- O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi - https://evu.uz/uz -

Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun Yaponiyadan tibbiy uskunalar yetkazib beriladi

Posted By vestnik1919_is0g0ljt On 20.01.2021 @ 11:01 In Новости | No Comments

Vazirlar Mahkamasining «Davolash-profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlashda Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston hamda Yaponiya hukumati o‘rtasida 2020 yil 17 iyunda sog‘liqni saqlash tizimiga grant ajratish to‘g‘risida hukumatlararo notalar almashinuvi imzolangan.
 
Norma’ning yozishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalariga 500 mln iyena miqdoridagi grant dasturi doirasida Yaponiyada ishlab chiqarilgan tibbiy texnika yetkazib beriladi.
 
Yaponiya hukumati tomonidan Crown Agens Japan Limited kompaniyasi barcha xaridlarni amalga oshirish va yetkazib berish bo‘yicha vakil etib tayinlandi.
 
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiyaning vakolatli banki bilan banklararo shartnomani tuzish topshirildi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek xaridlar jarayonini monitoring qilish topshirildi.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga loyihani amalga oshirish doirasida Yaponiya vakolatli bankining vositachilik xarajatlarini fond mablag‘lari hisobidan qoplab berish tavsiya etildi.

Manba: Kun.uz [1]


Article printed from O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi: https://evu.uz/uz

URL to article: https://evu.uz/uz/novosti/o-zbek-sog-liqni-saqlash-vazirligi-uchun-yaponiyadan-tibbiy-uskunalar-yetkazib-beriladi.html

URLs in this post:

[1] Kun.uz: https://kun.uz/uz/news/2021/01/20/sogliqni-saqlash-vazirligi-uchun-yaponiyadan-tibbiy-uskunalar-yetkazib-beriladi

Copyright © 2015 EVU. All rights reserved.