{"id":24606,"date":"2026-09-18T15:46:25","date_gmt":"2026-09-18T10:46:25","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24606"},"modified":"2026-09-18T15:48:57","modified_gmt":"2026-09-18T10:48:57","slug":"ozbek-birinchi-avtomobildan-oz-brendigacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/ekonomika\/ozbek-birinchi-avtomobildan-oz-brendigacha.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) BIRINCHI AVTOMOBILDAN  O\u2018Z BRENDIGACHA"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24606\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><strong>Daniyar DAVLETIYAROV, ADM Global bosh direktori <\/strong>\r\n<strong>xususiy investitsiyalar va texnologik rivojlanish O\u2018zbekiston avtomobil sanoatini qanday o\u2018zgartirmoqda<\/strong>\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\nO\u2018zbekiston avtomobil sanoati tarixi mamlakat mustaqilligi davri bilan chambarchas bog\u2018liq. Yuksalishlar, muvaffaqiyatsizliklar, iqtisodiyotdagi yutuqlar, murakkab qarorlar \u2013 bularning barchasini avtomobil sanoati respublika bilan birga boshdan kechirdi. Bugun O\u2018zbekiston o\u2018zining mustaqil tarixida yuqori texnologiyalarga asoslangan, investitsiyalar uchun jozibador yangi sahifani ochmoqda. Bu \u2013 hayotni yaxshi tomonga o\u2018zgarti\u00adrishga tayyor yangi loyihalar va insonlarga boy tarix. Bugun biz O\u2018zbekiston avtomobil sanoatini, uning bir qismi bo\u2018lgan ADM\u201bni ham aynan shunday tasavvur qilamiz.\r\n\r\n<strong>G\u2018oyadan sanoatgacha<\/strong>\r\nBu yil biz nafaqat mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini, balki Asakadagi UzAuto Motors zavodida birinchi avtomobil ishlab chiqarilganiga 30 yil to\u2018lganini ham nishonlamoqdamiz. O\u2018zbekistonliklar uchun bu haqiqiy voqea bo\u2018lgan edi. Endigina oyoqqa turishga urinayotgan yosh respublika o\u2018z avtomobil ishlab chiqarishini yo\u2018lga qo\u2018yishni maqsad qildi. Ha, yangi kompaniya va umuman avtomobil sanoati uchun mu\u00adrakkab davrlar ham bo\u2018ldi, biroq aynan UzAuto Motors\u201bni bugungi kunda butun bir tarmoq rivojlana\u00adyotgan poydevor deb hisoblaymiz. Birgina dadil g\u2018oya va ushbu loyihaning bo\u00adshida turgan insonlar tufayli bugun O\u2018zbekistonda zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yilgan, turdosh tarmoqlar rivoj\u00adlanmoqda va jahon darajasidagi mu\u00adtaxassislarni tayyorlashning o\u2018ziga xos maktabi shakllanmoqda.\r\nAlbatta, bugungi kunda mamlakat avtomobil sanoatining manzarasi 10 yil avvalgidan butunlay bosh\u00adqacha. Agar 2016-yilda O\u2018zbekistonda 93 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo\u2018lsa, 2025-yilga kelib bu ko\u2018rsatkich 460 mingtaga yetdi.\r\nAvtomobil sanoatining rivojlani\u00adshi har doim multiplikativ ta\u201bsirga ega. O\u2018zbekistonda avtomobil sanoatidagi har bir ish o\u2018rni iqtisodiyotning turdosh tarmoqlarida 10 ta\u00adgacha ish o\u2018rnini yaratadi.\r\n<strong>Yangi davr<\/strong>\r\nUshbu sifat o\u2018zgarishlarining asosiy omili O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan belgilangan ochiqlik yo\u2018nalishi tufayli amalga oshirilgan iqtisodiyotni liberallashtirish bo\u2018ldi. Biz o\u2018z faoliyatimizni 2014-yilda boshla\u00adganimizda, avtomobil sanoatida atigi bitta ishtirokchi mavjud edi va tarmoq investitsiyalar uchun yopiq edi. Bugun shunchaki boshqa iqtisodiyotni emas, balki barchamiz birgalikda yangi O\u2018zbekistonni yaratmoqdamiz. ADM Jizzakh esa mamlakatdagi xususiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan birinchi avtomobil zavodi sifatida milliy avtomobil sanoatining yangi tarixining ramziga aylandi.\r\nADM Jizzakh loyihasi ustida ish boshlaganimizda, O\u2018zbekistonda xususiy avtomobil zavodini tashkil etish mumkinligiga hech kim ishonmasdi. Bugun korxona faoliyatining natijalari barcha shubha bilan qarovchilarga berilgan to\u2018g\u2018\u00adridan-to\u2018g\u2018ri javobdir. ADM Jizzakh&nbsp;\u2013 shunchaki zavod emas, balki butun tarmoq rivojlani\u00adshining yo\u2018nalishlaridan biri va Jizzax viloyatida shakllanayotgan yangi sa\u00adnoat klasterining yadrosidir.\r\nIkki yil avval zavod to\u2018liq ishlab chiqarish sikliga (CKD) o\u2018tdi, loyihaga kiritilgan jami investitsiyalar haj\u00admi esa allaqachon 400 million AQSH dollaridan oshdi.