- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz -

(O´zbek) Samarqand viloyatida 103 kilometrlik yo‘l ta’mirlanadi va suv ombori quriladi

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский [1]”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Samarqand viloyatida yangi yo‘llar, sement zavodi va suv ombori quriladi.

Samarqand viloyatida qurilish ishlariga doir Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilindi, deya xabar berdi [2] Norma.uz.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 mln AQSH dollarilik sement ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi [3]. Buning natijasida 600 ta ish o‘rni yaratiladi.

Bulung‘ur suv omborini qurish rejalashtirilmoqda, u 2021 yil 1 iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Loyihaga doir asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Uning umumiy summasi 46 mln AQSH dollaridan ortiq. Qurilish yakuniga ko‘ra 51 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, 2019−2022 yillarda quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinagan avtomobillar yo‘llari (uzunligi 103 km), barpo etiladigan tunnel va ko‘priklarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Buning uchun 2,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Источник: «Газета.uz» [4]