{"id":24621,"date":"2026-09-18T16:05:40","date_gmt":"2026-09-18T11:05:40","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24621"},"modified":"2026-09-18T16:10:26","modified_gmt":"2026-09-18T11:10:26","slug":"ozbek-mamlakatni-birlashtirgan-aloqa-ozb%d0%b5kiston-raqamli-taraqqiyotining-35-yili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/en\/ekonomika\/ozbek-mamlakatni-birlashtirgan-aloqa-ozb%d0%b5kiston-raqamli-taraqqiyotining-35-yili.html","title":{"rendered":"(O\u00b4zbek) MAMLAKATNI BIRLASHTIRGAN ALOQA:  O\u2018ZB\u0415KISTON RAQAMLI TARAQQIYOTINING 35 YILI"},"content":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24621\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p><strong>Muhim infratuzilma sifatida telekommunikatsiya:<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\ntelefon tarmoqlaridan raqamli iqtisodiyot poydevorigacha\r\nO\u2018zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo\u2018liga nazar tashlasak, bu davrni mamlakatning nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki texnologik jihatdan ham tubdan yangilanish davri sifatida baholash mumkin.\r\nO\u2018ttiz besh yil davomida O\u2018zbekiston zamonaviy infratuzilmani shakl\u00adlantirdi, tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirdi, ishlab chiqarish va xizmat ko\u2018rsatish sohalari uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu jarayonda telekommunikatsiya tarmoqlari alo\u00adhida o\u2018rin egalladi.\r\nChunki bugun aloqa \u2013 shunchaki telefon orqali suhbatlashish yoki ma\u201blumot uzatish vositasi emas.\r\nU bank tizimi, sanoat korxonalari, elektron tijorat, davlat xizmatlari, ta\u201blim, tibbiyot, transport, moliya bozori va millionlab raqamli xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta\u201bminlaydigan iqtisodiy infratuzilmaning muhim qismiga aylandi.\r\nShu ma\u201bnoda, O\u2018zbekistonda telekommunikatsiya sohasining 35 yillik taraqqiyotini mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi tarixi sifatida ham ko\u2018rish mumkin.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Telefon liniyasidan raqamli infratuzilmagacha<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nBu o\u2018zgarishlarni milliy telekommunikatsiya operatori Uztelecom misolida yaqqol ko\u2018rish mumkin.\r\nBir necha o\u2018n yilliklar davomida an\u201banaviy telefon tarmoqlariga ta\u00adyangan kompaniya bugun optik tolali aloqa liniyalari, yuqori tezlikdagi internet, mobil aloqaning yangi av\u00adlodlari, ma\u201blumotlar markazlari, xalqaro kanallar va raqamli xizmatlarni qamrab olgan keng infratuzilma tizimiga aylandi.\r\n2026-yil boshiga kelib Uztelecom\u00adning optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 350 ming kilometrdan oshdi. GPON texnologiyasi asosida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati mamlakatning barcha aholi punktlarida yaratildi.\r\nBu raqamning o\u2018ziyoq o\u2018zgarish ko\u2018lamini tasavvur qilishga imkon beradi.\r\nAmmo optik tolaning har bir kilometri ortida oddiy texnik ko\u2018rsatkichdan ancha katta iqtisodiy mazmun bor. Chunki zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi orqali insonning ta\u201blim olish, tadbirkorlik qilish, ishlash, davlat xizmatlaridan foydalanish va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari kengayadi.\r\nShuning uchun raqamli infratuzilmaga kiritilgan investitsiyani faqat telekommunikatsiya sohasiga qilin\u00adgan sarmoya sifatida baholash to\u2018g\u2018ri emas. Uning ta\u201bsiri iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga tarqa\u00adladi.