{"id":17479,"date":"2020-12-24T11:13:16","date_gmt":"2020-12-24T06:13:16","guid":{"rendered":"http:\/\/evu.uz\/?p=17479"},"modified":"2020-12-24T12:52:52","modified_gmt":"2020-12-24T07:52:52","slug":"xorijda-ishlayotganlarga-pensiya-qanday-tayinlanadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/xorijda-ishlayotganlarga-pensiya-qanday-tayinlanadi.html","title":{"rendered":"Xorijda ishlayotganlarga pensiya qanday tayinlanadi?"},"content":{"rendered":"<p>Chet elda ishlayotgan O\u2018zbekiston fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo\u2018lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018lash, shuningdek to\u2018langan yagona ijtimoiy to\u2018lovini, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qaroriga ko\u2018ra tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi, deyiladi Pensiya jamg\u2018armasi matbuot xizmatining Kun.uz saytiga taqdim etgan ma&#8217;lumotida.<\/p>\r\n<p>Nizomga muvofiq, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lovni ixtiyoriy ravishda to\u2018laydi.<\/p>\r\n<p>Chet elda bo\u2018lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O\u2018zbekiston davlat chegarasini kesib o\u2018tganligi to\u2018g\u2018risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O\u2018zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko\u2018rsatib o\u2018tilgan shaxsning boshqa davlatda bo\u2018lgan vaqti va konsullik hisobiga qo\u2018yilganligi ma&#8217;lumoti ko\u2018rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.<\/p>\r\n<p>Bugungi kunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan bir yil uchun to\u2018lanadigan ijtimoiy to\u2018lovning eng kam miqdori 2020 yil 1 dekabr holatiga 1 181 115 so\u2018mni tashkil etadi.<\/p>\r\n<p>Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:<\/p>\r\n<p>har oyda yoki har chorakda;<br \/>\r\nbir yo\u2018la \u2014 O\u2018zbekistonga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.\u00a0<\/p>\r\n<p>Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lov naqd pulsiz hisob-kitob bo\u2018yicha to\u2018langan taqdirda yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018langanligi to\u2018g\u2018risidagi to\u2018lov hujjatida ko\u2018rsatilgan sana yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018langan kun hisoblanadi. To\u2018lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va to\u2018lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko\u2018rsatilishi shart. Agar to\u2018lov hujjatida davr ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa, to\u2018lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to\u2018langan deb hisoblanadi.<\/p>\r\n<p>Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018lashni to\u2018xtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lov to\u2018langan so\u2018nggi sanadan boshlab to\u2018xtatib turiladi.\u00a0<\/p>\r\n<p>Pensiya jamg\u2018armasiga to\u2018langan yagona ijtimoiy to\u2018lov miqdori yagona ijtimoiy to\u2018lovning belgilangan miqdoridan kam bo\u2018lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag\u2018larni qo\u2018shimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.<br \/>\r\n<br \/>\r\nManba <a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/12\/24\/xorijda-ishlayotganlarga-pensiya-qanday-tayinlanadi\">Kun.uz<\/a><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Nizomga muvofiq, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg\u2018armasiga yagona ijtimoiy to\u2018lovni ixtiyoriy ravishda to\u2018laydi.","protected":false},"author":1,"featured_media":17226,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[96,97,94,85,83,87],"class_list":["post-17479","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti","tag-bank","tag-bank-uz","tag-dunyo-xabarlari","tag-iqtisodiyot","tag-ozbekiston","tag-toshkent-bugun"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17479"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17483,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17479\/revisions\/17483"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}