{"id":24601,"date":"2026-09-18T15:41:26","date_gmt":"2026-09-18T10:41:26","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24601"},"modified":"2026-09-18T15:43:13","modified_gmt":"2026-09-18T10:43:13","slug":"ozbek-ozb%d0%b5kiston-tashqi-siyosatining-35-yillik-taraqqiyot-yoli-suv%d0%b5r%d0%b5nit%d0%b5tdan-xalqaro-nufuzgacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/ekonomika\/ozbek-ozb%d0%b5kiston-tashqi-siyosatining-35-yillik-taraqqiyot-yoli-suv%d0%b5r%d0%b5nit%d0%b5tdan-xalqaro-nufuzgacha.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) O\u2018ZB\u0415KISTON TASHQI SIYOSATINING 35 YILLIK TARAQQIYOT YO\u2018LI: SUV\u0415R\u0415NIT\u0415TDAN XALQARO NUFUZGACHA"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24601\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><strong>Mustaqillikning dastlabki yillaridan faol va ochiq diplomatiyagacha<\/strong>\r\nO\u2018zbekiston mustaqilligining o\u2018t\u00adtiz besh yilligi \u2013 bu nafaqat milliy davlatchilikning shakllanishi, balki mamlakatning xalqaro munosabatlar tizimidagi o\u2018rni va rolini bosqichma-bosqich belgilab bergan murakkab tarixiy jarayonning muhim sarhisobidir. 1991-yilda mustaqillikka erishgan O\u2018zbekiston uchun tashqi siyosatning dastlabki va eng fundamental vazifasi suveren davlat sifatida xalqaro maydonga chiqish, uning hududiy yaxlitligi va siyosiy mus\u00adtaqilligini xalqaro-huquqiy jihatdan mustahkamlash, jahon hamjamiyati bilan teng huquqli munosabatlar o\u2018rnatishdan iborat edi. Bu vazifa Sovet Ittifoqi parchalanishi, yangi mustaqil davlatlarning shakllanishi, mintaqaviy xavfsizlik tizimidagi o\u2018z\u00adga\u00adrishlar va xalqaro munosabatlarda yangi geosiyosiy voqelik qaror topa\u00adyotgan murakkab davrda hal etildi.\r\n1992-yil 2-mart kuni O\u2018zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a\u201bzo bo\u2018ldi. Bu voqea yangi davlatning xalqaro tizimga kirib kelishi uchun ramziy emas, balki fundamental siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan bosqich edi. O\u2018zbekistonning BMTga a\u201bzo bo\u2018lishi mamlakatning xalqaro munosabatlarning to\u2018laqonli subyekti sifatidagi maqomini mustahkamladi va uning global kun tartibida o\u2018z pozitsiyasi hamda milliy manfaatlarini ifoda etishi uchun institutsional asos yaratdi. Keyinchalik Toshkentda BMTning doimiy vakolatxonasi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilishi ham O\u2018zbekistonning ko\u2018p tomonlama diplomatiya tizimidagi ishtirokini yanada mustahkamladi.\r\n<strong>Xalqaro-huquqiy maqomning mustahkamlanishi<\/strong>\r\nMustaqillikning dastlabki davrida O\u2018zbekiston uchun dunyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o\u2018rnatish, xalqaro tashkilotlarga a\u201bzo bo\u2018\u00adlish va mamlakatning tashqi siyosiy manfaatlarini ifoda eta oladigan professional diplomatik tizimni shakllantirish ustuvor vazifaga aylandi. Biroq yangi davlatning xalqaro maydondagi mavjudligi faqat diplomatik aloqalar soni bilan belgilanmas edi. Bu jarayon xalqaro huquqning umum\u00ade\u201btirof etilgan tamoyillariga tayan\u00adgan tashqi siyosiy konsepsiyani shakllantirishni ham talab qildi.\r\nBugungi O\u2018zbekiston tashqi siyosatining konstitutsiyaviy asoslari ham ana shu tarixiy tajriba bilan uzviy bog\u2018liq. Amaldagi Konstitutsiyaning tashqi siyosatga bag\u2018ishlangan 17-mod\u00addasida O\u2018zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to\u2018la huquqli subyekti ekani belgilangan va davlat tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishi, davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko\u2018p tomonlama munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga intilishi qayd etilgan. Shu tariqa tashqi siyosat O\u2018zbekiston uchun faqat tash\u00adqi aloqalar tizimi emas, balki davlat suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlarini ta\u201bminlashning muhim institutsional mexanizmi sifatida shakllandi.\r\n<strong>BMT va ko\u2018p tomonlama diplomatiya<\/strong>\r\nO\u2018zbekiston tashqi siyosatida BMT alohida o\u2018rin egallaydi. Mustaqillikdan keyingi davrda mamlakat BMTning xavfsizlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, inson huquqlari, mintaqaviy hamkorlik va gumanitar masalalarga oid kun tartibida tobora faol ishtirok eta boshladi. Bu ishtirokning muhim jihati shundaki, O\u2018zbekiston nafaqat xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda qatnashib, balki milliy va mintaqaviy manfaatlar bilan bog\u2018liq tashabbuslarni global darajaga olib chiqishga ham intildi.\r\nMarkaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish, Afg\u2018o\u00adnistonda tinchlik va barqarorlikni ta\u201bminlash, Orolbo\u2018yi ekologik inqirozining oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, barqaror rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratil\u00adgan tashabbuslar ana shu siyosatning muhim yo\u2018nalishlarini tashkil etdi. Ayniqsa, Orol muammosining xalqaro kun tartibiga olib chiqilishi O\u2018zbekiston diplomatiyasining ekologik va gumanitar yo\u2018nalishdagi imkoniyatlarini namoyon etdi.\r\n2021-yil 18-may kuni BMT Bosh Assambleyasi O\u2018zbekiston tashabbusi bilan Orolbo\u2018yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e\u201blon qilish to\u2018g\u2018risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.\r\nBMTning keyingi hujjatlarida ham mazkur rezolyutsiya Orolbo\u2018yida ekologik muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishni ta\u201bminlash bo\u2018\u00adyicha xalqaro hamkorlikning muhim asoslaridan biri sifatida qayd etilgan.\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n<a href=\"http:\/\/evu.uz\/kontaktyi\"><em>Siz maqolaning to\u2018liq matnini jurnalning bosma nashrida o\u2018qishingiz mumkin.<\/em><\/a>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24601\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Mustaqillikning dastlabki yillaridan faol va ochiq diplomatiyagacha\r\nO\u2018zbekiston mustaqilligining o\u2018t\u00adtiz besh yilligi \u2013 bu nafaqat milliy davlatchilikning shakllanishi, balki mamlakatning xalqaro munosabatlar tizimidagi o\u2018rni va rolini bosqichma-bosqich belgilab bergan murakkab tarixiy jarayonning muhim sarhisobidir.","protected":false},"author":1,"featured_media":24602,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24601","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24601","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24603,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24601\/revisions\/24603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24602"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}