Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchlik

     O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchlik” qoʻshma loyihasi doirasida 31-oktabrdan 13-noyabrgacha FAOning qishloq xoʻjaligi xalqaro eksperti Melvin Medina Navarro xizmat safari bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
     Missiya doirasida issiqxona xo‘jaligini yuritish bo‘yicha xavfsiz o’simlikshunoslik, sanitariya va cheklovchi chora-tadbirlar, suv resurslarini boshqarish va o’simliklarni oziqlantirish, tuproqni samarali qayta ishlash usullarini taqdim etish, shuningdek, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kompleks kurashish mavzularida treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Treninglar O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi vakillari hamda loyihaning benefitsiar fermerlari uchun o‘tkazilmoqda.
     Shuningdek, mutaxassis missiya dasturi doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasi hududlarida benefitsiar fermerlarga tashriflar ham tashkil etdi.
     “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasi issiqxona xo‘jaligi sohasida milliy salohiyatni oshiradi. Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish iqlim, tuproq va suv resurslari boshqaruvi, hamda zararkunandalarga qarshi kurashish jarayonlarini takomillashtiradi va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
 
 

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.