlarini nazorat qiluvchi idoradan ko\u2018ra xizmat ko\u2018rsatuvchi va maslahat beruvchi institut sifatida rivojlantirishni davom ettiramiz. Shu maqsadda \u00abSoliqchi \u2013 ko\u2018makchi\u00bb tamoyili yanada chuqurlashtirilib, soliq to\u2018lovchilar bilan muloqotning yangi mexanizmlari joriy qilinadi. Soliq organlari faoliyatini baholashda mijozlar qoniqishi, xizmatlar sifati va tadbirkorlar bilan hamkorlik darajasi ustuvor mezonlardan biri bo\u2018lib qoladi.\r\nIkkinchi muhim yo\u2018nalish \u2013 raqamlashtirish va sun\u201biy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish hisob\u00adlanadi. Bugungi kunda boshlangan ishlar kelgusi yillarda yanada yuqori bosqichga olib chiqiladi. Xususan, soliq xavflarini aniqlash va baholashda sun\u201biy intellekt elementlaridan foydalanish, elektron hisobvaraq-fak\u00adturalardagi anomal holatlarni avtomatik aniqlash, soliq hisobotlarini intellektual tahlil qilish va soliq to\u2018\u00adlovchilarga avtomatik tavsiyalar berish tizimlari to\u2018liq joriy etiladi.\r\nShuningdek, \u00abAI SOLIQ\u00bb platformasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib, tadbirkorlar, buxgalterlar va jismoniy shaxslar uchun yagona intellektual raqamli xizmatlar ekotizimiga aylantiriladi. Kelgusida mazkur platforma orqali soliq to\u2018lovchilar o\u2018z faoliyatini mustaqil tahlil qilish, xavflarni oldindan baholash, mavjud imtiyozlar haqida ma\u201blumot olish va soliq hisobotlarini to\u2018g\u2018ri shakl\u00adlantirish imkoniyatiga ega bo\u2018la\u00addilar.\r\nYana bir ustuvor vazifa \u2013 proaktiv davlat xizmatlari ko\u2018lamini kengaytirishdir. Biz soliq to\u2018lovchilar ma\u201blumot taqdim etishi yoki murojaat qilishi kerak bo\u2018lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich qisqartirishni rejalashtirganmiz. Idoralararo axborot almashinuvini yanada rivojlantirish orqali ko\u2018plab xizmatlar avtomatik tarzda ko\u2018rsatiladi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqt sarfi hamda ortiqcha hujjatbozlik sezilarli darajada kamayadi.\r\nKelgusi yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalasi ham e\u201btibor markazida bo\u2018ladi. Bu borada Big Data texnologiyalari, intellektual tahlil tizimlari va xavflarni baholashning zamonaviy mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Asosiy maq\u00adsad jazolash emas, balki iqtisodiy faoliyatni legallashtirish, halol raqobat muhitini shakllantirish va barcha subyektlar uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan iborat.\r\nSoliq ma\u201bmuriyatchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ish\u00adlari ham davom ettiriladi. Jahon bankining \u00abBusiness Ready\u00bb xalqaro reytingida soliq yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 2030-yilga qadar eng yuqori \u2013 birinchi darajaga chiqish vazifasi belgilangan. Bu maqsadga erishish uchun soliq tizimini soddalashtirish, raqamlashtirish, shaffoflikni ta\u201bminlash va biznes uchun qulay muhit yaratish bo\u2018yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.\r\nKadrlar salohiyatini mustahkamlash ham kelgusi rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. PQ\u2013227-son qaror asosida tashkil etilgan Soliq oliy maktabi, Soliqqa oid tadqiqotlar markazi va malaka oshirish tizimi orqali soha uchun yangi avlod mutaxassislari tayyorlanadi. Raqamli texnologiyalar, xalqaro soliqqa tortish, moliyaviy tahlil va sun\u201biy intellekt sohalarida yuqori malakali kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.\r\nShu bilan birga, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yanada kengaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qaror qabul qilish jarayonlariga keng jalb qilish amaliyoti davom ettiriladi. Soliq qonunchiligini takomillashtirishda biznes hamjamiyatining fikrlari muhim ahamiyatga ega bo\u2018lib qoladi.\r\nBiz uchun asosiy mezon \u2013 soliq to\u2018lovchilarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasidir. Agar tadbirkor o\u2018z faoliyatini erkin va qonuniy yuri\u00adtishi, fuqaro esa soliq xizmatlaridan tez, qulay va shaffof tarzda foydalanishi mumkin bo\u2018lsa, demak, islohotlar o\u2018z maqsadiga erishgan bo\u2018ladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Mustaqillikning 35 yilligi mamlakatimiz hayotida nafaqat tarixiy sana, balki amalga oshirilgan islohotlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni baholash va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olish uchun muhim imkoniyatdir. O\u2018tgan yillar mobaynida O\u2018zbekiston iqtisodiyoti bilan bir qatorda soliq tizimi ham tubdan o\u2018zgardi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24572,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7,4],"tags":[],"class_list":["post-24570","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide","category-intervyu"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24570"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24571,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\/revisions\/24571"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24572"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24570"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24570"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24570"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}