– Yaqin istiqbolda Soliq qo‘mitasi faoliyatida qaysi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e‛tibor qaratiladi va soliq ma‛muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qanday yangi tashabbuslar rejalashtirilgan?
– Istiqbolda Soliq qo‘mitasi faoliyatining asosiy maqsadi – zamonaviy, raqamli, inson omili minimal darajaga tushirilgan va soliq to‘lovchilar uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan soliq ma‛muriyatchiligi tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun bir nechta strategik yo‘nalishlarda ishlar izchil davom ettiriladi.
Avvalo, soliq organlarining xizmat ko‘rsatish modeli yanada takomillashtiriladi. Biz soliq organlarini nazorat qiluvchi idoradan ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi va maslahat beruvchi institut sifatida rivojlantirishni davom ettiramiz. Shu maqsadda «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili yanada chuqurlashtirilib, soliq to‘lovchilar bilan muloqotning yangi mexanizmlari joriy qilinadi. Soliq organlari faoliyatini baholashda mijozlar qoniqishi, xizmatlar sifati va tadbirkorlar bilan hamkorlik darajasi ustuvor mezonlardan biri bo‘lib qoladi.
Ikkinchi muhim yo‘nalish – raqamlashtirish va sun‛iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish hisoblanadi. Bugungi kunda boshlangan ishlar kelgusi yillarda yanada yuqori bosqichga olib chiqiladi. Xususan, soliq xavflarini aniqlash va baholashda sun‛iy intellekt elementlaridan foydalanish, elektron hisobvaraq-fakturalardagi anomal holatlarni avtomatik aniqlash, soliq hisobotlarini intellektual tahlil qilish va soliq to‘lovchilarga avtomatik tavsiyalar berish tizimlari to‘liq joriy etiladi.
Shuningdek, «AI SOLIQ» platformasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib, tadbirkorlar, buxgalterlar va jismoniy shaxslar uchun yagona intellektual raqamli xizmatlar ekotizimiga aylantiriladi. Kelgusida mazkur platforma orqali soliq to‘lovchilar o‘z faoliyatini mustaqil tahlil qilish, xavflarni oldindan baholash, mavjud imtiyozlar haqida ma‛lumot olish va soliq hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yana bir ustuvor vazifa – proaktiv davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirishdir. Biz soliq to‘lovchilar ma‛lumot taqdim etishi yoki murojaat qilishi kerak bo‘lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich qisqartirishni rejalashtirganmiz. Idoralararo axborot almashinuvini yanada rivojlantirish orqali ko‘plab xizmatlar avtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqt sarfi hamda ortiqcha hujjatbozlik sezilarli darajada kamayadi.
Kelgusi yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalasi ham e‛tibor markazida bo‘ladi. Bu borada Big Data texnologiyalari, intellektual tahlil tizimlari va xavflarni baholashning zamonaviy mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad jazolash emas, balki iqtisodiy faoliyatni legallashtirish, halol raqobat muhitini shakllantirish va barcha subyektlar uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Soliq ma‛muriyatchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlari ham davom ettiriladi. Jahon bankining «Business Ready» xalqaro reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha 2030-yilga qadar eng yuqori – birinchi darajaga chiqish vazifasi belgilangan. Bu maqsadga erishish uchun soliq tizimini soddalashtirish, raqamlashtirish, shaffoflikni ta‛minlash va biznes uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Kadrlar salohiyatini mustahkamlash ham kelgusi rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. PQ–227-son qaror asosida tashkil etilgan Soliq oliy maktabi, Soliqqa oid tadqiqotlar markazi va malaka oshirish tizimi orqali soha uchun yangi avlod mutaxassislari tayyorlanadi. Raqamli texnologiyalar, xalqaro soliqqa tortish, moliyaviy tahlil va sun‛iy intellekt sohalarida yuqori malakali kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yanada kengaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qaror qabul qilish jarayonlariga keng jalb qilish amaliyoti davom ettiriladi. Soliq qonunchiligini takomillashtirishda biznes hamjamiyatining fikrlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.
Biz uchun asosiy mezon – soliq to‘lovchilarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasidir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini erkin va qonuniy yuritishi, fuqaro esa soliq xizmatlaridan tez, qulay va shaffof tarzda foydalanishi mumkin bo‘lsa, demak, islohotlar o‘z maqsadiga erishgan bo‘ladi.
