{"id":23978,"date":"2026-04-23T15:53:15","date_gmt":"2026-04-23T10:53:15","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=23978"},"modified":"2026-04-23T15:53:33","modified_gmt":"2026-04-23T10:53:33","slug":"%d0%b2-%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b9-%d0%be%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b2-%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b9-%d0%be%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf.html","title":{"rendered":"Jizzax viloyatida sun\u2019iy muzliklar yaratish texnologiyasini joriy etish istiqbollari va iqlimga mos bog\u2018dorchilikni rivojlantirish yo\u2018nalishlari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO)ning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Sherzod Umarov boshchiligidagi delegatsiya Baxmal tumanida bo\u2018lib, tuman hokimi Aziz Ergashev bilan uchrashib, iqlim o\u2018zgarishiga mos, suv resurslaridan samarali foydalanish, bog\u2018dorchilikni rivojlantirish hamda kichik issiqxona xo\u2018jaliklarini qo\u2018llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va FAO tomonidan Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi sohasida strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha \u2014 <strong>\u201cO\u2018zbekistonda kichik fermerlar uchun aqlli va barqaror bog\u2018dorchilik\u201d<\/strong> (<em>Smart and Resilient Horticulture for Smallholder Farmers in Uzbekistan<\/em>) doirasidagi ustuvor yo\u2018nalishlar ham muhokama qilindi. Loyiha kichik fermerlarni iqlimga chidamli bog\u2018dorchilik amaliyotlari, zamonaviy agrotexnologiyalar, texnik ko\u2018mak va amaliy treninglar orqali qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Delegatsiya tumanda joylashgan bog\u2018dorchilik va issiqxona xo\u2018jaliklari faoliyati bilan tanishib, fermerlar va issiqxona egalari bilan uchrashdi. Muloqot chog\u2018ida hududdagi mavjud ehtiyojlar, iqlimga mos texnologiyalarni joriy etish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va kelgusidagi amaliy hamkorlik yo\u2018nalishlari yuzasidan fikr almashildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tashrifning muhim yo\u2018nalishlaridan yana biri Baxmal tumanida sun\u2019iy muzlik \u2014 Ice Stupa texnologiyasini sinov tariqasida joriy etish istiqbollarini o\u2018rganish bo\u2018ldi. Delegatsiya tog\u2018li hududlardagi qator yerlarda hududiy tahlillarni olib bordi, mahalliy aholi bilan muloqot qildi hamda suv tanqisligini yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo\u2018lgan joylarni ko\u2018zdan kechirdi. Mutaxassislar fikricha, sun\u2019iy muzlik erishi natijasida hosil bo\u2018ladigan suv erta bahor va vegetatsiya davrida bog\u2018lar, tomorqalar hamda boshqa qishloq xo\u2018jaligi maydonlarini suv bilan ta\u2019minlashga ko\u2018maklashishi mumkin. Bu esa, ayniqsa, mavsum boshida suvga ehtiyoj kuchayadigan hududlarda mahalliy aholi turmushi va qishloq xo\u2018jaligi barqarorligini qo\u2018llab-quvvatlashga xizmat qiladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Muhokamalar davomida bunday tashabbuslarni amalga oshirishda xotin-qizlar, ayniqsa tomorqa, bog\u2018dorchilik va kichik issiqxona faoliyatida ishtirok etayotgan ayollar ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi ham qayd etildi. Bu esa mahalliy hamjamiyatlarning iqlimga chidamliligini oshirish bilan birga, qishloq joylarda ayollarning tirikchilik imkoniyatlarini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tashrif yakunida kelgusida batafsil texnik baholashlarni davom ettirish, mahalliy hamjamiyatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda Baxmal tumanida iqlimga chidamli bog\u2018dorchilik va innovatsion suv tejovchi yechimlarni ilgari surishga qaratilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-23981\" src=\"http:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7119.jpg\" alt=\"\" width=\"629\" height=\"406\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7119.jpg 629w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7119-300x194.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 629px) 100vw, 629px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO)ning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi","protected":false},"author":1,"featured_media":23979,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-23978","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23978","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23978"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23978\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23984,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23978\/revisions\/23984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23979"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23978"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23978"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23978"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}