\r\nRaqamli masofa qisqarmoqda\r\nRaqamli transformatsiyaning eng muhim natijalaridan biri \u2013 internetdan foydalanish imkoniyatining geografik jihatdan kengayishidir.\r\nO\u2018zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 2016-yildagi 46,8 foizdan 2025-yilda 94,2 foizga yetdi.\r\nBu o\u2018sish ortida optik tolali tarmoqlarni kengaytirish, mobil infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi bazaviy stansiyalar o\u2018rnatish va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni raqamli tarmoqlarga ulash kabi ko\u2018p\u00adlab jarayonlar turibdi.\r\nBu yerda masalaning iqtisodiy tomoni ayniqsa muhim.\r\nRaqamli infratuzilma qanchalik keng bo\u2018lsa, inson yoki biznesning imkoniyatlari uning geografik joylashuviga shunchalik kam bog\u2018liq bo\u2018\u00adladi.\r\nTuman markazidagi tadbirkor ham onlayn bozorga chiqishi mumkin. Qishloqdagi o\u2018quvchi ta\u201blim platformalaridan foydalanishi mumkin. Mutaxassis masofadan turib ishlashi, fuqaro esa davlat xizmatlarini elektron shaklda olishi mumkin.\r\nDemak, telekommunikatsiya infratuzilmasi nafaqat texnologik taraqqiyot, balki hududiy iqtisodiy ta\u00adfovutlarni qisqartirish vositasi hamdir.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Aloqaning yangi avlodi<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nMobil aloqa sohasidagi o\u2018zgarish\u00adlar ham ana shu jarayonning muhim qismi bo\u2018ldi.\r\n2023-yilda Uztelecom keng ko\u2018\u00adlamli modernizatsiya doirasida 6 mingdan ortiq tayanch aloqa stansiyalarini o\u2018rnatdi va yangiladi.\r\n2024-yilda mamlakatning barcha viloyat markazlarida 5G texnologiyasi joriy etildi. Toshkent va Samarqand shaharlari esa beshinchi avlod mobil tarmog\u2018i bilan to\u2018liq qamrab olindi.\r\nBiroq 5Gning ahamiyati faqat yuqori tezlikdagi mobil internet bilan cheklanmaydi.\r\nYangi avlod tarmoqlari sanoat\u00addagi \u201cInternet of Things\u201d \u2013 buyumlar interneti, aqlli transport, Smart City, teletibbiyot, avtomatlashtirish va katta hajmdagi ma\u201blumotlarni tezkor uzatishni talab qiladigan texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.\r\nO\u2018zbekiston bu jarayonda faqat mavjud texnologiyalarni joriy etish bilan cheklanmadi.\r\n2024-yil sentyabr oyida ICTWEEK Uzbekistan doirasida 5.5G yoki 5G-Advanced texnologiyasi sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu O\u2018zbekiston va MDH makonidagi dastlabki shunday sinovlardan biri bo\u2018ldi.\r\n2025-yilda esa uy interneti uchun 10 Gbit\/s gacha tezlikni ta\u201bminlash imkonini beruvchi XG-PON texnologiyasini joriy etish yo\u2018lida yangi qa\u00addam tashlandi.\r\nBu yerda rekord darajadagi tezlikning o\u2018zi emas, balki yaratilgan raqamli quvvat zaxirasi muhim.\r\nChunki yuqori o\u2018tkazuvchanlik qobiliyati kelgusida bulutli texnologiyalar, sun\u201biy intellekt, katta ma\u201blumotlar, masofaviy ish, multimedia xizmatlari va intellektual qurilmalarning rivojlanishi uchun zarur shartlardan biridir.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Ko\u2018zga ko\u2018rinmaydigan, ammo strategik ahamiyatga ega infratuzilma<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nRaqamli iqtisodiyotning eng muhim qismlaridan ayrimlari oddiy foydalanuvchiga deyarli ko\u2018rinmaydi.\r\nBular \u2013 ma\u201blumotlar markazlari, ma\u201blumotlarni saqlash tizimlari, rezerv kanallar, tarmoqlarni boshqarish va raqamli xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta\u201bminlaydigan muhandislik infratuzilmasidir.\r\nUztelecom ma\u201blumotlar markazlari infratuzilmasini ham bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda.\r\n2026-yilda Ohangaron, Qo\u2018qon va Buxorodagi data-markaz loyihalarining Uptime Institute tomonidan \u00abTier III TCDD\u00bb xalqaro sertifikatiga sazovor bo\u2018lishi bu yo\u2018nalishdagi muhim natijalardan biri bo\u2018ldi.\r\nBunday daraja infratuzilmaning ayrim elementlariga texnik xizmat ko\u2018rsatish jarayonida ham ma\u201blumotlar markazi faoliyatini uzluksiz saqlab qolish imkonini beradi.\r\nHududiy ma\u201blumotlar markazlarining rivojlanishi esa yanada keng strategik ahamiyatga ega.\r\nRaqamli resurslarni foydalanuv\u00adchiga yaqinlashtirish, yagona markazga bog\u2018liqlikni kamaytirish va axborot tizimlarining barqarorligini oshirish raqamli iqtisodiyotning ishonch\u00adliligini ta\u201bminlaydi.\r\nInqiroz davrida aloqaning haqiqiy qiymati\r\nInfratuzilmaning haqiqiy ahamiyati odatda oddiy kunlarda emas, balki favqulodda vaziyatlarda yaqqol namoyon bo\u2018ladi.\r\nBunga pandemiya davri misol bo\u2018la oladi.\r\nO\u2018sha davrda mamlakat bo\u2018ylab 300 dan ortiq mobil avariya brigadalari faoliyat olib bordi. 1 401 ta tibbiyot muassasasi uchun 3 625 kilometr, 9 471 ta ta\u201blim muassasasi uchun esa 2 213 kilometr optik liniya yotqizildi. Yangi liniyalarning umumiy uzunligi 11 625 kilometrga yetdi.\r\nOnlayn darslar, shifokorlar bilan masofaviy maslahatlar, davlat yig\u2018ilishlari va ishchi uchrashuvlarni tashkil etish uchun milliy videokonferens\u00adaloqa platformasi ishga tushirildi.\r\n6 mingdan ortiq internet-resurs uchun tariflanmaydigan kirish imkoniyati yaratildi.\r\nBu tajriba muhim bir haqiqatni ko\u2018rsatdi: aloqa infratuzilmasiga qilingan investitsiya \u2013 mamlakat barqarorligiga qilingan investitsiya hamdir.\r\nTinch davrda u iqtisodiy o\u2018sishga xizmat qiladi. Inqiroz paytida esa ta\u201blim, tibbiyot, davlat boshqaruvi va biznes kabi muhim jarayonlarning uzluksizligini ta\u201bminlaydi.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Tarmoqdan raqamli ekotizimga<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nTexnologiyalar rivoji bilan birga foydalanuvchining raqamli xizmatlar bilan munosabati ham o\u2018zgarmoqda.\r\nBunga MyUztelecom misol bo\u2018la oladi.\r\nDastlab asosan balans va xizmatlarni boshqarish vositasi sifatida qabul qilingan mobil ilova bugun mobil aloqa, uy interneti, telefoniya, to\u2018lovlar va boshqa xizmatlarni birlashtiruvchi ko\u2018p funksiyali raqamli platformaga aylandi.\r\nIlovaning Google Play platformasidagi yuklab olishlari 5 milliondan oshgan.\r\nBu faqat bir mobil ilovaning ommalashuvi emas. U raqamli iqtisodiyotda xizmat ko\u2018rsatish modeli qanday o\u2018zgarayotganini ko\u2018rsatadi.\r\nFoydalanuvchi endi alohida-alo\u00adhida xizmatlar emas, balki yagona raqamli muhitdan foydalanishni istaydi.\r\nO\u2018zbekiston global raqamli tarmoqda\r\nMilliy telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi xalqaro ra\u00adqamli aloqalarning kengayishi bilan bir vaqtda kechmoqda.\r\nUztelecom global internetga ula\u00adnishning 13 ta xalqaro kanaliga hamda Frankfurt-Mayn, Moskva va Gonkongdagi mavjudlik nuqtalariga ega.\r\nBunday infratuzilma O\u2018zbekistonning jahon raqamli makoniga integratsiyalashuvi uchun strategik ahamiyat kasb etadi.\r\nXalqaro kanallarning mavjudligi jahon raqamli platformalariga kirish\u00adni ta\u201bminlash bilan birga, elektron tijorat, xalqaro biznes, transchegaraviy ma\u201blumotlar almashinuvi va ra\u00adqamli xizmatlar eksporti uchun ham muhim shart hisoblanadi.\r\n5Gdan sun\u201biy yo\u2018ldoshgacha\r\nTelekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi chegaralari ham allaqachon ko\u2018rina boshladi.\r\n2026-yil may oyida Samarqandda O\u2018zbekistonda ilk bor sun\u201biy yo\u2018l\u00addosh va yer usti mobil aloqasini birlashtirish imkonini beruvchi Direct-\u00adto-Device texnologiyasi namoyish etildi.\r\nSinov jarayonida oddiy Android smartfonlari sun\u201biy yo\u2018ldosh va mobil tarmoqlar kombinatsiyasi orqali matnli va ovozli xabarlar almashinuvida ishtirok etdi.\r\nBunday texnologiyaning iqtisodiy ahamiyati, avvalo, yer usti infratuzilmasini qurish qiyin yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo\u2018lgan hududlarda namoyon bo\u2018lishi mumkin.\r\nTog\u2018li va olis hududlarda aholi, sayyohlik obyektlari, transport tizimlari hamda muhim infratuzilmalarning aloqa imkoniyatlarini kengaytirishda sun\u201biy yo\u2018ldosh texnologiyalari qo\u2018shimcha yechim vazifasini bajarishi mumkin.\r\nShu tariqa, telekommunikatsiya infratuzilmasi endi faqat yer usti tarmoqlari bilan cheklanib qolmayapti.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Xalqaro e\u201btirof \u2013 natijaning bir ko\u2018rsatkichi<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nUztelecomning texnologik taraq\u00adqiyoti xalqaro miqyosda ham e\u201btirof etib kelinmoqda.\r\n2022-yilda kompaniya MDH mam\u00adlakatlarining eng jadal rivojla\u00adnayotgan mintaqaviy operatori sifatida e\u201btirof etildi.\r\n2023-yilda MDH mintaqaviy operatori unvonini oldi.\r\n2024-yilda 5G loyihasini ishga tushirgani uchun xalqaro mukofotga sazovor bo\u2018ldi.\r\n2025-yilda Markaziy Osiyodagi texnologik yutuqlari xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.\r\n2026-yilda esa CC-Global Awards mukofotining \u00abMDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi operatori\u00bb nominatsiyasi g\u2018olibi bo\u2018ldi. Shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishdagi yetakchiligi va O\u2018zbekistonning raqamli trans\u00adformatsiyasiga qo\u2018shgan hissasi uchun Brand Awards International mukofotiga sazovor bo\u2018ldi.\r\nKompaniyaning ESG yo\u2018nalishi\u00addagi natijalari ham e\u201btiborga loyiq. 2026-yilda Sustainable Fitch tomonidan ESG reytingi doirasida 100 ballik shkalada 77 balllik yakuniy baho berildi.\r\nBunday ko\u2018rsatkichlar kompaniya faoliyatida texnologik samaradorlik bilan bir qatorda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv omillariga ham e\u201btibor kuchayib borayotganini ko\u2018rsatadi.\r\nAsosiy natija \u2013 texnologiya emas, imkoniyat\r\nBiroq telekommunikatsiya sohasining 35 yillik taraqqiyotini faqat kabellar uzunligi, bazaviy stansiyalar soni yoki internet tezligi bilan baholab bo\u2018lmaydi.\r\nHar bir raqam ortida inson va biznes uchun yangi imkoniyatlar turibdi. O\u2018quvchi ta\u201blim platformasiga kiradi. Shifokor masofaviy konsultatsiya o\u2018tkazadi. Hududdagi tadbirkor yangi bozorga chiqadi. Kompaniya biznes jarayonlarini bulutli texnologiyalarga o\u2018tkazadi.\r\nFuqaro davlat xizmatidan masofadan foydalanadi.\r\nMutaxassis o\u2018z kasbiy salohiyatini mamlakatning istalgan hududidan turib xalqaro bozorga taklif qilishi mumkin.\r\nShu nuqtayi nazardan qaraganda, telekommunikatsiyani rivojlantirish&nbsp;\u2013 inson kapitali, tadbirkorlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini rivojlantirish demakdir.\r\n35 yil davomida \u00abmasofa\u00bb tu\u00adshunchasining o\u2018zi o\u2018zgardi.\r\nIlgari jismoniy mavjudlikni talab qilgan ko\u2018plab jarayonlar bugun raqamli muhitda amalga oshirilmoqda. Bilim, xizmat, hujjat, moliyaviy operatsiya, ishbilarmonlik muloqoti va kasbiy ko\u2018nikmalar axborot tarmoq\u00adlari orqali bir zumda uzatilishi mumkin.\r\nBu esa iqtisodiy faollikning geografiyasini ham o\u2018zgartirmoqda.