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIDA SOLIQ TIZIMI: RAQAMLASHTIRISH, SUN‛IY INTЕLLЕKT VA «SOLIQCHI – KO‘MAKCHI» TAMOYILI
Posted By admin On In slide,Интервью | Comments Disabled
Mustaqillikning 35 yilligi mamlakatimiz hayotida nafaqat tarixiy sana, balki amalga oshirilgan islohotlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni baholash va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olish uchun muhim imkoniyatdir. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti bilan bir qatorda soliq tizimi ham tubdan o‘zgardi. Bugun soliq xizmati nafaqat davlat budjeti daromadlarini ta‛minlovchi institut, balki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi, investitsiyalarni jalb qiluvchi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi va zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan muhim davlat tuzilmasiga aylanmoqda.
So‘nggi yillarda soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun‛iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishning yangi standartlari hamda kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Farrux PULATOV bilan mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish, sun‛iy intellekt texnologiyalari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida suhbatlashdik.
– Farrux Jahongirovich, mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘tgan davrga nazar tashlar ekanmiz, soliq tizimida amalga oshirilgan qaysi islohotlarni mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti uchun eng muhim natijalardan biri deb baholaysiz?
– So‘nggi yillarda mamlakatimiz soliq tizimi ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Agar dastlabki bosqichlarda soliq organlarining asosiy vazifasi davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta‛minlashdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda soliq tizimi iqtisodiy rivojlanishning muhim drayverlaridan biriga aylandi.
Ilgari soliq organlari faoliyatida asosiy urg‘u nazorat va tekshiruvlarga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda tadbirkor va davlat o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Soliq xizmati «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili asosida ishlaydigan, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ularning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tizimga aylanmoqda.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, soliq stavkalarining maqbullashtirilishi, elektron xizmatlarning keng joriy etilishi, raqamli nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi iqtisodiyotda shaffoflikni ta‛minlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq bazasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugungi kunda tadbirkor o‘z soliq majburiyatlarini uyidan chiqmagan holda bajarishi mumkin. Elektron hisobotlar, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikasi, mobil xizmatlar va proaktiv servislar soliq ma‛muriyatchiligini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.
Shu bilan birga, soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, bugun soliq tizimi iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiluvchi omil emas, aksincha iqtisodiy faollikni rag‘batlantiruvchi muhim institut sifatida shakllanmoqda. Ayniqsa, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Davlat va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlarning katta qismi elektron shaklga o‘tkazildi. Bu inson omilini qisqartirish, korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi.
Mustaqillik yillarida soliq tizimida amalga oshirilgan eng katta islohotlardan yana biri – soliq ma‛muriyatchiligini xavflarni boshqarish asosida tashkil etishdir. Bu tizim halol ishlayotgan tadbirkorlarni ortiqcha tekshiruvlardan himoya qilish, davlat nazoratini esa aniq xatarlar mavjud bo‘lgan holatlarga yo‘naltirish imkonini bermoqda.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, mustaqillik yillarida soliq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning eng muhim natijasi – davlat, biznes va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli hamkorlik muhitining shakllanishi bo‘ldi, deb hisoblayman. Ana shu ishonch kelgusi iqtisodiy taraqqiyot uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-son Farmoni soliq organlari faoliyatini institutsional takomillashtirish va zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi modelini joriy etishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu hujjat doirasida qanday ustuvor o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda va ularning tadbirkorlar hamda fuqarolar uchun asosiy afzalliklari nimalardan iborat?
– Mazkur Farmon mamlakatimiz soliq tizimi taraqqiyotida mutlaqo yangi bosqichni boshlab bergan strategik hujjat hisoblanadi. Ushbu Farmonning ahamiyatini baholar ekanmiz, avvalo uning asosiy g‘oyasi – soliq tizimini «jazolovchi idora» modeli emas, balki «ko‘makchi va hamkor davlat instituti» modeliga o‘tkazishdan iborat ekanini alohida ta‛kidlash lozim.
