- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/uz -

Rivojlаnish drаyveri: zаmonаviy metrologiya

 
Qashqadaryo filiali
 
     So‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy metrologiya institu­tining Qashqadaryo filiali hududda o‘lchashlar birli­gini taʼminlash, xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy metro­logik infratuzilmani shakllantirish borasida izchil rivojlanib borayotgan ilgʼor tuzilmalardan biriga aylandi. Filial faoliyatining bosqichma-bos­qich takomillashuvi, xalqaro talab­larga moslashuvi va amaliyotga yo‘nal­tirilgan natijalari uning samara­dorligini yaqqol namoyon etmoqda.
     Аvvalo, filial tomonidan akkredi­tatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar alohida e‛ti­borga loyiq. 2020-yildan boshlab ha­rorat o‘lchovlarini qiyoslash imko­niyatlari sezilarli darajada kengay­tirildi. Keyingi bosqichlarda esa fizik-kimyoviy, massa, geometrik va elektr o‘lchovlari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar joriy etildi. Xususan, harorat o‘lchash ko‘lami 300 °C gacha yetkazildi, bo­simni kalibrovka qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, hajm o‘l­chash vositalarini (shisha idishlar) kalibrovka qilish imkoniyatlari yara­tildi. Ushbu jarayonlar xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablari asosida shakllantirilgan sifat menejmenti ti­zimi doirasida amalga oshirildi.
     Metrologiya xizmatlari sifatini ta‛minlashda moddiy-texnik bazani mustahkamlash muhim omil hisob­lanadi. Shu maqsadda filialda zamo­naviy yuqori aniqlikdagi uskunalar bosqichma-bosqich yangilanib kelin­moqda. Jumladan, harorat oʼlchovlari uchun termostatlar, geometrik o‘l­chovlar uchun shtangentsirkullar va uch nuqtali nutromerlar, fizik-kimyo­viy tahlillar uchun gaz aralashmalari xarid qilindi. 2025-yilda esa hajm o‘lchovlarini kalibrovka qilish uchun namunaviy tarozilar joriy etildi. Ush­bu modernizatsiya ishlari o‘lchov natijalarining aniqligi va ishonch­liligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qildi.
     Filial tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi ham kengayib bormoq­da. Bugungi kunda manometr­larni 70 bar gacha kalibrovka qilish, gaz analizatorlarini qiyoslash, harorat (250 °C gacha), massa va hajm o‘l­chov vositalarini tekshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa hududdagi sanoat korxonalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat ko‘rsatish so­halari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
     Raqamlashtirish yo‘nalishida ham filial faoliyati yangi bosqichga ko‘ta­rildi. Xususan, verifikatsiya jarayon­larini boshqarish tizimi ishlab chiqilib, unda shartnomalar reestrini yuritish, verifikatorlar faoliyatini monitoring qilish va avtomatlashtirilgan proto­kollarni shakllantirish imkoniyatlari yaratildi. Mijozlar bazasi, o‘lchov noaniqligini hisoblash tizimlari ham­da “TRISS” milliy axborot tizimi orqali metrologik xizmatlar ko‘rsatish joriy etildi. Bu esa xizmatlar shaffofligi va samaradorligini oshirish bilan birga boshqaruv qarorlarini qabul qilishda aniq maʼlumotlarga tayanish imko­nini bermoqda.
     Bundan tashqari binoda kapital ta‛mirlash ishlari amalga oshirilib, yangi sinov uskunalari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihoz­landi. Vaqt va chastota yoʼnalishida yangi xizmat – mexanik sekundo­merlarni qiyoslash joriy etildi. Shu bilan birga kalibrovka laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilib, bosim yoʼnalishida yangi imkoniyatlar yara­tildi. Qiyoslash laboratoriyasi esa akkreditatsiya markazi tomonidan muvaffaqiyatli baholanib, massa o‘l­chash ko‘lami 3000 kg gacha ken­gaytirildi.
     O‘lchashlar aniqligi va ishonch­liligini taʼminlash hamda sanoat tar­moqlarini sifatli metrologiya xizmat­lari bilan qo‘llab-quvvatlashda mu­him o‘rin egallaydi.