{"id":24616,"date":"2026-09-18T16:02:11","date_gmt":"2026-09-18T11:02:11","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24616"},"modified":"2026-09-18T16:38:16","modified_gmt":"2026-09-18T11:38:16","slug":"ozbek-moliyaviy-qollab-quvvatlashdan-barqaror-daromad-va-real-natijaga","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/ekonomika\/ozbek-moliyaviy-qollab-quvvatlashdan-barqaror-daromad-va-real-natijaga.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) MOLIYAVIY QO\u2018LLAB-QUVVATLASHDAN BARQAROR DAROMAD VA REAL NATIJAGA"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24616\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><strong>Yangi O\u2018zbekistonda iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlaridan biri \u2013 aholi bandligini ta\u201bminlash, daromad manbalarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash orqali inson farovonligini yuksaltirishdir. Bu jarayonda moliyaviy resurslarni manzilli yo\u2018naltirish, mahalladagi mavjud imkoniyat va ehtiyojlarni aniqlash hamda ularni aniq loyihalarga aylantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/strong>\r\n<strong>Bugun bank tizimi oldidagi vazifa faqat kredit ajratish emas, balki ajratilgan mablag\u2018ni yangi ish o\u2018rni, barqaror daromad va real mahsulot yaratishga xizmat qiladigan samarali iqtisodiy mexanizmga aylantirishdan iborat. \u201cBiznesni rivojlantirish banki\u201d ATBning 2026-yildagi faoliyatida ham ana shu yondashuv \u2013 ehtiyojdan natijagacha bo\u2018lgan yaxlit tizim sifatida namoyon bo\u2018lmoqda.<\/strong>\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n2030-yilga borib mutlaq kambag\u2018allikni bartaraf etishni ko\u2018zda tutgan holda amalga oshirilayotgan choralar natijasi bugun bo\u2018y ko\u2018rsata boshladi. Buni 2023-yilda kambag\u2018allik darajasi 14 foizdan 11 foizga, 2024-yilda 11 foizdan 8,9 foizga kamayishiga erishilgani hamda o\u2018t\u00adgan \u2013 2025-yilda bu ko\u2018rsatkich yanada pasayib, 5,8 foizni tashkil etgani yaqqol namoyon etmoqda. Natijalar hech qachon o\u2018z-o\u2018zidan yuzaga kelmasligi tarixiy haqiqatdir. Zotan bevosita davlat rahbari tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilingan mahallabay ishlash tizimi, xususan mahalla bankirlari faoliyatiga asos solingani sohadagi o\u2018zgarishlarga asos vazifasi o\u2018tayotganiga barchamiz guvoh bo\u2018lib turibmiz.\r\nE\u201btiborlisi, mazkur ezgu va ulug\u2018\u00advor maqsad yo\u2018lida joriy yilda ham ishlar tadrijiy ravishda davom et\u00admoqda.\r\nShu o\u2018rinda alohida ta\u201bkidlash joizki, aholi bandligini ta\u201bminlash, yangi daromad manbalarini yaratish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash va hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish bugungi kunda moliya tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biriga aylandi.\r\nBarchamiz anglab turibmizki, bu jarayonda bankning roli faqat moliyaviy resurs ajratish bilan cheklanib qolmaydi. Zero aholi va tadbirkorlarning ehtiyojini o\u2018rganish, ular bilan bevosita muloqot qilish, mikroloyihalarni shakllantirish, zarur moliyaviy resursni yo\u2018naltirish va yakunda real iqtisodiy natija \u2013 ish o\u2018rni, daromad va mahsulot yaratilishini ta\u201bminlash yaxlit tizimni talab etadi.\r\n\r\n\u201cBiznesni rivojlantirish banki\u201d ATBning 2026-yildagi faoliyatiga oid ko\u2018rsatkichlar ham ana shu yonda\u00adshuvning asosiy yo\u2018nalishlarini qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda, so\u2018nggi yillarda bankning bandlik, aholi daromadlari, mikroloyi\u00adhalar, moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash va ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi ishlari ham tamomila yangi bosqichga chiqdi.