Soliq sohasida amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar markazida inson, tadbirkor va soliq to‘lovchi manfaatlari turibdi. Farmonning bosh strategik maqsadi 2030-yilga qadar Jahon bankining «Business Ready» xalqaro reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori – birinchi darajaga chiqish hamda soliq organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini yanada mustahkamlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun soliq ma‛muriyatchiligi, raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish standartlari, xavflarni boshqarish va kadrlar siyosati bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Farmon bilan joriy etilgan eng muhim yangiliklardan biri tadbirkorlarni ortiqcha hujjatbozlikdan xalos etishga qaratilgan choralar bo‘ldi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab «Avtokameral» dasturida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslovchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilindi. Bu yangilik ko‘plab tadbirkorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Chunki amalda mazkur jarayon ko‘p vaqt va resurs talab qilar, tadbirkorlar esa ko‘p hollarda asosiy faoliyati o‘rniga hujjat tayyorlash bilan band bo‘lib qolardi. Endilikda tekshiruvdan oldingi tahlil mexanizmi saqlanib qolmoqda, ammo uning mazmuni mutlaqo o‘zgarmoqda. U nazorat va jazolash vositasi emas, balki xavflar haqida oldindan ogohlantiruvchi servis mexanizmiga aylantirildi.
Farmon bilan joriy etilgan yana bir muhim mexanizm – soliq xavfi o‘rta darajada bo‘lgan tadbirkorlarga nisbatan profilaktik yondashuvni qo‘llash hisoblanadi. Bunda soliq organlari tomonidan aniqlangan xavflar haqida tadbirkorga xabarnoma yuboriladi. Agar soliq to‘lovchi aniqlangan kamchiliklarni bir oy ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, unga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Mazkur mexanizmning ahamiyati shundaki, davlat tadbirkorga birinchi navbatda ishonch bildirmoqda va uni jazolash emas, xatosini to‘g‘rilashga undamoqda.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash ham Farmonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki olti oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati «Soliq-servis» aksiyadorlik jamiyati tomonidan mutlaqo bepul amalga oshirilishi belgilandi. Bu yangi biznes uchun dastlabki bosqichdagi xarajatlarni kamaytirish, buxgalteriya yukini yengillashtirish va faoliyatni qonuniy yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Ko‘p yillar davomida davlat organlari samaradorligi asosan statistik ko‘rsatkichlar bilan baholanib kelindi. PF–95-sonli Farmon esa bu sohada ham mutlaqo yangi yondashuvni joriy qildi. 2026-yil 1-avgustdan boshlab soliq organlarining «Mijozga yo‘naltirilganlik indeksi» joriy etildi.
Mazkur indeks orqali soliq to‘lovchilar:
● soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligini;
● ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini;
● soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflangan vaqtni;
● soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Farmonning yana bir muhim jihati – davlat xizmatlarini proaktiv shaklda ko‘rsatish tizimini joriy etishdir. 2027-yil 1-yanvardan boshlab qator soliq xizmatlari avtomatik shaklda amalga oshiriladi. Jumladan:
● yakuniy iste‛molchilarga realizatsiya qilinadigan neft va gaz mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i hisobotlari;
● noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa‛ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari;
● qishloq xo‘jaligi yerlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari proaktiv tartibda shakllantiriladi.
2027-yildan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq vakolatli organlarning ma‛lumotlari asosida avtomatik hisoblab chiqiladi. Eng muhimi, soliq to‘lovchilarning ushbu hisobotlarni alohida taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
Farmonning aholi uchun eng muhim yangiliklaridan biri ipoteka kreditlari bo‘yicha soliq imtiyozlarining proaktiv tartibda qo‘llanilishi hisoblanadi. Bunda jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlari idoralararo axborot tizimlari ma‛lumotlari asosida avtomatik tarzda qo‘llanadi. Fuqarolardan qo‘shimcha hujjat yig‘ish yoki turli idoralarga murojaat qilish talab etilmaydi. Imtiyoz natijasida yuzaga kelgan ortiqcha mablag‘ esa jismoniy shaxs murojaatiga asosan 10 ish kuni ichida qaytarib beriladi.