\r\n2025-yilda korxonada 45 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi, joriy yil uchun reja \u2013 60 ming dona avtomobil va biz ushbu ko\u2018rsatkichga ishonch bilan intilmoqdamiz. 2030-yilga kelib esa kompaniya yili\u00adga 120 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarish darajasiga chiqishni rejalashtirmoqda.\r\nFaoliyatimiz samaradorligining asosiy ko\u2018rsatkichlaridan biri mahal\u00adliylashtirish darajasining izchil o\u2018sib borayotganidir. Biz yirik uzelli yig\u2018ish\u00addan boshlagan edik, bugun esa ma\u00adhalliylashtirish darajasi 40 foizdan oshdi va ayni paytda O\u2018zbekistonda 700 dan ortiq turdagi detallar ishlab chiqarilmoqda.\r\nMahalliylashtirish \u2013 butun dunyoda kuzatilayotgan va kelgusida yana\u00adda kuchayadigan tendensiya. Yirik avtomobil brendlari uchun istiqbolli bozorlarda ishlab chiqarishni joy\u00adlashtirish, logistika va undan kelib chiqadigan to\u2018lovlar, soliqlar hamda bojlar bilan bog\u2018liq xarajatlarni o\u2018z zimmasiga olib, tayyor mahsulotni u yerga yetkazib berishdan ko\u2018ra foydaliroq.\r\nYaqin vaqt ichida biz presslash sexini ishga tushiramiz va bu korxona tarixidagi juda muhim bosqich bo\u2018ladi. Chunki kuzov detallarini ish\u00adlab chiqarish avtomobil yaratish jarayonidagi eng murakkab bosqichlardan biri bo\u2018lib, bu ishlab chiqarish\u00adni mahalliylashtirishning yangi dara\u00adjasini anglatadi.\r\n<strong>Made in Uzbekistan<\/strong>\r\nBiz intilayotgan asosiy maqsad&nbsp;\u2013 o\u2018z milliy avtomobil brendimizni yara\u00adtish. Bu shunchaki chiroyli PR qa\u00addami yoki boshqalardan ajralib turish istagi emas. Bu kompaniyaning bugun erishgan rivojlanish darajasining aksidir. Yildan-yilga ortib borayot\u00adgan mahalliylashtirish, yillar davomida to\u2018plangan tajriba va texnologik baza bizga yanada ulkan vazifalarni qo\u2018yish imkonini ber\u00admoqda.\r\nUshbu maqsadlar uchun biz muhandislarning yangi avlodini shakllantirmoqdamiz. Kadrlarga va zamonaviy ishlanmalarga investitsiyalarsiz bunday loyihalarni amalga oshirish\u00adning imkoni yo\u2018q. Hozirda ADM Jizzakh O\u2018zbekistonning 24 ta oliy ta\u201blim muassasasi bilan hamkorlik qilmoqda. New Uzbekistan \u00adUniversity bilan birgalikda biz International \u00adBusiness Case Competition tanlovini o\u2018tkazmoqdamiz. Tanlovga O\u2018zbekiston, AQSH, Germaniya, Ozarbayjon, Qozog\u2018iston va Xitoydan qariyb 1200 ta ariza kelib tushdi. Biz tadqiqot va ishlanmalar markazini (R&amp;D) tashkil etdik, Toshkent davlat transport universiteti va InnoTechnoPark huzurida avtomobil muhandisligi maktablarini ochdik. Bir necha yil da\u00advomida muhandis-konstruktorlar, sinab ko\u2018ruvchilar va ishlab chiquv\u00adchilarni tayyorlashga qariyb 100&nbsp;million AQSH dollari investitsiya qilishni rejalashtirmoqdamiz.\r\nBugungi kunda ushbu barcha maq\u00adsad va vazifalar \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d milliy strategiyasining bir qismidir. Mazkur doktrina avtomobil ishlab chiqarish haj\u00admini yiliga 1 million donagacha oshi\u00adrish va respublikani dunyoning eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchisi qatoriga kiritishni nazarda tutadi. Bugungi kunda O\u2018zbekistonda ushbu maq\u00adsadga erishish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud: rivoj\u00adlanayotgan bozor va o\u2018sib borayot\u00adgan aholi, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, texnologik taraqqiyot va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari uyg\u2018unligi belgilangan vazifalarni hal etish hamda avtomobil sanoatini milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan va investitsiyalar uchun jozibador sektoriga aylantirish imkonini beradi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24606\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>O\u2018zbekiston avtomobil sanoati tarixi mamlakat mustaqilligi davri bilan chambarchas bog\u2018liq. Yuksalishlar, muvaffaqiyatsizliklar, iqtisodiyotdagi yutuqlar, murakkab qarorlar \u2013 bularning barchasini avtomobil sanoati respublika bilan birga boshdan kechirdi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24612,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24610,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24606\/revisions\/24610"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}