{"id":24021,"date":"2026-05-26T15:34:31","date_gmt":"2026-05-26T10:34:31","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24021"},"modified":"2026-05-26T15:37:01","modified_gmt":"2026-05-26T10:37:01","slug":"english-yangi-ozbekiston-metrologiyasi-aniqlik-ishonch-va-xalqaro-etirof","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/slide\/english-yangi-ozbekiston-metrologiyasi-aniqlik-ishonch-va-xalqaro-etirof.html","title":{"rendered":"Yangi O\u2018zbekiston metrologiyasi: aniqlik, ishonch va xalqaro e\u201btirof"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli hamkasblar, qadrli metrologlar!<\/strong><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sizlarni kasb bayramingiz \u2013 Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi nomidan va shaxsan o\u2018z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Metro\u00adlogiya \u2013 bu nafaqat aniq o\u2018lchashlar tizimi, balki iqtiso\u00addiyot barqarorligi, sanoat raqobatbardoshligi, mahsulot sifati va aholi xavfsizligini ta\u201bminlaydigan muhim sohadir. Bugungi kunda fan, sanoat, energetika, tibbiyot, qurilish, savdo va raqamli texnologiyalar kabi yo\u2018nalishlarni metrologiyasiz tasavvur etib bo\u2018lmaydi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasini xalqaro talablar asosida tubdan takomillashtirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani rivojlantirishga qaratilgan qaror va tashabbuslari milliy sifat infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiq\u00admoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Xususan, joriy yilning 16-fevral kuni qabul qilingan \u201cTexnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg\u2018or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u201325-son Farmoni metrologiya tizimini modernizatsiya qilishda muhim huquqiy asos bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat milliy mahsulot va xizmatlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbar\u00addoshligini oshirish, o\u2018lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta\u201bminlash hamda sifat infratuzilmasini yanada mustah\u00adkamlashga qaratilgan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugungi kunda mamlakatimizda milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg\u2018unlashtirish, akkreditatsiya tizimini takomillashtirish, zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirish va yangi davlat etalonlarini joriy etish bo\u2018\u00adyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag\u2018lar hisobidan yuqori aniqlikdagi yangi davlat etalonlarini xarid qilish va milliy kalibrlash imkoniyatlarini kengay\u00adtirish rejalashtirilgan.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sohada islohotlar bilan bir qatorda xalqaro may\u00addondagi o\u2018rnimiz ham sezilarli darajada o\u2018zgardi. Latviya, Koreya, Xitoy, Slovakiya davlatlari, AQSHning USAID, Germaniyaning PTB, Koreyaning KOICA, Turkiyaning TIKA tashkilotlari, Xalqaro savdo markazi (ITC), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) bilan hamkorlik to\u2018laqonli yo\u2018lga qo\u2018yildi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya sohasini an\u2019anaviy etalon foydalanuv\u00adchisidan \u2013 etalon ishlab chiqaruvchisiga transformatsiya qilish maqsadida 4 ta texnik yo\u2018nalishdagi oliy ta\u201blim muassasalari bilan hamkorlikda 7 ta etalon va yuqori aniqlikdagi o\u2018lchash vositalarini yaratish ishlariga start berildi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;COOMET prezidentligi saylovi o\u2018tkazilib, unda ilk bor O\u2018zbekiston vakili, O\u2018zbekiston milliy metrologiya ins\u00adtituti direktori COOMET prezidenti lavozimiga tasdiq\u00adlandi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;2026-yilda O\u2018zbekistonning Xalqaro tarozi va o\u2018l\u00adchovlar byurosiga (BIPM) to\u2018laqonli a\u201bzo bo\u2018lishi mamla\u00adkatimiz metrologiya tizimi tarixidagi muhim va tarixiy yutuqlardan biri bo\u2018ldi. Ushbu a\u201bzolik milliy o\u2018lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishi, milliy eta\u00adlonlar salohiyatining oshishi hamda O\u2018zbekistonning global metrologiya hamjamiyatidagi o\u2018rnini mustahkam\u00adlashga xizmat qilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zMMI xalqaro integratsiyani jadallashtirish maq\u00adsadida, 2025-yil iyun oyidan Yevropa milliy metrologiya institutlari uyushmasi (EURAMET)ning Markaziy Osiyo\u00addagi yagona Liaison Organisation (hamkor tashkilot)&nbsp;\u2013 assotsiatsiyalashgan a\u201bzo maqomini oldi. Bu \u2013 mamlaka\u00adtimiz metrologiyasining mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekiston Markaziy Osiyoda ikkinchi bo\u2018lib vaqt va chastota xizmati muvofiqlashtirilgan universal vaqti UTCni shakllantirishda Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga a\u201bzo bo\u2018ldi, natijada O\u2018zbekiston o\u2018zining milliy vaqt shkalasiga ega bo\u2018ldi.