Eng muhimi, mazkur hujjat soliq organlari faoliyatida «tekshiruvdan – servisga» tamoyilini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat hamda biznes o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
– Bugun raqamli texnologiyalar soliq ma‛muriyatchiligining ajralmas qismiga aylandi. Soliq qo‘mitasi tomonidan sun‛iy intellekt, katta ma‛lumotlar (Big Data), xavflarni tahlil qilish tizimlari va boshqa raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu yaqin yillarda soliq xizmati faoliyatini qanday o‘zgartirishi kutilmoqda?
– Agar bir necha yil avval soliq organlari faoliyatida asosiy urg‘u hisobotlarni qabul qilish va nazorat qilishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, katta ma‛lumotlar tahlili va sun‛iy intellekt asosida ishlaydigan zamonaviy boshqaruv modeli shakllantirilmoqda. So‘nggi ikki yil davomida soliq tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2025–2026-yillarda 6 ta yangi dasturiy mahsulot hamda 11 ta quyi axborot tizimi ishlab chiqildi. Shu bilan birga, 30 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar takomillashtirildi. Natijada bugungi kunda «Soliq» axborot tizimlari kompleksi tarkibida 70 dan ortiq dasturlar uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Bu dasturlar soliq hisobini yuritishdan tortib xavflarni tahlil qilish, elektron xizmatlar ko‘rsatish, soliq to‘lovchilar bilan muloqot qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan.
Ayni vaqtda «Xufiyona iqtisodiyot», «Bozorlar monitoringi» kabi yangi raqamli platformalar ishlab chiqilib, amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi iqtisodiyotdagi yashirin aylanmalarni aniqlash, tahlil qilish va legal iqtisodiyot ulushini oshirishdan iborat.
Raqamlashtirish jarayonlarining asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda my3.soliq.uz portali orqali soliq to‘lovchilarga 90 dan ortiq interaktiv xizmat va elektron servislar ko‘rsatilmoqda. Mazkur xizmatlar soliq hisobotlarini topshirish, qarzdorliklarni ko‘rish, ma‛lumotnomalar olish, imtiyozlardan foydalanish va boshqa ko‘plab xizmatlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Bugungi kunda raqamli xizmatlar ichida eng ommabop platformalardan biri bu – «Soliq» mobil ilovasidir. 2025–2026-yillarda ushbu mobil ilovada 11 ta yangi xizmat joriy qilinib, umumiy xizmatlar soni 42 taga yetkazildi. Foydalanuvchilar uchun yanada xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish maqsadida Face ID texnologiyasi takomillashtirildi. Natijada mobil ilovadagi xizmatlardan shaxsiy kabinet orqali faqat uning haqiqiy egasi foydalanishi ta‛minlandi. Ayni paytda «Soliq» mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 17,8 million nafardan oshdi. Mobil ilova so‘nggi besh yil davomida uch marta mamlakatdagi eng yaxshi brendlardan biri sifatida e‛tirof etilgani ham uning aholi va tadbirkorlar orasida yuqori ishonch qozonganidan dalolat beradi.
Raqamli transformatsiyaning muhim shartlaridan biri davlat organlari o‘rtasida samarali axborot almashinuvini ta‛minlash hisoblanadi. So‘nggi bir yarim yil ichida 30 ta vazirlik va idora bilan 98 ta yangi yo‘nalish bo‘yicha elektron ma‛lumot almashish yo‘lga qo‘yildi. Natijada bugungi kunda soliq organlari bilan elektron axborot almashinuvini amalga oshirayotgan vazirlik va tashkilotlar soni 74 taga, integratsiya qilingan yo‘nalishlar soni esa 430 taga yetdi.
Soliq organlari tomonidan iqtisodiyotning 14 ta yirik tarmog‘i bo‘yicha Big Data texnologiyalari asosida tahlillar amalga oshirilmoqda. Ushbu tahlillar orqali:
● ishchilar sonini kamaytirib ko‘rsatish;
● ish haqini «konvert» usulida to‘lash;
● daromadlarni yashirish;
● soliq bazasini sun‛iy ravishda qisqartirish kabi holatlar aniqlanmoqda.
