- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/uz -

BMT mamlakat jamoasi Ğallaorol tumanida FAO kõmagida olib borilayotgan lalmikor dehqonçilik tajribalari bilan tanişdi

BMT mamlakat jamoasi Ğallaorol tumanida FAO kõmagida olib borilayotgan lalmikor dehqonçilik tajribalari bilan tanişdi Ğallaorol, Jizzax viloyati, 2026 yil — Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT)ning Õzbekistondagi mamlakat jamoasi Ğallaorol tumanidagi Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot institutiga taşrif buyurdi. Delegatsiya institutning tajriba maydonlarida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xõjaligi taşkiloti (FAO) kõmagida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanişdi. Tadqiqotlar lalmikor yerlarda tuproq namligini saqlaş, eroziyani kamaytiriş va yoğin-soçin suvidan samarali foydalanişga qaratilgan. Lalmikor dehqonçilikda ekinlar namlikni asosan yoğin-soçindan oladi. Institut mutaxassislari tuproqdagi mavjud namlikni saqlaş hamda yomğir va erigan qor suvini yiğiş imkoniyatlarini ikki loyiha doirasida õrganmoqda. Dala namoyişida institut mutaxassislari yerni haydamasdan ekin ekiş (no-till) usulini kõrsatdi. Bu usulda uruğ maxsus ekiş texnikasi yordamida haydalmagan yerga bevosita ekiladi. «Lalmi yerlarda resurstejovçi agrotexnikani qõllaş samaradorligini õrganiş» loyihasi doirasida tadqiqotçilar ushbu usulning tuproq namligini saqlaş, suv va şamol eroziyasini kamaytiriş hamda ekin yetiştiriş xarajatlarini qisqartiriş imkoniyatlarini õrganmoqda. Delegatsiyaga qir-adirlarda terrasalar va yarim aylana şaklidagi suv yiğiş inshootlarini barpo etiş bõyiça tadqiqotlar ham taqdim etildi. Bu inshootlar yomğir va erigan qor suvining yonbağir bõylab oqib ketişini sekinlaştirib, uning tuproqqa singişiga yordam beradi. Institut mutaxassislari bu usullarning tuproqdagi namlik zaxirasini oşiriş va suv eroziyasini kamaytirişdagi samaradorligini baholamoqda. Institut vakillari delegatsiyaga tajriba maydonlarida olib borilayotgan işlar, tadqiqot natijalari hamda sinalayotgan usullarni lalmikor xõjaliklarda qõllaş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Taşrifda FAOning Õzbekistondagi vakili yordamçisi Şerzod Umarov, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Xalqaro mehnat taşkiloti va UNICEF vakillari iştirok etdi. Ğallaoroldagi dala taşrifi BMT mamlakat jamoasining 19–20 noyabr kunlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga safari doirasida bõlib õtdi. Safarning Sirdaryo qismida BMTning Õzbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Machl boşçiligidagi delegatsiya viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov bilan uçraşdi. Tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, ekologiya, soğliqni saqlaş, bandlik va ijtimoiy himoya bõyiça hamkorlikni kengaytiriş hamda qõşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi. Delegatsiya Boyovut tumanidagi 19-maktabda BMT Taraqqiyot dasturi kõmagida 2023–2024 yilgi isitiş mavsumida sinovdan õtkazilgan kõmirsiz, energiya tejamkor isitiş tizimi bilan ham tanişdi. Guliston şahrida esa jamoa 22 800 dan ortiq aholiga xizmat kõrsatuvçi Markaziy kõp tarmoqli poliklinikaga taşrif buyurdi. U yerda delegatsiyaga birlamçi tibbiy yordamni kuçaytiriş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş bõyiça olib borilayotgan işlar taqdim etildi.