- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/uz -

Kalibrlash va qiyoslash sohasida yangi bosqich

 
Andijon filiali
 
     Metrologiya sohasida innovatsion yondashuv va amaliy natijalar
 
     Bugungi kunda metrologiya soha­sida normativ-huquqiy bazaning izchil takomillashtirilishi va xal­qaro standartlar bilan uyg‘unlashti­rilishi natijasida kalibrlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.
     Shu maqsadda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Andijon filialida ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti asosida joriy etilgan sifat menejmenti tizimi doirasida laboratoriyalar tomonidan mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
 
     Akkreditatsiya va standartlash­tirish sohasidagi ishlar
 
     2020-yil aprel oyida O‘zDSt 3444:2020 davlat standarti joriy etildi. Ushbu standart asosida 2026-yilda qiyoslash la­boratoriyasi qayta akkredi­tatsiyadan o‘tkazilib, 2026-yil 9-aprel kuni akkre­ditatsiya to‘g‘ri­sidagi guvoh­noma olindi.
     Hozirgi kunda qiyoslash laborato­riyasi 8 ta o‘lchash turi – geo­metriya, massa, elektr, harorat, hajm, bosim, sarf va fizik-kimyoviy yo‘nalishlar bo‘yicha 87 turdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash hamda 30 turdagi sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazib kelmoqda.
     Shuningdek, 2021-yil dekabr oyida O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 davlat standarti joriy etildi. Natijada 6 ta o‘lchash turi – geometriya, massa, elektr, harorat, hajm va bosim yo‘nalishlarida 19 turdagi o‘lchash vosi­talarini kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
 
     Amaliy natijalar va yangi yo‘nalishlar
 
     2024-yil davomida kalibrlash laboratoriyasida harorat yo‘nalishi bo‘yicha 4 turdagi o‘lchash vositalari, jumladan:
     ● quritish shkafi;
     ● termostat;
     ● shishali suyuqlik termometrlari;
     ● raqamli termometrlar;
     kalibrlash ishlari joriy etildi.
     Shu bilan birga, qiyoslash laboratoriyasida geomet­riya va harorat yo‘nalishlarida 2 ta sinov uskunasi met­rologik attestatsiyadan o‘tkazildi hamda 1 ta o‘lchash vositasi qiyos­landi.
     2025-yilda esa kalibrlash laboratoriyasida hajm va bosim yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta o‘lchash vositasi – 7 turdagi shisha idishlar va manometrlarni kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
     Qiyoslash laboratoriyasida esa geometriya va bosim yo‘nalishlarida 5 ta sinov uskunasi metrologik attes­tatsiyadan o‘tkazildi va 1 ta o‘lchash vositasi qiyoslandi.
 
     Moddiy-texnik baza va rivojlanish
 
     Laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini moder­nizatsiya qi­lish maqsadida 2020–2025-yillar davomida geometriya, harorat, bosim, fizik-kimyoviy, sarf va massa yo‘nalishlari bo‘yicha 40 dan ortiq zamonaviy o‘lchash vositalari xarid qilindi.
     2026-yilda esa geometriya va harorat yo‘nalishlari uchun yana 3 turdagi yangi o‘lchash vositalarini xarid qilish ishlari yakunlanish arafasida.
 
     Faoliyat ko‘rsatkichlari
 
     Bugungi kunga qadar:
     ● kalibrlash laboratoriyasida – 828 ta;
     ● qiyoslash laboratoriyasida – 195 710 ta;
     o‘lchash vositalari qiyoslandi hamda sinov uskunalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazildi.
     Bu ko‘rsatkichlar laboratoriya faoliyatining keng qamrovli va tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.
 
     Strategik ahamiyat va istiqbol
 
     Metrologiya sohasida qabul qi­linayotgan Prezident farmonlari va qarorlarining asosiy maqsadi:
     ● eksport salohiyatini oshirish;
     ● milliy mahsulotlarning xal­qaro bozorlarda raqo­batbardosh­ligini ta‛minlash;
     ● ichki bozorni himoya qilish;
     ● eksport geografiyasini kengaytirish
dan iborat.
     Shu bilan birga, sinov va o‘lchash natijalarining xal­qaro miqyosda tan olinishini ta‛minlash maqsadida xal­qaro hamkorlikni yanada rivojlantirish ustuvor vazi­falardan biri sifatida belgilangan.