Özbekiston — Özbekiston hukumati va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) örtasidagi gilos qiymat zanjirini rivojlantiriş böyiça hamkorlik doirasida Samarqand, Jizzax, Toşkent, Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida amaliy dala treninglari ötkazildi. Maşğulotlarda qariyb 250 nafar gilos yetiştiruvçi, agronom va boğ xöjaligi mutaxassisi qatnaşdi.
Treninglar “Bir mamlakat — bitta ustuvor mahsulot” (OCOP) taşabbusini ilgari surişga qaratilgan global loyiha doirasida, FAO–Xitoy Janub–Janub hamkorlik dasturi orqali taşkil etildi. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan Qişloq xöjaligi va qişloq işlari vazirligi orqali moliyalaştiriladi. Loyiha kömagida va Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi bilan hamkorlikda gilos qiymat zanjirining barça bosqiçlarini — yetiştiriş va hosildan keyingi işlov berişdan tortib, qayta işlaş, marketing hamda xalqaro bozorlarga çiqişgaça bölgan jarayonlarni mustahkamlaş közda tutilgan.
Maşğulotlarning asosiy yönalişi daraxtlarga şakl beriş, ularni hosilga kirişga tayyorlaş hamda butaş va hosil teriş işlarini narvon yoki maxsus platformalarsiz, yerdan turib bajariş imkonini beradigan usullarni örgatiş böldi. Jumladan,
Kym Green Bush (KGB) tizimining mahalliy şaroitga moslaştirilgan yondaşuvi körib çiqildi. Loyiha mutaxassisi Şuhrat Abrorov Özbekistondagi qariyb 20 yillik tajribasiga tayanib, daraxt tuzilişini bosqiçma-bosqiç şakllantiriş va parvarişlaş tamoyillarini tuşuntirdi.
İştirokçilar köçat ekilganidan boshlab hosilga kirguniça va undan keyingi yillarda daraxtga şakl beriş bosqiçlarini örgandi. Asosiy tik ösuvçi şoxlarni bosqiçma-bosqiç qisqartiriş orqali ularning sonini köpaytiriş, ösishni muvozanatlaş va şox-şabba orasiga yoruğlik tuşişini ta’minlaş usullari amalda körsatildi.
Nav va payvandtagning mosligi alohida e’tibor markazida böldi. İştirokçilar Lapins, Sweetheart, Skeena, Santina, Regina va Kordia navlarining ösiş hamda hosil beriş xususiyatlarini taqqosladi. Mazzard, Colt, Mahaleb va CAB 6P kabi kuçli, şuningdek, MaxMa 14, Krymsk 5 va MaxMa 60 kabi yarim kuçli ösuvçi payvandtaglarning KGB tizimiga mosligi körib çiqildi. Maşğulotlarda tizimni nav va payvandtag xususiyatlarini hisobga olmasdan qöllaş issiqlik stressi, ösişning susayişi yoki hosildorlikning pasayişi xavfini keltirib çiqarişi mumkinligi ta’kidlandi.
“Boğni past böyli şaklda boşqariş faqat daraxt balandligini qisqartiriş degani emas. Asosiy şoxlar soni, navning hosil beriş xususiyati va payvandtagning ösiş kuçi özaro mos bölişi kerak. Şu sababli maşğulotlarda kesiş böyiça har bir qarorni daraxtning holati bilan boğlab tuşuntirdik”, — dedi loyiha mutaxassisi
Şuhrat Abrorov.
Dastur Özbekistonning issiq yozi va qişki sovuqlarini hisobga olgan parvariş masalalarini ham qamrab oldi. Yoş boğning dastlabki uç yilida, ayniqsa butaşdan keyingi qayta ösiş davrida, suğoriş va oziqlantirişni izçil boşqariş zarurligi tuşuntirildi. Harorat
40 °C dan oşadigan şaroitda daraxt tanasini quyoş kuyişidan himoya qiliş çoralari körib çiqildi.
Butaş muddatlariga bağişlangan maşğulotlarda yozgi şakllantiriş işlarini iyun oyining örtalarigaça yakunlaşning ahamiyati muhokama qilindi. Keç paydo bölgan novdalar qişgaça yetarliça yoğoçlanmasligi va sovuqdan zararlanişi mumkinligi tuşuntirildi. Şuningdek, dekabr–yanvar oylarida hamda nam ob-havo şaroitida kesiş bilan boğliq bakterial rak va yelim oqişi xavflari körib çiqildi.
Dala namoyişlarida iştirokçilar asosiy şoxlar sonining yetarli emasligi natijasidagi ortiqça vegetativ ösiş, ösişi sust daraxtlarni yozda kesiş va şox-şabba içining haddan taşqari soyalan i şi kabi xatolarni tahlil qildi. Maşğulotlar yakunida ularga öz boğlarini baholaş uçun tekşiruv röyxatlari hamda mahalliy şaroitga mos butaş rejalarini işlab çiqiş böyiça amaliy topşiriqlar berildi.
“Olti viloyatdagi maşğulotlarda e’tiborimiz aniq boşqaruv qarorlariga — nav va payvandtag mosligidan tortib, kesiş muddati va şoxlar sonigaça bölgan masalalarga qaratildi. Maqsad yetiştiruvçilar va mahalliy mutaxassislarning öz boğlarini baholaş hamda parvariş işlarini asoslangan holda rejalaştiriş imkoniyatini kuçaytiriş va bu orqali raqobatbardoş mahsulot yetiştirişga erişişdir”, — deya ta’kidladi loyiha milliy muvofiqlaştiruvçisi
Muhammadjon Qosimov.
Özbekiston mazkur global loyiha doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasini ifodalovçi OCOP namoyiş mamlakatlaridan biri bölib, gilosni ustuvor mahsulot sifatida tanlagan. Viloyatlardagi dala treninglari 2026-yil may oyida Namanganda ötkazilgan OCOP mintaqaviy seminari hamda undan keyin vodiy viloyatlarida ötkazilgan texnik seminarlardagi bilim almaşinuvi va hamkorlikni davom ettiradi.
Amaliy treninglar yakunida iştirokçilar daraxtlarni şakllantiriş, mavsumiy butaş va boğlarda uçraydigan xatolarni aniqlaş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamladi. Meva sifati, hosildorlik va hosil teriş xarajatlaridagi özgarişlarni baholaş esa örgatilgan usullarni keyingi mavsumlarda qöllaş hamda natijalarni kuzatişni talab etadi.