{"id":24002,"date":"2026-05-14T11:35:48","date_gmt":"2026-05-14T06:35:48","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24002"},"modified":"2026-05-20T11:56:51","modified_gmt":"2026-05-20T06:56:51","slug":"%d0%b2-%d0%ba%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%88%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%88%d1%91%d0%bb-%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8c-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d1%8f-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b2%d1%8f%d1%89%d1%91%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b2-%d0%ba%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%88%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%88%d1%91%d0%bb-%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8c-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d1%8f-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b2%d1%8f%d1%89%d1%91%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9.html","title":{"rendered":"Qamashida tuproqni muhofaza qiluvchi resurs tejovchi texnologiyalar va yomg\u2018ir suvlarini yig\u2018ish bo\u2018yicha dala kuni o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><strong>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Qamashi, Qashqadaryo viloyati, 13 may 2026-yil<\/strong> \u2014 Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida \u201cLalmi yerlarda ekinlarni yerga ishlov bermasdan ekish va yomg\u2018ir suvini yig\u2018ish texnologiyalari\u201d mavzusida dala kuni o\u2018tkazildi. Tadbir \u201cO\u02bbzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta\u02bcsirini baholash dasturi\u201d (FOLUR-O\u02bbzbekiston) loyihasi doirasida tashkil etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha O\u2018zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi \u2014 bug\u2018doyga asoslangan barqaror va inklyuziv ishlab chiqarish landshaftlari hamda qiymat zanjirlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi amaliyotlar va innovatsiyalarni joriy etishdan iborat.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbirda O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vaziri o\u2018rinbosari Jamshid Abduzuxurov, FAOning O\u2018zbekistondagi vakili o\u2018rinbosari Sherzod Umarov, Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo\u2018jaligi boshqarmalari vakillari, fermerlar, mutaxassislar hamda loyiha hamkorlari ishtirok etdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Seminar davomida FOLUR loyihasi doirasida resurs tejovchi va tuproqni himoya qiluvchi texnologiyalarning asosiy tamoyillari va afzalliklari, tuproq unumdorligini saqlash, namlikni boshqarish hamda o\u2018simlik qoldiqlaridan samarali foydalanish bo\u2018yicha ma\u2019lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar ko\u2018rgazmali maydonda yerga ishlov bermasdan ekish texnologiyasi bo\u2018yicha amaliy dala ishlari, tuproq profili va infiltratsiyasi namoyishi bilan tanishdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbir doirasida kuzgi bug\u2018doyni yerga ishlov bermasdan ekish texnologiyasining samaradorligi, ekinlar almashinuvi, tuproq yuzasida o\u2018simlik qoldiqlari qoplamasini saqlash, tuproq namligini ushlab turish, suvning tuproqqa singishi va tuproq zichligi kabi muhim agrotexnik ko\u2018rsatkichlar amalda ko\u2018rsatib berildi. Shuningdek, an\u2019anaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan ekinlar bilan yerga ishlov bermasdan yetishtirilgan ekinlar o\u2018rtasidagi farqlar taqqoslandi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Dala seminarining muhim yo\u2018nalishlaridan biri yomg\u2018ir suvini yig\u2018ish va undan samarali foydalanish texnologiyalarini namoyish etish bo\u2018ldi. FOLUR-O\u2018zbekiston loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 3 ta maydonda jami 6 gektar hududda suv yig\u2018ish texnologiyalari joriy etilgan. Ular orasida yuqori qiyaliklar uchun tosh bilan mustahkamlangan gradoni terrasalar, o\u2018rta qiyaliklar uchun mustahkamlanmagan gradoni terrasalar, past qiyaliklar uchun esa xandaqlar, chuqurchalar va suv yo\u2018naltiruvchi polosalar qo\u2018llanilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24005 alignleft\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5092.jpg\" alt=\"\" width=\"500\" height=\"333\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5092.jpg 500w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5092-300x200.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5092-120x80.jpg 120w\" sizes=\"auto, (max-width: 500px) 100vw, 500px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ishtirokchilar pistaning vegetatsiya davrida yomg\u2018ir suvini yig\u2018ish texnologiyalari bilan ham tanishdi. Loyiha doirasida suv yig\u2018ish texnologiyalari qo\u2018llanilgan maydonlarda pista ekilgan maydon bo\u2018yicha ma\u2019lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar yarim oy shaklidagi suv yig\u2018uvchi texnologiyani ko\u2018zdan kechirdi. Ushbu texnologiya yomg\u2018ir suvini tuproqda ushlab qolish va uni o\u2018simlik ildiz zonasiga yo\u2018naltirish orqali lalmi yerlarda namlikdan samarali foydalanish imkonini beradi. Bu ayniqsa qurg\u2018oqchil hududlarda qishloq xo\u2018jaligi ishlab chiqarishini iqlim o\u2018zgarishiga moslashtirishda muhim ahamiyatga ega.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Dala seminari davomida fermerlar o\u2018z tajribalari va amaliy natijalari bilan o\u2018rtoqlashdi. Muhokamalar davomida tuproq unumdorligini oshirish, hosildorlikni ko\u2018paytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va lalmikor hududlarda barqaror qishloq xo\u2018jaligi amaliyotlarini kengaytirish bo\u2018yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;FOLUR-O\u2018zbekiston loyihasi doirasida bunday dala seminarlari fermerlar va mutaxassislarga yangi texnologiyalarni bevosita dala sharoitida ko\u2018rish, ularning amaliy samaradorligini baholash va mahalliy sharoitga moslashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, tadbir fermerlar, soha mutaxassislari, davlat tashkilotlari va xalqaro hamkorlar o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;FAO va hamkor tashkilotlar O\u2018zbekistonda tuproqni muhofaza qiluvchi resurs tejovchi texnologiyalar, suv tejovchi va iqlimga mos qishloq xo\u2018jaligi amaliyotlarini keng joriy etish orqali barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish, yer resurslarini tiklash va fermer xo\u2018jaliklarining barqarorligini oshirishga ko\u2018maklashishni davom ettiradi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24004\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5020.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"411\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5020.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5020-300x149.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/NJB_5020-768x380.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida \u201cLalmi yerlarda ekinlarni yerga ishlov bermasdan ekish va yomg\u2018ir suvini yig\u2018ish texnologiyalari\u201d mavzusida dala kuni o\u2018tkazildi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24003,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24002"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24010,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24002\/revisions\/24010"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24003"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}