Toşkent, Özbekiston, 2026-yil 10-noyabr
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) pestitsidlar xavflari haqida milliy darajada xabardorlikni oşirişga hamda qişloq ayollari va erkaklari örtasidagi tengsizlik qanday qilib turliça zaifliklarni yuzaga keltirişi va fermerlarning pestitsidlar ta’siriga javob beriş qobiliyatiga qanday ta’sir körsatişini örganişga qaratilgan tört kunlik trening boşladi. Trening Toşkentda Rotterdam konvensiyasi Kotibiyati bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan loyiha kömagida ötkazilmoqda. 2026-yil 10–13-noyabr kunlari davom etadigan mazkur trening Ekologiya va iqlim özgarişi böyiça milliy qömita, Qişloq xöjaligi vazirligi, Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi, Suv xöjaligi vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, şuningdek, qişloq xöjaligi maslahat xizmatlari mutaxassislari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy sektordan taxminan 45 nafar iştirokçini birlaştirmoqda.

Ayollar va erkaklar pestitsidlarni boşqarişda turli rollarni bajaradi, xavfsizlik böyiça ma’lumotlar va öqitişdan esa teng foydalana olmaydi. Bu farqlar ularning pestitsidlar ta’siriga javob beriş va soğliqqa tahdid soladigan xavflarni boşqariş qobiliyatiga ta’sir qilişi mumkin. FAOning 2025-yilgi qişloq xöjaligi böyiça milliy gender profiliga köra, ayollar Özbekiston qişloq xöjaligi işçi kuçining 43 foizdan ortiq qismini taşkil etadi, biroq qişloq xöjaligi yerlarining 93 foizdan ortiq qismi erkaklar nazoratida, erkaklar esa qişloq xöjaligi böyiça maslahat yordamini ayollarga qaraganda taxminan ikki baravar köp olişi taxmin qilinadi. FAOning Ozarbayjon, Qirğiziston, Tojikiston va Turkiyada ötkazgan tadqiqoti pestitsidlarni qöllaş böyiça qarorlarni asosan erkaklar qabul qilişini, biroq ayollar va bolalar ham ularning ta’siriga duçor bölişini hamda şaxsiy himoya vositalarining yetişmasligi ayollar orasida ham, erkaklar orasida ham keng tarqalganini körsatdi. Şu sababli an’anaviy maslahat kanallari orqali yetkaziladigan pestitsidlar xavfsizligi böyiça ma’lumotlar pestitsidlar bilan işlaydigan, işlov berilgan dalalarda mehnat qiladigan yoki ifloslangan bölişi mumkin bölgan iş kiyimlarini yuvadigan ayollarga yetib bormasligi mumkin.
Trening iştirokçilarga fermerlar va qişloq jamoalari bilan işlaşda uşbu farqlarni hisobga olişga yordam berişga möljallangan va FAOning texnik kömagida işlab çiqilgan Qişloq xöjaligi vazirligining 2025–2030-yillarga möljallangan Gender strategiyasiga muvofiqdir. Dasturda FAOning
Markaziy Osiyo va Turkiyada pestitsidlardan foydalaniş va ularni boşqarişdagi gender dinamikasiga [1] oid hisobotidagi xulosalar yoritiladi hamda FAOning pestitsidlar xavfini gender jihatlarni hisobga olgan holda boşqariş yondaşuvi taqdim etiladi. Iştirokçilar loyiha doirasida biopestitsidlar bilan ötkazilgan sinov natijalari hamda fermer dala maktablarining zararkunandalarga qarşi integratsiyalaşgan kuraşni (IPM) tarğib qilişdagi tajribasi bilan tanişadilar. Şuningdek, ular pestitsidlarni boşqarişdagi gender tengsizliklari, xavfsizlik çoralari, xavfsizroq muqobillar hamda ayollar va erkaklarning soğliği va xavfsizligini ta’minlaydigan siyosatlarni körib çiqadilar.

Iştirokçilar «Acting Against Risks» («Xavflarga qarşi harakat») rolli öyin maşqidan foydalanadilar — bu FAOning jamoalarga pestitsidlar bilan boğliq gender xavflari va ularning mumkin bölgan yeçimlarini aniqlaşga yordam beradigan vositasidir. Dastlab ular asosiy tuşunçalar va fasilitatsiya könikmalarini örganiş uçun guruh maşğulotlarida vositadan foydalanişni maşq qiladilar, söngra Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi bir jamoaga bir kunlik dala taşrifi çoğida uni fermerlar bilan amalda qöllaydilar. Şundan söng ular jamoada duç kelingan qiyinçiliklarni muhokama qiladilar, yondaşuvni milliy tadbirlarga kiritiş yöllarini aniqlaydilar hamda undan maslahat xizmatlari, fermerlarni öqitiş, fermer dala maktablari va universitet ta’limida foydalaniş imkoniyatlarini örganadilar. Iştirokçilarning tavsiyalari Milliy harakat rejasining tegişli ustuvor yönalişlarini belgilaşda inobatga olinadi.
Trening iştirokçilarni fermerlar va qişloq jamoalari uçun pestitsidlar xavfsizligi böyiça maşğulotlarni ötkazişga tayyorlaşga möljallangan bölib, bunda gender bilan boğliq rollar, çeklovlar va odamlarning pestitsidlar ta’siriga duçor böliş yöllari hisobga olinadi.
«Ayollar va erkaklar pestitsidlar xavflariga bir xil darajada duçor bölmaydi, bu xavflarni kamaytiriş esa qişloq xöjaligida işlaydigan barça kişilar axborot, öqitiş va xizmatlardan foydalana olişini ta’minlaşni anglatadi», — dedilar trening ötkazayotgan FAO boş qarorgohi vakillari Nadia Correale va Flavia Grassi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan FAOning «Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boşqariş uçun texnik kömaklaşiş» loyihasi qiymati 3,9 million yevroni taşkil etuvçi taşabbus bölib, Özbekistonda pestitsidlarni boşqarişni takomillaştiriş, kimyoviy moddalarni boşqariş tizimini mustahkamlaş va barqaror qişloq xöjaligi amaliyotlarini ilgari suriş orqali atrof-muhit degradatsiyasini kamaytirişga qaratilgan.