\r\nBandlik maqsadi \u2013 turmush farovonligi\r\n\r\nMa\u201blumki, 2026-yil uchun aholi bandligini ta\u201bminlash bo\u2018yicha bank tizimi oldiga qo\u2018yilgan umumiy ko\u2018r\u00adsatkich 107 439 nafarni tashkil etadi.\r\nShundan 23 228 nafari doimiy ish o\u2018rinlariga joylashtirilishi ko\u2018zda tutilgan bo\u2018lsa, 84 211 nafar aholining daromadlarini oshirish rejalashtiril\u00adgan.\r\nKo\u2018rinib turibdiki, mazkur raqamlar bankning bandlik masalasiga kompleks yondashuvini ifodalaydi va talab etadi. Ya\u201bni vazifa faqat mavjud ish o\u2018rinlariga fuqarolarni joylashtirish emas, balki mehnat bozorida iqtisodiy faollikni kengaytirish, turli toifadagi aholi uchun barqaror daromad manbalarini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatini rag\u2018batlantirish bilan uzviy bog\u2018liq.\r\n\r\nShundan kelib chiqqan holda, bandlik bo\u2018yicha belgilangan maq\u00adsadga erishish uchun amalga oshi\u00adrilayotgan uchrashuvlar, mikroloyihalar va moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash bilan bog\u2018liq vazifalarga asosiy e\u201bti\u00adbor qaratilmoqda. Zero bandlik&nbsp;\u2013 farovonlik asosi, demakdir.\r\nMuloqotdan \u2013 amaliy natijaga\r\nDavlat rahbari tashabbuslari va takliflari asosida joriy yilda yangi yondashuv amalda qo\u2018llana boshladi. Ya\u201bni avvallari aholi va tadbirkorlar bilan umumiy yig\u2018ilish shaklida muloqotlar tashkil etilgan bo\u2018lsa, endilikda ularning real ehtiyojini aniq\u00adlash, mavjud muammolarni joyida o\u2018rganish hamda ularga amaliy yechim taklif etish maqsadida bank\u00adning rahbar va mas\u201bul vakillari bevosita subyektning o\u2018ziga borib, muloqotga kirishmoqda. Bu esa, ko\u2018plab murojaatlarni joyida hal qilishi barobarida aholi va tadbirkorlarning islohotlarga ishonchi ortishiga va bundan ilhomlanib, yangi loyihalarga qo\u2018l urishlariga sabab bo\u2018lmoqda.\r\nShu taxlit, 2026-yil 1-sentyabr holatiga ko\u2018ra, bank tomonidan 840 ta uchrashuv o\u2018tkazilgan. Ularda jami 3\u2004023 ta murojaat qayd etilgan.\r\nMurojaatlarning 10 tasi respublika miqyosida, 200 tasi viloyat miqyo\u00adsida, 2\u2004813 tasi tuman miqyosida shakllangan. Ushbu ko\u2018rsatkichlar aholi va tadbirkorlarning aksariyat masalalari bevosita hududning o\u2018zida, ya\u201bni tuman va mahalla darajasida hal etilishi zarurligini ko\u2018rsati\u00adshidan kelib chiqilsa, 3 006 tasi joyida yechimi topilgani yuqoridagi fik\u00adrimizning amaliy isbotidir.\r\nE\u201btiborlisi, uchrashuvlar natijasida 3\u2004967 ta ish o\u2018rni yaratilishiga eri\u00adshildi.\r\nBir so\u2018z bilan aytganda, uchra\u00adshuvlar oddiy muloqot maydoni emas, balki aholi va tadbirkorlarning ehtiyojini aniqlashdan tortib, yangi ish o\u2018rinlarini shakllantirishgacha bo\u2018lgan amaliy jarayonning muhim qismiga aylanmoqda.\r\nMikroloyihalar \u2013 mahalladagi iqtisodiy faollikning asosiy nuqtasi\r\nAholi bandligini ta\u201bminlashda mik\u00adroloyihalar muhim amaliy instrument sifatida namoyon bo\u2018lmoqda.\r\nBankka biriktirilgan mahallalarda 2026-yil yanvar\u2013avgust oylari davomida 3\u2004779 ta mikroloyihalar amalga oshirilgan bo\u2018lib, natijada 11\u2004150 ta ish o\u2018rni yaratildi.\r\nDemak, mikroloyihalar nafaqat aholiga moliyaviy resurs yetkazib berish, balki ularni rasmiy iqtisodiy faoliyatga jalb qilish, yangi ish o\u2018rinlari yaratish va daromad manbalarini kengaytirishning muhim mexanizmiga aylanmoqda.