{"id":23993,"date":"2026-05-01T17:28:51","date_gmt":"2026-05-01T12:28:51","guid":{"rendered":"https:\/\/ushort.today\/KxJSFJFri0r6\/?p=23993"},"modified":"2026-05-01T17:28:59","modified_gmt":"2026-05-01T12:28:59","slug":"%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%84%d0%b0%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%84%d0%b0%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd.html","title":{"rendered":"G\u2018allaorolda iqlimga chidamli dehqonchilik uchun ilmiy hamkorlik yo\u2018nalishlari ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO)ning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Jizzax viloyatining G\u2018allaorol tumanida joylashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi. Sherzod Umarov boshchiligidagi delegatsiya institut direktori Bunyod Mamaraximov bilan uchrashdi. Tashrif davomida institutning boy ilmiy merosi ham e\u2019tirof etildi. Qayd etilganidek, ushbu ilmiy muassasa faoliyati 1913 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo\u2018rg\u2018on shahri yaqinida tashkil etilgan Zarafshon tajriba dalasidan boshlangan bo\u2018lib, keyinchalik turli bosqichlarda rivojlanib, bugungi kunda lalmikor dehqonchilik yo\u2018nalishidagi yetakchi ilmiy maskanlardan biriga aylangan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Amalga oshirilgan tashrif doirasida delegatsiya a\u2019zolari institutning ilmiy faoliyati, qishloq xo\u2018jaligi ekinlari seleksiyasi yo\u2018nalishida erishilgan yutuqlar hamda lalmi dehqonchilik sharoitida qo\u2018llanilayotgan zamonaviy va innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar bilan tanishtirildi. Xususan, qurg\u2018oqchilikka chidamli ekin navlarini yaratish, hosildorlikni oshirish va iqlim o\u2018zgarishlariga mos texnologiyalarni joriy etish bo\u2018yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida atroflicha ma\u2019lumot berildi. Shuningdek, institutning ko\u2018p yillik ilmiy-amaliy tajribasi, lalmi hududlarda qishloq xo\u2018jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashdagi muhim o\u2018rni alohida ta\u2019kidlandi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Institutning tajriba xo\u2018jaligi yerlarini ko&#8217;zdan kechirish davomida delegatsiya a\u2018zolari bug\u2018doy, arpa, maxsar va no\u2018xat ekinlarining ilg&#8217;or seleksiya ishlari natijasida yaratilgan yangi navlari bilan batafsil tanishdi. Mutaxassislarning ta&#8217;kidlashicha, mazkur navlar nafaqat yuqori hosildorligi, balki tez o\u2018zgarib borayotgan iqlim sharoitiga moslashuvchanligi va uzoq davom etadigan qurg\u2018oqchilik davrlariga bardoshliligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu xususiyatlari tufayli yangi navlar faqat O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi uchun emas, balki suv taqchilligi va issiqlik muammolari tobora kuchayib borayotgan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari \u2014 Qozog\u2018iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg\u2018iziston uchun ham katta istiqbol va amaliy qiymat kasb etadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shu bilan birga, delegatsiya institutning moddiy-texnik bazasi bilan ham yaqindan tanishdi. Xususan, tajriba maydonlarida olib borilayotgan dal\u0430 sinovlari, zamonaviy ekinlar urug\u2018chiligi tizimi, yuqori unumdorlikka ega urug\u2018larni tozalash va saralash uskunalari hamda qishloq xo\u2018jaligining ilg\u2018or texnikalari kuzatildi va baholandi. Delegatsiya a&#8217;zolari, shuningdek, institutda joriy etilgan tuproqni muhofaza qiluvchi va resurs tejovchi dehqonchilik usullari \u2014 xususan, tuproqqa ishlov bermasdan ekin ekish usullari, almashlab ekish tizimlari va sug\u2018orishni optimallashtirish bo\u2018yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar \u2014 bilan ham alohida qiziqish bilan tanishdi. Bu borada qo\u2018lga kiritilgan natijalar mintaqada barqaror oziq-ovqat xavfsizligini ta&#8217;minlash yo\u2018lida muhim qadam sifatida baholandi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Taqdim etilgan ma\u2019lumotlar delegatsiya a\u2019zolarida katta qiziqish uyg\u2018otib, institut faoliyatiga yuqori baho berildi. Uchrashuv davomida tomonlar lalmi sharoitda tuproqni himoya qiluvchi va resrus tejovchi qishloq xo\u2018jaligi amaliyotlarini sinovdan o\u2018tkazish, yomg\u2018ir suvlarini yig\u2018ish texnologiyalarini namoyish qilish hamda biopestitsidlar bo\u2018yicha tadqiqotlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Mazkur tashrif ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni uyg\u2018unlashtirgan holda, iqlimga chidamli qishloq xo\u2018jaligini rivojlantirish uchun muhim asos yaratdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tomonlar ilmiy ishlanmalar va iqlimga o\u2018zgarishiga mos yechimlarni amaliyotga joriy etishda xotin-qizlar hamda yoshlarning ehtiyojlarini inobatga oluvchi yondashuvlar muhim ekanini ham ta\u2019kidladilar. Bu, ayniqsa, lalmi hududlarda bilim va innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan dolzarbdir.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-23994\" src=\"http:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7304.jpg\" alt=\"\" width=\"813\" height=\"489\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7304.jpg 813w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7304-300x180.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7304-768x462.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 813px) 100vw, 813px\" \/><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-23995\" src=\"http:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7178.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"355\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7178.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7178-300x128.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A7178-768x328.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO)ning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Jizzax viloyatining G\u2018allaorol tumanida joylashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi","protected":false},"author":1,"featured_media":23996,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-23993","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23993","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23993"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23993\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24000,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23993\/revisions\/24000"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23996"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23993"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23993"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23993"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}