Sun‛iy intellekt texnologiyalari Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karerlarda ham amaliyotga joriy etildi. Karerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olish jarayonlari sun‛iy intellekt asosida monitoring qilinmoqda. Natijada 1121 nafar jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Shuningdek, 2214 ta subyekt tomonidan soliq hisobotlarida 12,7 mlrd. so‘mlik soliqlar ko‘rsatilmaganligi ma‛lum bo‘ldi. Bu raqamlar raqamli texnologiyalar davlat nazorati samaradorligini qanchalik oshirayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
Amalga oshirilgan raqamlashtirish choralari o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Jumladan:
● 2026-yil birinchi yarim yilligida soliq tushumlari 149,4 trillion so‘mni tashkil qildi;
● bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 145,7 foizga o‘sdi;
● barcha funksional tuzilmalar faoliyatiga KPI tizimi joriy etildi;
● soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlar faoliyatini baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi;
● QQS, AOS, yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i, JSHDS hamda ijtimoiy soliq hisobotlarini proaktiv shakllantirish tizimi joriy qilindi.
EHF xavf darajasini baholash tizimi orqali esa xavfi yuqori bo‘lgan 195 mingta elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha 660 mlrd. so‘mlik QQS summalari undirilishi ta‛minlandi.
– Soliq qo‘mitasi tomonidan ishga tushirilgan yangi avlod raqamli platformasi – «AI SOLIQ» qanday imkoniyatlarga ega va u soliq to‘lovchilar uchun qanday qulayliklar yaratadi?
– «AI SOLIQ» mamlakatimiz soliq tizimini intellektual boshqaruv modellariga o‘tkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Mazkur platforma soliq to‘lovchilarga oddiy axborot xizmati ko‘rsatish bilan cheklanib qolmaydi. U sun‛iy intellekt texnologiyalari asosida ma‛lumotlarni tahlil qiladi, muammolarni aniqlaydi, xavflarni baholaydi va foydalanuvchiga amaliy tavsiyalar beradi.
«AI SOLIQ» platformasining asosiy afzalligi shundaki, u har bir tadbirkor yoki buxgalter uchun shaxsiy raqamli maslahatchi vazifasini bajaradi. Foydalanuvchi tizimga kirgach, o‘z korxonasi faoliyati bilan bog‘liq ma‛lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilishi mumkin. Eng muhimi, tizim faqat ma‛lumot berib qolmaydi, balki aniqlangan muammolarni qanday bartaraf etish bo‘yicha ham tavsiyalar taqdim etadi.
Platforma tarkibidagi eng muhim xizmatlardan biri – «AI Korxona» hisoblanadi. Mazkur servis korxonaning soliq holatini kompleks tarzda tahlil qiladi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini tushuntirib beradi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar taqdim etadi. Boshqacha aytganda, bu xizmat tadbirkor uchun 24 soat ishlaydigan raqamli auditor vazifasini bajaradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlaridan yetarlicha xabardor emas yoki ularni qo‘llash mexanizmlarini bilmaydi. «AI Imtiyoz» xizmati aynan shu muammoni hal qilishga qaratilgan. Mazkur servis tadbirkor faoliyatini tahlil qilib:
● unga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan soliq imtiyozlarini aniqlaydi;
● imtiyozlarni qo‘llash shartlarini tushuntiradi;
● zarur hujjatlar haqida ma‛lumot beradi;
● rad etilgan arizalarning sabablarini izohlaydi.
Bu esa tadbirkorlarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan yanada samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Soliq sohasidagi eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri hisobotlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yiladigan texnik va metodologik xatolar hisoblanadi. «AI Hisobot» xizmati ushbu masalani hal qilishga qaratilgan. Bu esa tadbirkorlarga jarimalar va ortiqcha tushuntirishlardan qochish imkonini beradi.
«AI SOLIQ» platformasining yana bir muhim jihati shundaki, u inson bilan oddiy muloqot shaklida ishlaydi. Foydalanuvchi maxsus terminlardan foydalanishi shart emas. U o‘z savolini oddiy tilda yozishi mumkin.
Hozirgi vaqtda platforma doirasida yangi xizmatlar ustida ham ishlar olib borilmoqda. Jumladan, «AI Murojaatlar», «AI Yordamchi» kabi intellektual modullarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu xizmatlar ishga tushirilgach, soliq to‘lovchilarning murojaatlarini avtomatik tahlil qilish, ularga tezkor javob berish va shaxsiy maslahatlar taqdim etish imkoniyati yanada kengayadi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni kichik biznes uchun yanada qulay iqtisodiy va ma‛muriy muhit yaratishga qaratilgan. Mazkur qaror soliq sohasida qanday yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda va kichik biznes subyektlari uchun ma‛muriy yukni kamaytirish borasida qanday mexanizmlar ishga tushirildi?
– Ma‛lumki, kichik biznes iqtisodiyotimiz taraqqiyotining asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Prezidentimizning 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma‛muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF–100-son Farmoni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va uning o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan muhim hujjat sifatida qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan ko‘p yillar davomida tadbirkorlarni qiynab kelgan bir qator ma‛muriy to‘siqlar bartaraf etildi, soliq yuki va hisobot yuritish jarayonlari soddalashtirildi hamda biznesning erkin rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
Eng muhim yangiliklardan biri – umumiy soliq rejimiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdorning oshirilganidir. Ma‛lumki, 2019-yildan buyon mazkur chegara 1 mlrd. so‘m miqdorida saqlanib kelayotgan edi. Bu esa ayrim tadbirkorlarni korxona aylanmasini sun‛iy ravishda cheklashga, biznesni bir nechta subyektlarga bo‘lib yuborishga yoki ayrim holatlarda tushumlarni yashirishga undayotgan edi. Farmonga muvofiq, 2026-yil 1 iyundan boshlab mazkur chegara 1 mlrd. so‘mdan 5 mlrd. so‘mgacha oshirildi va kelgusida inflyatsiya hamda narxlar o‘zgarishini hisobga olgan holda BHMga bog‘landi. Bu o‘z navbatida tadbirkorlarning o‘sishdan qo‘rqmasdan faoliyatini kengaytirishiga xizmat qiladi.
Farmon bilan tadbirkorlar tomonidan uzoq yillar davomida ko‘tarib kelingan yana bir muhim masala ham hal etildi. Ya‛ni tovar import qilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni bir martalik import operatsiyasi uchun majburiy tartibda QQS to‘lovchisiga aylantirish amaliyoti bekor qilinmoqda. Bu esa tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes vakillari uchun qo‘shimcha yengillik va qulaylik yaratadi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ham mutlaqo yangi soliq rejimi joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1 iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ushbu sohalardagi tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash huquqi berildi. Unga ko‘ra, amaldagi 12 foizlik stavka o‘rniga 6 foizlik soddalashtirilgan QQS rejimi joriy etiladi va bunda foyda solig‘ini to‘lash hamda tegishli hisobotlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi. Bu biznes uchun hisob-kitoblarni soddalashtirish, vaqt va resurslarni tejash imkonini beradi.
Albatta, mazkur rejimning o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Soddalashtirilgan QQS rejimiga o‘tgan tadbirkorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi. Shuningdek, QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar va amaldagi keshbek mexanizmlari qo‘llanilmaydi. Shu bois har bir tadbirkor o‘z biznes modeli va iqtisodiy hisob-kitoblaridan kelib chiqib mazkur rejimni tanlaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma‛muriyatchiligini soddalashtirish ham PF–100-son Farmonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Endi QQS to‘lovchisi guvohnomasi faqat hisob yuritish maqsadida beriladi va uni o‘z vaqtida olmaganlik uchun jazo choralari qo‘llanilmaydi. Shu bilan birga, guvohnomani vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti ham bekor qilinmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma‛muriy bosimlarni kamaytiradi.
Yana bir muhim yangilik – QQS bo‘yicha salbiy farq summalarini qaytarish tizimining soddalashtirilishidir. Xususan, QQS to‘lovchilarning 10 mln. so‘mgacha bo‘lgan salbiy farq summalari ularning murojaatisiz, avtomatik tartibda va tekshiruv o‘tkazmasdan qaytarib beriladi. 2027-yildan boshlab esa soliq xavfi past bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun QQSni qaytarish jarayoni to‘liq avtomatik shaklga o‘tkaziladi. Bu tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini tezroq tiklash va moliyaviy barqarorligini ta‛minlashga xizmat qiladi.
