O’zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiyaning favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er janoblari birdaniga ikki universitetning fahriy professor unvoniga sazovor bo’ldi:
- O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga, xususan, ta’lim va ilm-fandagi hamkorlikni kengaytirishga, turkiyshunoslik ilmi ravnaqiga qo’shgan hissasi hamda sohadagi islohotlarni doimiy qo’llab-quvatlagani uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti fahriy profesor unvoniga munosib ko’rildi. Unvon guvohnomasi elchi janoblariga O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa boshqarmasi boshlig’i ishtirok etgan tadbirda universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan taqdim etildi;
- ta’lim va ilm-fan rivojiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili ve adabiyoti universitetining fahriy professori unvoni bilan taqdirlandi. Unvon guvohnomasi universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov tomonidan topshirildi.
Elchi Mehmet Sureyya Er janoblari 2019-yil 15 yanvarda O’zbekistonga elchi etib tayinlanganidan buyon, bu qisqa ikki yillik muddatda O’zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohalariga qo’shgan katta hissasi, ikki mamlakat o’rtasida akademik hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga ko’rsatgan hizmatlari yuqori baholanib kelmoqda.
Elchi Mehmet Sureyya Erning tashabbuskorligi natijasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili ve adabiyoti universitetining Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti, Istanbul madaniyat universiteti, Marmara universiteti kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. İkki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ilk bor qo’shma magistrlik dasturi yo’lga qo’yildi. Bu esa O’zbekiston va Turkiya oliy ta’lim tizimidagi hamkorlikning yangi sahifasidir.
Shuningdek, elchi janoblarining bu qisqa muddatda o’zbek tilini mukammal o’zlashtirgani O’zbekistonga nisbatan yuksak ehtirom o’laroq baholanib, uning barcha chiqishlaridagi nutqi O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida keng ravishda yoritilib keldi.
Bundan tashqari, elchi Mehmet Sureyya Er janoblaring bu yutuqlari Turkiyada ham e’tirofga sazovor bo’ldi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining birinchi va so’ngi prezidenti Polat Usmon Xo’jayevning og’li – Michigan State University Turkiyshunoslik professori Timur Kocaog’lu va Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p elchi Mehmet Sureyya Er janoblarining ushbu yutuqlarini yuqori baholadilar va ijtimoiy tarmoqlarda uni tabrikladilar.