{"id":23968,"date":"2026-04-21T18:47:31","date_gmt":"2026-04-21T13:47:31","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=23968"},"modified":"2026-04-21T18:47:41","modified_gmt":"2026-04-21T13:47:41","slug":"%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%bb%d0%b8-%d1%81%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d0%bc%d1%83-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%b4%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%bb%d0%b8-%d1%81%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d0%bc%d1%83-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%b4%d0%b5.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda Yer degradatsiyasi neytralligiga erishish bo\u2018yicha qarorlarni qo\u2018llab-quvvatlash tizimi muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><strong>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Toshkent, Aprel 2026-yil<\/strong> \u2014 O\u2018zbekistonda yer resurslaridan barqaror foydalanishni kuchaytirish hamda Yer degradatsiyasi neytralligiga (LDN) erishish bo\u2018yicha milliy sa\u2019y-harakatlarni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida qarorlarni qo\u2018llab-quvvatlash tizimi (Decision Support System, DSS) ga bag\u2018ishlangan davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbir GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan, FAO va O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan \u201cO\u2018zbekistonning qurg\u2018oqchil ekotizimlarida o\u2018rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish\u201d loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha 2022\u20132026-yillarga mo\u2018ljallangan bo\u2018lib, uning asosiy maqsadi yer degradatsiyasi, cho\u2018llanish va qurg\u2018oqchilik oqibatlarini kamaytirish, yer resurslarini tiklash hamda o\u2018rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish bo\u2018yicha milliy sa\u2019y-harakatlarni qo\u2018llab-quvvatlashdan iborat.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekistonda yer degradatsiyasi, cho\u2018llanish va qurg\u2018oqchilik oqibatlari qishloq xo\u2018jaligi, tabiiy resurslardan foydalanish va ekotizimlar barqarorligiga bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. Taqdim etilgan ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, respublikadagi 25,6 million gektar yaylovlarning 2,5 million gektari degradatsiyaga uchragan, yana 6 million gektarida o\u2018simlik qoplami yo\u2018qolgan. Shu bilan birga, 1,9 million gektar sug\u2018oriladigan ekin yerlarining 45 foizi sho\u2018rlangan, yaylovlar o\u2018rtacha hosildorligi esa 3,2 sentner\/gektardan 2,4 sentner\/gektarga tushgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shu nuqtayi nazardan, LDN yondashuvi yerlarni muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish bo\u2018yicha dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishda muhim amaliy vosita sifatida ko\u2018rilmoqda. Loyiha doirasida yer qoplami, yer unumdorligi va tuproq organik uglerodi kabi LDN ko\u2018rsatkichlarini baholash, dala tadqiqotlari uchun soddalashtirilgan metodologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, degradatsiyaga qarshi kurash bo\u2018yicha tavsiyalar va qo\u2018llanmalar tayyorlash ko\u2018zda tutilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Seminar davomida \u201cYer degradatsiyasi\u201d geoportali va unga bog\u2018langan \u201cField Maps\u201d mobil ilovasi taqdim etildi. Mazkur vositalar tuproq sifati, sho\u2018rlanish, agrokimyoviy tahlil va yaylov geobotanikasi bo\u2018yicha ma\u2019lumotlarni tizimli ravishda yig\u2018ish, kiritish va tahlil qilish imkonini beradi. Taqdimot materiallariga ko\u2018ra, geoportalda 17 qatlam asosida ma\u2019lumotlar bazasi shakllantirilgan bo\u2018lib, unda qishloq xo\u2018jaligi, o\u2018rmon, suv fondi va boshqa toifadagi yerlar bo\u2018yicha degradatsiyaga qarshi kurashga oid ma\u2019lumotlar jamlanmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Geoportal turli idora va muassasalardan keladigan ma\u2019lumotlarni birlashtirish orqali qarorlar qabul qilish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Tizimga Suv xo\u2018jaligi vazirligi, Tog\u2018-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi, O\u2018rmon agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda \u201cO\u2018zdaverloyiha\u201d instituti kabi tashkilotlarning ma\u2019lumotlari kiritilishi nazarda tutilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Loyiha doirasida amaliy ishlar ham olib borilmoqda. Xususan, Buxoro viloyatidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mintaqaviy bo\u2018linmasi uchun 110 ming AQSh dollari qiymatidagi 2 dona zamonaviy laboratoriya uskunasi xarid qilingan. Shuningdek, Jondor tumanida 28 100 gektar, Nurota tumanida esa 3 700 gektar maydonda dastlabki baholash va xaritalash ishlari amalga oshirilgan. Buxoro va Navoiy viloyatlarida LDN ko\u2018rsatkichlarini dastlabki baholash, jumladan yer qoplami, yer unumdorligi va tuproq organik uglerodi bo\u2018yicha ishlar olib borilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">Kun tartibiga muvofiq, sessiyalarda LDN konsepsiyasining O\u2018zbekiston sharoitida qo\u2018llanilishi, ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish va tahlil qilishni muvofiqlashtirish, yer degradatsiyasi bo\u2018yicha faol nuqtalar va xavfli hududlarni aniqlash, shuningdek, milliy hisobotlarni tayyorlashning joriy holati muhokama qilindi. Taqdimotlarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida geobotanik tadqiqotlar o\u2018tkazish, yaylovlarning joriy holatini baholash, masofaviy zondlash va monitoring asosida tahlillar tayyorlash, shuningdek, yaylovlardan foydalanish va takomillashtirish yo\u2018nalishlari ham ko\u2018rib chiqildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cLDN loyihasining ustuvor maqsadlaridan biri &#8211; O\u2018zbekistonning BMTning Cho\u2019llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi bo\u2019yicha hisobotlarni tayyorlashni yaxshilashdir. Respublikamizning 44,7 mln gektar hududining 21 mln gektar maydoni yaylovlardan iboratligi va yer hamda o\u2019rmon degradatsiyasi muammolarining ko\u2019payib borishi bugungi tadbirning muhimligini ko\u2019rsatdi. Umid qilamizki, bugungi uchrashuv barcha manfaatdor hamkorlar orasida yer va o\u2019rmon degradatsiyasi bo\u2019yicha ma\u2019lumotlarni shaffof almashuvi uchun asos yaratadi hamda degradatsiyani kamaytirishga hissa qo\u2019shadi.\u201d, &#8211; dedi \u201cO\u2018zbekistonning qurg\u2018oqchil ekotizimlarida o\u2018rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish\u201d loyihasining bosh texnik maslahatchisi Narimon Nishonov.&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mazkur davra suhbati manfaatdor tomonlar o\u2018rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yer degradatsiyasi va cho\u2018llanishga qarshi kurashish bo\u2018yicha muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni ilgari surish hamda O\u2018zbekistonning LDN bo\u2018yicha majburiyatlarini amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlash uchun muhim muloqot maydoni bo\u2018lib xizmat qildi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-23971\" src=\"http:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8054.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"372\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8054.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8054-300x134.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8054-768x344.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-23972\" src=\"http:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8131.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"372\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8131.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8131-300x134.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A8131-768x344.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"O\u2018zbekistonda yer resurslaridan barqaror foydalanishni kuchaytirish hamda Yer degradatsiyasi neytralligiga (LDN) erishish bo\u2018yicha milliy sa\u2019y-harakatlarni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida qarorlarni qo\u2018llab-quvvatlash tizimi (Decision Support System, DSS) ga bag\u2018ishlangan","protected":false},"author":1,"featured_media":23969,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-23968","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23968","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23968"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23968\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23977,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23968\/revisions\/23977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23969"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23968"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23968"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23968"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}