\r\nKeyingi 35 yil bugundan boshlanadi\r\nMustaqil O\u2018zbekistonning texnologik taraqqiyot tarixi bir muhim qonuniyatni ko\u2018rsatadi: har bir yangi texnologik avlod keyingi bosqich uchun poydevor yaratadi.\r\nMamlakat analog telefon tar\u00admoqlaridan raqamli kommunikatsiya tizimlariga o\u2018tdi.\r\nAn\u201banaviy liniyalar o\u2018rnini yuz minglab kilometr optik tolali tarmoq\u00adlar egalladi.\r\n\r\n&nbsp;\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>Mobil aloqa 5G va 5.5G texnologiyalari sari rivojlandi.<\/strong>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\nAlohida server maydonchalari o\u2018rnini zamonaviy ma\u201blumotlar markazlari egallay boshladi.\r\nYer usti tarmoqlaridan tashqari, oddiy mobil qurilmalar orqali sun\u201biy yo\u2018ldosh aloqasidan foydalanish texnologiyalari sinovdan o\u2018tkazilmoqda.\r\nKeyingi bosqich esa yanada mu\u00adrakkab va katta imkoniyatlarga ega bo\u2018ladi.\r\nSun\u201biy intellekt, bulutli hisoblash, kiberxavfsizlik, IoT, avtomatlashtirish, Smart City va mobil aloqaning yangi avlodlari yuqori sifatli va barqaror raqamli infratuzilmani talab qiladi.\r\nDemak, mustaqillikning 35 yilligi telekommunikatsiya sohasi uchun yakun emas.\r\nAksincha, bu \u2013 erishilgan natijalarni baholab, keyingi taraqqiyot uchun qanday poydevor yaratilganini anglash nuqtasidir.\r\nBugun O\u2018zbekistonda bir necha o\u2018n yil avval tasavvur qilish qiyin bo\u2018lgan raqamli infratuzilma shakllandi. Ammo uning haqiqiy qiymati texnologiyaning o\u2018zida emas.\r\nUning qiymati \u2013 insonga o\u2018qish, ishlash, biznes yaratish, tibbiy yor\u00addam olish, davlat xizmatlaridan foydalanish va yagona iqtisodiy-axborot makonining to\u2018laqonli ishtirokchisi bo\u2018lish imkonini berishida.\r\nShu ma\u201bnoda, 35 yil ichida aloqa oddiy ovoz uzatish vositasidan raqamli iqtisodiyotning strategik asosiga aylandi.\r\nTelekommunikatsiyalar tarixi \u2013 bu faqat tarmoqlar, kabellar va texnologiyalar tarixi emas. Bu o\u2018z kelajagi infratuzilmasini bosqichma-bosqich barpo etayotgan mustaqil O\u2018zbekistonning iqtisodiy va texnologik taraqqiyoti tarixidir. Va bu tarixning keyingi bobi allaqachon boshlangan.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p class=\"qtranxs-available-languages-message qtranxs-available-languages-message-en\">Sorry, this entry is only available in <a href=\"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24621\" class=\"qtranxs-available-language-link qtranxs-available-language-link-uz\" title=\"O\u00b4zbek\">O\u00b4zbek<\/a>. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.<\/p>Muhim infratuzilma sifatida telekommunikatsiya: telefon tarmoqlaridan raqamli iqtisodiyot poydevorigacha\r\nO\u2018zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo\u2018liga nazar tashlasak, bu davrni mamlakatning nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki texnologik jihatdan ham tubdan yangilanish davri sifatida baholash mumkin.","protected":false},"author":1,"featured_media":24623,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24621","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24621","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24621"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24621\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24622,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24621\/revisions\/24622"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24623"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24621"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24621"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24621"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}