- Журнал "Экономический Вестник Узбекистана" - https://evu.uz/uz -

O‘zbеkiston rasman Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosining to‘laqonli a‛zosi bo‘ldi

 
     2025-yil 27-noyabrda O‘z­bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xal­qa­ro Metrik konvensiya­siga O‘zbekiston Respublika­sining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun imzolangan edi. Mazkur hujjat O‘zbe­kistonning xalqaro metrologiya tizi­miga integratsiyalashuvida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qadam orqali mamlakatimiz 1875-yilda tashkil etilgan nufuzli Xal­qaro metrik konvensiyasining to‘la­qonli ishtirokchisiga aylanish imko­niyatiga ega bo‘ldi.      Ushbu qonun qabul qilinishi nati­jasida 2026-yil 13-aprel kuni mazkur muhim jarayon o‘zining man­tiqiy yakuniga yetdi va O‘zbekiston ras­man Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byuro­sining (BIPM) to‘laqonli a‛zosi bo‘lgani e‛lon qilindi. Bu voqea mam­la­katimiz metrologiya sohasi uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, xal­qaro o‘lchov standartlarini shakllan­tirishda ishtirok etish, BIPM va uning konsultativ qo‘mitalari faoliyatida to‘laqonli qatnashish, milliy mutaxas­sislarning xalqaro darajada malaka oshirishi, o‘lchash­lar birligini xalqaro talablar aso­sida ta‛minlash, mahsulot va xizmatlarning xalqaro bozorda raqo­batbardoshligini oshirish, inves­torlar ishonchini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirish, xal­qaro reyting va indekslardagi ko‘r­satkichlarni yaxshilashga zamin yara­tadi.      O‘zbekiston BIPMning konsultativ qo‘mitalari (CCs) yig‘ilishlarida ish­tirok etish, ovoz berish va saylovlarda o‘z nomzodlarini ilgari surish huqu­qiga ega bo‘ldi. Konvensiyaga qo‘­shilish mamlakatimizda aniq, ishonchli va xalqaro talablarga javob beradigan o‘lchash tizimini shakllan­tirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z nav­batida, xalqaro hamkor­lar, inves­torlar va tashkilotlarning O‘zbekiston mahsulotlari, xizmatlari va sertifi­katlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.      Shuningdek, mamlakatimizdagi o‘lchashlar birligini xalqaro standart­larga muvofiqlashtirish, Jahon savdo tashkilotiga a‛zo bo‘lish jarayonida texnik to‘siqlarni kamaytirish va milliy sifat infratuzilmasini zamonaviy ta­lablar asosida takomillashtirishda mu­him qadam hisoblanadi.      Bugungi kunga qadar O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomoni­dan xalqaro darajada solishtirishlar o‘tkazilib, BIPM ma‛lumotlar bazasida O‘zbekistonning kalibrlash va o‘l­chash imkoniyatlari (CMC-qatorlar) soni yetdi hamda zamo­naviy labora­to­riyalar ishga tushirildi.      2026-yil 13-aprel – O‘zbekiston metrologiyasi tarixiga oltin harf­lar bilan yoziladigan kun. Bu nafa­qat muhim voqea, balki mamlakatimiz­ning ilmiy-texnik taraqqiyoti va xal­qaro maydondagi nufuzini mus­tah­kamlash yo‘lidagi katta yutuqdir.