2025-yil boshida Uztelecomning umumiy abo nentlar bazasi 12 milliondan ortiq ulanishni qayd etdi.
Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘ylab kompaniyaning mobil aloqa, uy interneti va boshqa telekommu nikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarni o‘zida birlashtiradi.
12 millionlik ko‘rsatkich ortida yirik shaharlar, tuman markazlari, qishloqlar va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi millionlab in sonlar turibdi. Ular uchun Uztelecom tarmog‘i kundalik hayotning ajralmas qismiga — yaqinlar bilan muloqot qilish, axborot olish, ta’lim olish, ishlash hamda raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi muhim vositaga aylandi.

Abonentlar bazasining bunday kengayishi mobil aloqa qamrovini oshirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish, tarmoq uskunalarini moder nizatsiya qilish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar ning natijasidir. Biroq bu ko‘rsatkichning ahamiyati faqat uning ko‘lamida emas. 12 milliondan ortiq abonent — bu kompaniyaga bildirilgan ishonch ning ifodasi va ayni paytda Uztelecom zimmasidagi katta mas’uliyatdir: O‘zbekistonning barcha hudud larida aloqaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
Asosiy natija
Uztelecomning umumiy abonentlar bazasi 12 milliondan ortiq ulanishga yetdi. Bu kompa niya xizmatlarining butun O‘zbekiston bo‘ylab keng qamrovga ega ekanini va Uztelecom faoliyatining umummilliy ko‘lamini yana bir bor tasdiq ladi