Farmon doirasida umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim choralar belgilangan. Endi ushbu sohadagi korxonalar uchun QQSning bir qismini qaytarib berish mexanizmi yanada soddalashtirildi. Ya‛ni tushumning naqd yoki naqd pulsiz shaklda bo‘lishidan qat‛i nazar, to‘langan QQSning 40 foizi miqdorida keshbek qaytariladi. Bu restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
– Prezidentimizning 2026-yil 16-iyundagi PQ–227-son qaroriga muvofiq soliq sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu tizimning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat va u kelgusida mamlakatimiz soliq xizmati salohiyatini qanday mustahkamlaydi?
– Soliq tizimining samaradorligi avvalo uning kadrlar salohiyati bilan belgilanadi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, sun‛iy intellekt, xalqaro soliq munosabatlari va zamonaviy moliyaviy nazorat mexanizmlari jadal rivojlanayotgan bir paytda soliq sohasi uchun mutlaqo yangi bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash zarurati tobora ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyundagi «Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–227-son qarori sohani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi.
Mazkur qarorga muvofiq Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etildi va ta‛lim, ilm-fan hamda amaliyotni o‘zaro integratsiya qiluvchi mutlaqo yangi tizim shakllantirildi. Ushbu ta‛lim muassasasi soliq sohasi uchun zamonaviy bilimlarga ega, raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, xalqaro standartlar asosida ishlay oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
2026–2027 o‘quv yilidan boshlab Soliq oliy maktabida 3 yillik bakalavriat ta‛limi yo‘lga qo‘yilmoqda. 2027–2028 o‘quv yilidan esa magistratura bosqichi faoliyati ham tashkil etiladi. Ta‛lim jarayoni zamonaviy soliq ma‛murchiligi, soliq huquqi, moliyaviy nazorat, raqamli soliq texnologiyalari va tahliliy boshqaruv kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi.
Yangi tizimning muhim jihatlaridan biri shundaki, u faqat nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmaydi. Ta‛lim jarayonida xalqaro tajriba, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlarida va soliq tizimida katta tajribaga ega amaliyotchi mutaxassislar ham o‘quv jarayoniga keng jalb qilinadi. Bu esa talabalarning haqiqiy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi va mehnat bozori talablariga mos kadr sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Soliq oliy maktabida tahsil oluvchilar davlat namunasidagi diplom bilan bir qatorda soliq maslahatchisi yoki auditorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan kasbiy malaka sertifikatlarini olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Qaror bilan yoshlarni xalqaro professional sertifikatlarni olishga keng jalb qilish ham nazarda tutilgan. Xususan, ACCA, DipIFR, CAP/CIPA, CIA va ACA kabi xalqaro nufuzli sertifikatlarga ega bo‘lgan talabalarning o‘qish xarajatlarini qoplab berish mexanizmi joriy etilmoqda. Bu esa mamlakatimizda xalqaro standartlar darajasida faoliyat yurita oladigan mutaxassislar zaxirasini shakllantirish imkonini beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimi faqat talabalar bilan cheklanib qolmaydi. Soliq organlari xodimlarining doimiy malakasini oshirish ham mazkur qarorning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Endilikda har bir xodim kamida uch yilda bir marta malaka oshirish kurslarini o‘taydi. Soliq organlariga birinchi marta ishga qabul qilingan xodimlar uchun esa uch oygacha davom etadigan maxsus adaptatsiya va moslashuv dasturlari tashkil etiladi. Bu yangi kadrlarning qisqa vaqt ichida kasbiy faoliyatga to‘liq moslashuvini ta‛minlaydi.
Qarorning yana bir strategik ahamiyatga ega jihati – Soliqqa oid tadqiqotlar markazining faoliyati bilan bog‘liq. Mazkur markaz soliq tizimini ilmiy va tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi asosiy ilmiy muassasaga aylanadi. Soliq oliy maktabi, malaka oshirish tizimi va tadqiqotlar markazining birlashgan holda faoliyat yuritishi sohada ta‛lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta‛minlaydi.
Soliqqa oid tadqiqotlar markazida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq intizomini oshirish, soliq siyosatini takomillashtirish, xalqaro soliq munosabatlari, transfert narxlarini shakllantirish, raqamli iqtisodiyot subyektlarini soliqqa tortish hamda sun‛iy intellekt va Big Data texnologiyalarini soliq ma‛muriyatchiligiga joriy qilish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.