- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/uz -

Metrologiya tizimida hududiy filiallarning ilmiy-texnik salohiyati

 
     O‘zbekiston milliy met­rologiya instituti respub­lika bo‘ylab 16 ta hududiy filial tarmog‘iga ega bo‘­lib, ular sanoat, energetika, neft-gaz, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va tashqi savdo sohalarida o‘lchashlar yagona birligini ta‛minlashda muhim o‘rin tutadi.
     “Hududdiy filiallar faoliyatini mu­vofiqlashtirish va rivojlantirish” bo‘li­mining hududiy filiallar rivojlanishi­ning asosiy drayverlariga quyidagilar kiradi:
     1. Milliy etalonlar bazasini ken­gaytirish;
     2. Laboratoriya uskunalarini yan­gilash;
     3. Muhandis-metrologlar malaka­sini oshirish;
     4. Infratuzilmaviy modernizatsiya;
     5. Laboratoriya akkreditatsiya doirasini kengaytirish;
     6. Raqamlashtirish va kadrlar salohiyati hisoblanadi.
     So‘nggi yillarda milliy etalonlar sonining o‘sishi, laboratoriyalar mo­dernizatsiyasi va xalqaro hamkor­likning kuchayishi hududiy filiallar rivojiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘r­satmoqda. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari (OTM) bilan qo‘shma loyihalar ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida filial mutaxassislari tomonidan bir qancha elektr, bosim, geometriya, hajm va uskuna foydali modellar yaratildi va tijorat ishlari yo‘lga qo‘yildi.
     Asosiy maqsad — filiallar faoliyatini tizimli tashkil etish, samaradorligini oshirish hamda yuqori natijalarga erishish.
 
 
 
 
Timur YUSUPOV, Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi bo‘shlig‘i