\r\nMoliyaviy resurs \u2013 iqtisodiy faollikni qo\u2018llab-quvvatlovchi asosiy omil\r\nAholi va tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslarini amalga oshirishda moliyaviy resurslarning mavjudligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.\r\nShundan kelib chiqqan holda, bankning 2026-yil uchun kredit ajratish bo\u2018yicha rejasi 6\u2004508,9 mlrd. so\u2018m etib belgilangan.\r\n2026-yil yanvar-avgust oylari uchun reja 3\u2004636,8 mlrd. so\u2018m bo\u2018lgani holda, amalda 5\u2004232,6 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan.\r\nNatijada rejaga nisbatan 1\u2004595,8 mlrd. so\u2018mlik ijobiy farq qayd etil\u00adgan va ushbu oylar rejasining bajarilishi 144 foizni tashkil etgan.\r\nYillik kredit rejasining asosiy qismini bir nechta muhim yo\u2018nalishlar tashkil etadi.\r\nJumladan, PQ-312-sonli qaror doirasida yillik reja 530 mlrd. so\u2018m, yanvar\u2013avgust oylari rejasi 287,4 \u00admlrd. so\u2018m, amalda 312,3 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan. Bajarilish darajasi 109,0 foizni tashkil etgan.\r\n\u201cBiznesga birinchi qadam\u201d yo\u2018nalishida yillik reja 350 mlrd. so\u2018m, yanvar\u2013avgust oylari rejasi 213,7 mlrd. so\u2018m bo\u2018lib, amalda 281,6 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan. Bu rejaga nisbatan 132 foizlik natijadir.\r\n\u201cMahalla loyihasi\u201d dasturi bo\u2018yi\u00adcha yillik reja 1 600 mlrd. so\u2018m, yanvar\u2013iyul oylari rejasi 1\u2004022,2 mlrd. so\u2018m, amalda 1\u2004238,0 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan. Bajarilish darajasi 121 foizni tashkil etgan.\r\nMikro va kichik biznes yo\u2018nali\u00adshida yillik reja 2\u2004201,0 mlrd. so\u2018m bo\u2018lib, yanvar\u2013avgust oylari rejasi 1\u2004440,4 mlrd. so\u2018m qilib belgilangan. Joriy yilning 27-avgust holatiga, amalda 1\u2004604,8 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan.\r\nO\u2018rta biznes yo\u2018nalishida esa, yillik reja 1\u2004830 mlrd. so\u2018m qilib belgilangan. O\u2018z navbatida, yanvar\u2013avgust oylari rejasi 886,29 mlrd. so\u2018m va amalda \u2013 27 avgust holatiga 1\u2004751,20 mlrd. so\u2018m kredit ajratilgan. Ushbu yo\u2018nalishda yanvar\u2013avgust rejasiga nisbatan bajarilish darajasi 197,6 foizni tashkil etgan.\r\nKeltirilgan raqamlar bank kredit resurslarini bir vaqtning o\u2018zida aholi, kichik biznes va o\u2018rta biznes ehtiyojlariga yo\u2018naltirishga qaratilgan yondashuv shakllanayotganini ko\u2018r\u00adsatadi.\r\n\u201cBir kontur \u2013 bir mahsulot\u201d: moliyalashtirishdan real mahsulotgacha\r\nBandlik va tadbirkorlikni qo\u2018llab-quv\u00advatlashning yana bir muhim yo\u2018na\u00adlishi \u2013 moliyaviy resurslarni aniq ishlab chiqarish natijasi bilan bog\u2018\u00adlashdir.\r\nShundan kelib chiqqan holda, joriy yilda \u201cBir kontur \u2013 bir mahsulot\u201d tamoyili asosida 415 ta namunaviy loyiha amalga oshirilmoqda.\r\nUshbu loyihalar doirasida jami 5\u2004632,4 gektar yer maydoni qamrab olingan va 18\u2004311 ta dehqon xo\u2018jaligi ishtirok etmoqda.\r\nLoyihalarning umumiy qiymati 130 268,3 mln. so\u2018mni tashkil etadi. Shundan 121 197,3 mln. so\u2018m tadbirkorlarning o\u2018z mablag\u2018lari, 9\u2004071,0 mln. so\u2018m esa bank krediti hisobidan shakllangan.\r\nYetishtirilgan hosil hajmi 71&nbsp;561 tonna, uning umumiy qiymati esa\r\n359 796,0 mln. so\u2018m sifatida qayd etilgan.\r\nBu ko\u2018rsatkichlar \u201cBir kontur \u2013 bir mahsulot\u201d tamoyilining asosiy mo\u00adhiyatini ochib beradi: bank mabla\u00adg\u2018iga alohida olingan kredit sifatida emas, balki yer maydoni, dehqon xo\u2018jaligi, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni birlashtiruvchi yagona iqtisodiy zanjirning tarkibiy qismi sifatida qarash shakllanmoqda.\r\nYagona zanjir: ehtiyoj \u2013 loyiha&nbsp;\u2013 moliya \u2013 natija\r\nYuqoridagi raqamlarni bir-biri bi\u00adlan bog\u2018lab tahlil qilganda, bank\u00adning bandlik va tadbirkorlik sohasidagi faoliyati bir nechta o\u2018zaro bog\u2018\u00adliq bosqichlardan iborat ekani ko\u2018rinadi.\r\nAvvalo, 107 439 nafarlik bandlik maqsadi belgilangan.\r\nBu maqsadga erishish uchun aholi va tadbirkorlar bilan bevosita ishlashga urg\u2018u berilmoqda. 2026-yil 1-sentyabr holatiga o\u2018tkazilgan 840 ta uchrashuv va qayd etilgan 3\u2004023 ta murojaat hududlardagi real ehtiyojlarni aniqlash uchun muhim baza vazifasini bajarmoqda.\r\nAniqlangan ehtiyojlar keyingi bosqichda mikroloyihalarga aylanmoqda. Natijada rejadagi mikroloyiha o\u2018rniga amalda 3\u2004779 ta mikroloyihalar amalga oshirilgan va ular bo\u2018yicha 11\u2004150 ta ish o\u2018rni yaratili\u00adshiga erishilgan.\r\nUshbu tashabbuslarni amalga oshi\u00adrish uchun moliyaviy resurslar yo\u2018naltirilmoqda. 2026-yil uchun 6\u2004508,9 mlrd. so\u2018mlik kredit ajratish rejasi shakllantirilgan bo\u2018lib, yanvar\u2013avgust oylari rejasi 144 foizga bajarilgan.\r\nShu bilan birga, kreditlashni real ishlab chiqarish bilan bog\u2018lash maq\u00adsadida 415 ta \u201cBir kontur \u2013 bir mahsulot\u201d namunaviy loyihasi amalga oshirilmoqda. Ularda 18\u2004311 ta dehqon xo\u2018jaligi ishtirok etmoqda va 71\u2004561 tonna hosil yetishtirilgan.\r\nShu nuqtayi nazardan, raqamlar bir-biridan alohida ko\u2018rsatkichlar emas. Ular yagona jarayonning turli bosqichlarini ifodalaydi, ya\u201bni aholi ehtiyoji \u2192 ochiq muloqot \u2192 mikroloyiha \u2192 moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash \u2192 ish o\u2018rni va daromad \u2192 real mahsulot. Pirovard natija esa, turmush farovonligi.\r\nTa\u201bkidlash joizki, bugun bank faoliyatining samaradorligini baholash\u00adda ham aynan shu zanjirning qay darajada ishlayotgani muhim ahamiyat kasb etadi.\r\nChunki ajratilgan kreditning o\u2018zi yakuniy natija emas. Uning haqiqiy samarasi yangi ish o\u2018rni yaratilishi, aholi daromadi oshishi, yangi tadbirkorlik subyekti shakllanishi, ishlab chiqarish hajmi ko\u2018payishi va bozorga raqobatbardosh mahsulot chiqarilishi bilan namoyon bo\u2018ladi.\r\n\u201cBiznesni rivojlantirish banki\u201dning 2026-yildagi mazkur yo\u2018nalishlardagi faoliyatida esa moliyalashtirish, bandlik va tadbirkorlikni bir-biri bilan bog\u2018liq holda rivojlantirishga qaratilgan tizimli yondashuv tobora yorqinroq aks etayotganini ko\u2018rsatmoqda.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24616\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Yangi O\u2018zbekistonda iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlaridan biri \u2013 aholi bandligini ta\u201bminlash, daromad manbalarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash orqali inson farovonligini yuksaltirishdir.","protected":false},"author":1,"featured_media":24618,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24617,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24616\/revisions\/24617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24618"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}