- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz -

(O´zbek) Yangi O‘zbekiston metrologiyasi: aniqlik, ishonch va xalqaro e‛tirof

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek [1]”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
Hurmatli hamkasblar, qadrli metrologlar!
     Sizlarni kasb bayramingiz – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Metro­logiya – bu nafaqat aniq o‘lchashlar tizimi, balki iqtiso­diyot barqarorligi, sanoat raqobatbardoshligi, mahsulot sifati va aholi xavfsizligini ta‛minlaydigan muhim sohadir. Bugungi kunda fan, sanoat, energetika, tibbiyot, qurilish, savdo va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni metrologiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.      So‘nggi yillarda mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasini xalqaro talablar asosida tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani rivojlantirishga qaratilgan qaror va tashabbuslari milliy sifat infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiq­moqda.      Xususan, joriy yilning 16-fevral kuni qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–25-son Farmoni metrologiya tizimini modernizatsiya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat milliy mahsulot va xizmatlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbar­doshligini oshirish, o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta‛minlash hamda sifat infratuzilmasini yanada mustah­kamlashga qaratilgan.      Bugungi kunda mamlakatimizda milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, akkreditatsiya tizimini takomillashtirish, zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirish va yangi davlat etalonlarini joriy etish bo‘­yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan yuqori aniqlikdagi yangi davlat etalonlarini xarid qilish va milliy kalibrlash imkoniyatlarini kengay­tirish rejalashtirilgan.      Sohada islohotlar bilan bir qatorda xalqaro may­dondagi o‘rnimiz ham sezilarli darajada o‘zgardi. Latviya, Koreya, Xitoy, Slovakiya davlatlari, AQSHning USAID, Germaniyaning PTB, Koreyaning KOICA, Turkiyaning TIKA tashkilotlari, Xalqaro savdo markazi (ITC), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) bilan hamkorlik to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi.      Metrologiya sohasini an’anaviy etalon foydalanuv­chisidan – etalon ishlab chiqaruvchisiga transformatsiya qilish maqsadida 4 ta texnik yo‘nalishdagi oliy ta‛lim muassasalari bilan hamkorlikda 7 ta etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish ishlariga start berildi.      COOMET prezidentligi saylovi o‘tkazilib, unda ilk bor O‘zbekiston vakili, O‘zbekiston milliy metrologiya ins­tituti direktori COOMET prezidenti lavozimiga tasdiq­landi.      2026-yilda O‘zbekistonning Xalqaro tarozi va o‘l­chovlar byurosiga (BIPM) to‘laqonli a‛zo bo‘lishi mamla­katimiz metrologiya tizimi tarixidagi muhim va tarixiy yutuqlardan biri bo‘ldi. Ushbu a‛zolik milliy o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishi, milliy eta­lonlar salohiyatining oshishi hamda O‘zbekistonning global metrologiya hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkam­lashga xizmat qilmoqda.      O‘zMMI xalqaro integratsiyani jadallashtirish maq­sadida, 2025-yil iyun oyidan Yevropa milliy metrologiya institutlari uyushmasi (EURAMET)ning Markaziy Osiyo­dagi yagona Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a‛zo maqomini oldi. Bu – mamlaka­timiz metrologiyasining mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.      O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ikkinchi bo‘lib vaqt va chastota xizmati muvofiqlashtirilgan universal vaqti UTCni shakllantirishda Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga a‛zo bo‘ldi, natijada O‘zbekiston o‘zining milliy vaqt shkalasiga ega bo‘ldi. Respublikada ilk bor 1 million dollar miqdoridagi met­rologiya xizmatlari Tojikiston, Ozarbayjon, Qozo­g‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilindi.      Global sifat infratuzilma indeksidagi metrologiya yo‘nalishi ko‘rsatkichlari 72-o‘rindan 60-o‘ringa ko‘tari­lаdi. 4 331 ta Xalqaro ISO, IEC, EN standartini qabul qilish orqali, uyg‘unlashish darajasi 30 foizdan 40 foizga yetkaziladi.      Shuningdek, Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti hujjatlari asosida metrologik me‛yor va qoi­dalarni qabul qilish maqsadida 20 ta milliy standartni ishlab chiqildi hamda joriy qilingan OIML hujjatlar soni 52 taga yetkazildi.      Milliy etalonlar bazasi qo‘shimcha 13 ta etalonlarga kengaytirilib, etalonlar bazasi 42 taga yetkazildi. Milliy etalonlar bazasini qo‘shimcha 19 ta etalonga kengaytirish yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va ilk bor kvant metrologiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlanadi.      Bugungi kunda O‘zbekistonda kvant metrologiyasini shakllantirish, zamonaviy etalonlarni yaratish va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ham muhim qadamlar tashlanmoqda. Metrologiya sohasida ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish orqali yangi texnologik yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida e‛tibor qaratilmoqda.      Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimiz Markaziy Osiyoda mintaqaviy metrologiya xabini shakl­lantirish yo‘lida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Soha­dagi xalqaro e‛tirof etilgan CMC qatorlari soni 20 taga yetgani metrologik salohiyatimiz tobora ortib borayot­ganidan dalolat beradi. Endilikda qo‘shni davlatlarga ham metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani mamlakatimizning mintaqaviy yetakchi markazga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.      Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘l­chash natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga, eksport salohiyatining oshishiga va investorlar ishon­chining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.      Shu bilan birga, sohada raqamlashtirish jarayonlariga ham alohida e‛tibor qaratilmoqda. “Texnik jihatdan tar­tibga solish” milliy axborot tizimi orqali metrologik xizmatlar, kalibrlash va attestatsiya jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa shaffoflikni ta‛minlash, inson omi­lini qisqartirish va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.      Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallari tomonidan o‘lchashlar birligini ta‛minlash, xalqaro standartlarga mos laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, milliy etalonlar bazasini kengaytirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.      Albatta, bu yutuqlar zamirida o‘z kasbiga sadoqatli, yuksak bilim va tajribaga ega metrologlar mehnati mujassam. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida aniqlik, ishonch va sifat ta‛­minlanmoqda.
 
     Qadrli soha xodimlari!
 
     Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Ilmiy va amaliy faoliya­tingiz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida doimo samarali bo‘lsin.
Butunjahon metrologiya kuni muborak bo‘lsin!
Jumanazarov Akmal Ruzikulovich O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori