Samarqand viloyatida qurilish ishlariga doir Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilindi, deya xabar berdi [2] Norma.uz.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 mln AQSH dollarilik sement ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi [3]. Buning natijasida 600 ta ish o‘rni yaratiladi.

Bulung‘ur suv omborini qurish rejalashtirilmoqda, u 2021 yil 1 iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Loyihaga doir asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Uning umumiy summasi 46 mln AQSH dollaridan ortiq. Qurilish yakuniga ko‘ra 51 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, 2019−2022 yillarda quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinagan avtomobillar yo‘llari (uzunligi 103 km), barpo etiladigan tunnel va ko‘priklarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Buning uchun 2,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Источник: «Газета.uz» [4]