- O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi - https://evu.uz/uz -

Elektron auksion tarixidagi eng qimmat yer maydoni sotildi

Posted By vestnik1919_is0g0ljt On 24.12.2020 @ 10:55 In Новости | No Comments

1,99 gektarli maydon Toshkent shahrining O’sh va Boku ko’chalari kesishmasida joylashgan.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shirinobod mahallasidagi boshlang‘ich narxi 21,6 mlrd.so‘m bo‘lgan tadbirkorlik uchun yer uchastkasi 22,7 mlrd.so‘mga sotildi. Bu haqda Spotga “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 18 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn savdoda 2 nafar ishtirokchi qatnashdi. Auksion g‘olibi 24 oy muddatda 2 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, 1,99 gektarga teng bo’lgan mazkur yer maydoni Toshkent shahrining O’sh va Boku ko’chalari kesishmasida joylashgan bo’lib [1], unda oshxona, kafelar, savdo uylari, mehmonxonalar, ko‘rgazma zallari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurilishiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, 22 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolari Sirg‘ali tumanidagi boshlang‘ich narxi 74,4 mln.so‘m bo‘lgan yer uchastkasi uchun 714,4 mln.so‘m narx tasdiqlandi. [2] Ushbu yer uchastkasida ofis binolarini qurishga ruxsat berilgan.

Manba spot [3]


Article printed from O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi: https://evu.uz/uz

URL to article: https://evu.uz/uz/novosti/elektron-auksion-tarixidagi-eng-qimmat-yer-maydoni-sotildi.html

URLs in this post:

[1] joylashgan bo’lib: https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?l=sat%2Cskl&ll=69.318099%2C41.290016&z=16

[2] tasdiqlandi.: https://e-auksion.uz/auction-result?6&lots_id=377395

[3] spot: https://www.spot.uz/oz/2020/12/23/auksion/

Copyright © 2015 EVU. All rights reserved.