- O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi - https://evu.uz/uz -

 «Zamin» fondi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAOning yangi «Noyob tabiiy meros» qo‘shma loyihasini amalga oshirish boshlanmoqda.

Posted By vestnik1919_is0g0ljt On 16.12.2023 @ 22:55 In Новости | No Comments

    

 



     Loyiha to‘plangan tajribani avloddan avlodga yetkazish va resurslarni boshqarish sohasidagi yangi bilimlar tufayli mintaqaning noyob agroekotizimlarini asrashni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

     Loyihaning muhim vazifasi O‘zbekistondagi noyob agroekotizimlarni aniqlash va o‘rganish hamda keyinchalik ularni Global ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari (GIAHS [1]) ro‘yxatiga kiritishdan iborat.

 



     Loyiha doirasida FAO, Jahon sabzavotchilik markazi (ATSIRO), Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ekspertlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI, Ipakchilik ITI, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ITI mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ular kelgusida O‘zbekistonning noyob tabiiy merosi obyektlarini o‘rganish va ularning katalogini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

 

 

Article printed from O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi: https://evu.uz/uz

URL to article: https://evu.uz/uz/novosti/v-tashkente-obsudili-voprosy-sohraneniya-selskohozyajstvennogo-naslediya-mirovogo-znacheniya.html

URLs in this post:

[1] GIAHS: http://evu.uzhttp://(https://test.cdn.zamin.u-code.io/zamin/19dcffd0-760a-44ce-b1d7-faed9b94eef9_zamin_titr_tg_new3.mp4

Copyright © 2015 EVU. All rights reserved.