\r\nRespublikada ilk bor 1 million dollar miqdoridagi met\u00adrologiya xizmatlari Tojikiston, Ozarbayjon, Qozo\u00adg\u2018iston, Turkmaniston, Qirg\u2018iziston davlatlariga eksport qilindi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Global sifat infratuzilma indeksidagi metrologiya yo\u2018nalishi ko\u2018rsatkichlari 72-o\u2018rindan 60-o\u2018ringa ko\u2018tari\u00adl\u0430di. 4 331 ta Xalqaro ISO, IEC, EN standartini qabul qilish orqali, uyg\u2018unlashish darajasi 30 foizdan 40 foizga yetkaziladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti hujjatlari asosida metrologik me\u201byor va qoi\u00addalarni qabul qilish maqsadida 20 ta milliy standartni ishlab chiqildi hamda joriy qilingan OIML hujjatlar soni 52 taga yetkazildi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Milliy etalonlar bazasi qo\u2018shimcha 13 ta etalonlarga kengaytirilib, etalonlar bazasi 42 taga yetkazildi. Milliy etalonlar bazasini qo\u2018shimcha 19 ta etalonga kengaytirish yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va ilk bor kvant metrologiyasi faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha ishlar boshlanadi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugungi kunda O\u2018zbekistonda kvant metrologiyasini shakllantirish, zamonaviy etalonlarni yaratish va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo\u2018yicha ham muhim qadamlar tashlanmoqda. Metrologiya sohasida ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish orqali yangi texnologik yo\u2018nalishlarni rivojlantirishga alohida e\u201btibor qaratilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimiz Markaziy Osiyoda mintaqaviy metrologiya xabini shakl\u00adlantirish yo\u2018lida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Soha\u00addagi xalqaro e\u201btirof etilgan CMC qatorlari soni 20 taga yetgani metrologik salohiyatimiz tobora ortib borayot\u00adganidan dalolat beradi. Endilikda qo\u2018shni davlatlarga ham metrologiya xizmatlarini ko\u2018rsatish yo\u2018lga qo\u2018yilgani mamlakatimizning mintaqaviy yetakchi markazga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o\u2018l\u00adchash natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga, eksport salohiyatining oshishiga va investorlar ishon\u00adchining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shu bilan birga, sohada raqamlashtirish jarayonlariga ham alohida e\u201btibor qaratilmoqda. \u201cTexnik jihatdan tar\u00adtibga solish\u201d milliy axborot tizimi orqali metrologik xizmatlar, kalibrlash va attestatsiya jarayonlarini elektron shaklga o\u2018tkazish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa shaffoflikni ta\u201bminlash, inson omi\u00adlini qisqartirish va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugun O\u2018zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallari tomonidan o\u2018lchashlar birligini ta\u201bminlash, xalqaro standartlarga mos laboratoriyalar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish, milliy etalonlar bazasini kengaytirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo\u2018yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.\r\n&nbsp; &nbsp; &nbsp;Albatta, bu yutuqlar zamirida o\u2018z kasbiga sadoqatli, yuksak bilim va tajribaga ega metrologlar mehnati mujassam. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida aniqlik, ishonch va sifat ta\u201b\u00adminlanmoqda.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Qadrli soha xodimlari!<\/strong><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sizlarga mustahkam sog\u2018liq, oilaviy baxt-saodat, mas\u2019uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Ilmiy va amaliy faoliya\u00adtingiz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish yo\u2018lida doimo samarali bo\u2018lsin.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Butunjahon metrologiya kuni muborak bo\u2018lsin!<\/strong><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>Jumanazarov Akmal Ruzikulovich<\/em>\r\n<em>O\u2018zbekiston texnik jihatdan<\/em>\r\n<em>tartibga solish agentligi direktori<\/em><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Sizlarni kasb bayramingiz \u2013 Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi  nomidan va shaxsan o\u2018z nomimdan samimiy muborakbod etaman","protected":false},"author":1,"featured_media":24022,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"class_list":["post-24021","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24021","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24021"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24021\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24026,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24021\/revisions\/24026"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24022"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24021"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24021"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24021"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}