35 yil — 35 muvaffaqiyat I MYUZTELECOM
Uztelecomning barcha xizmatlari — bitta ilovada
MyUztelecom millionlab abonentlar uchun Uztelecom xizmatlaridan foydalanish va ularni boshqarishning asosiy raqamli platformasiga aylandi
Dastlab ilova balansni tekshirish va xizmatlarni boshqarish imkonini beruvchi shaxsiy kabinet sifatida faoliyat boshlagan edi. Vaqt o‘tishi bilan uning imkoniyatlari izchil kengaydi. Bugun MyUztelecom mobil aloqa, uy interneti, telefo niya, to‘lovlar, transport xizmatlari, SIM-kartalar, keshbek, qo‘llab-quvvatlash hamda Uztelecom ekotizimidagi boshqa ko‘plab xizmatlarni bir joyda birlashtirgan ko‘p funksiyali raqamli plat formadir.
MyUztelecom ilovasining Google Play’dagi yuklab olishlar soni 5 milliondan oshgani ham uning foydalanuvchilar orasida keng ommalash gani va kundalik ehtiyojga aylanganini ko‘rsatadi.
Mobil aloqa — to‘liq nazoratda
MyUztelecom orqali abonent: • joriy balansini tekshirishi; • mobil internet, daqiqa va SMS qoldiqlarini kuzatishi; Ko‘rish uchun QR-kodni skanerlang • amaldagi tarifi haqida ma’lumot olishi; • tarif rejasini o‘zgartirishi; • kerakli xizmatlarni ulashi yoki foydalanma yotgan xizmatlarini o‘chirishi; • internet, daqiqa va SMS paketlarini xarid qilishi; • bir nechta mobil raqamni bitta ilova orqali boshqarishi; • tarif doirasida taqdim etilgan resurslarning sarflanishini nazorat qilishi; • yangi tariflar, xizmatlar, aksiyalar va maxsus takliflar bilan tanishishi mumkin. Natijada mobil raqam bilan bog‘liq asosiy xiz matlardan foydalanish uchun ofisga borish yoki murakkab USSD buyruqlarini eslab qolish zaru rati kamaydi. Ko‘plab amallarni abonent smart foni orqali mustaqil bajarishi mumkin.
Uy interneti ham bitta ilovada
MyUztelecomga uy internetining shaxsiy hisob raqamini ham qo‘shish va uni mobil aloqa bilan bir qatorda boshqarish mumkin. Foydalanuvchi: • shaxsiy hisob holatini ko‘rishi; • balansni nazorat qilishi; • tarifda trafik hajmi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, uning qoldig‘ini tekshirishi; • amaldagi tarif shartlari bilan tanishishi; • uy interneti uchun to‘lov qilishi; • yangi tariflar va kompaniya yangiliklari haqida ma’lumot olishi; • bitta profil orqali bir nechta shaxsiy hisobni boshqarishi mumkin. Bu imkoniyat, ayniqsa, o‘z xonadonidan tashqari ota-onasi, farzandlari yoki boshqa yaqinlarining uy interneti uchun ham to‘lov qiladigan foydala nuvchilar uchun qulay
Shahar telefoniyasi ham nazoratda
MyUztelecom mobil aloqa va uy interneti bilan cheklanmaydi. Ilovada shahar telefoniyasi xiz matlarini ham boshqarish imkoniyati mavjud. Telefon raqami ilovaga qo‘shilgach, foydala nuvchi: • balansni ko‘rishi; • amaldagi tarif bilan tanishishi; • mavjud daqiqalar hajmini nazorat qilishi; • xizmatlar uchun to‘lov qilishi; • telefoniya xizmatlarini Uztelecomning bosh qa xizmatlari bilan bir platformada boshqarishi mumkin.
Asosiy natija
MyUztelecom oddiy shaxsiy kabinetdan Uztele comning mobil aloqa, uy interneti, telefoniya, to‘lovlar, keshbek, transport xizmatlari, SIM va eSIM bilan bog‘liq imkoniyatlar, qo‘llab-quvvat lash hamda boshqa raqamli xizmatlarini yagona platformada birlashtirgan keng qamrovli eko tizimga aylandi
DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING