{"id":24154,"date":"2026-06-12T17:59:05","date_gmt":"2026-06-12T12:59:05","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24154"},"modified":"2026-06-15T11:53:04","modified_gmt":"2026-06-15T06:53:04","slug":"ozbek-tadbirkorlik-subyektlari-faoliyatida-resurslardan-foydalanish-samaradorligini-oshirishning-iqtisodiy-nazariy-asoslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/ekonomika\/ozbek-tadbirkorlik-subyektlari-faoliyatida-resurslardan-foydalanish-samaradorligini-oshirishning-iqtisodiy-nazariy-asoslari.html","title":{"rendered":"Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning iqtisodiy-nazariy asoslari"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbirkorlik subyektlari iqti\u00adsodiyotda qiymat yaratish\u00adning muhim manbai bo\u2018lib, ularning afzalligi \u2013 moslashuv\u00adchanlik, bozorga tez kirish, mahalliy ehtiyoj va resurslarga yaqinlik, ishlab chiqarish hamda xizmat ko\u2018rsatish jarayonlarini qisqa zanjirda tashkil eta olishidadir. Shu sababli tadbir\u00adkorlik subyektlarida resurslardan foydalanish samaradorligi nafaqat korxona darajasidagi boshqaruv masalasi, balki makroiqtisodiy bar\u00adqarorlik, bandlik va hududiy rivoj\u00adlanish uchun ham strategik ahamiyat\u00adga ega.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekiston sharoitida iqtisodiy resurslarning katta qismi tadbirkorlik subyektlari orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Kapital, mehnat, xomashyo, energiya va axborot re\u00adsurs\u00adlarining samaradorligi ko\u2018p jihat\u00addan aynan kichik korxonalar boshqa\u00adruviga bog\u2018liq.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Resurslardan samarali foydalanish mavzusi O\u2018zbekistonda so\u2018nggi yillar\u00adda amalga oshirilayotgan biznes mu\u00adhitini yaxshilash, ruxsat berish tartib-taomillarini optimallashtirish, soliq ma\u2019murchiligini takomillashtirish va moliyaviy xizmatlar inklyuziyasini ken\u00adgaytirish kabi islohotlar bilan ha\u00admohangdir. Ushbu islohotlarning na\u00adtijadorligi aynan kichik korxonalar resurslardan qanchalik unumli foyda\u00adlanishi bilan o\u2018lchanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbirkorlik subyektlari faoliya\u00adtida resurslardan foydalanish sama\u00adra\u00addorligini tahlil qilish uchun statistik usullar, jumladan, regressiya va qiyo\u00adsiy tahlil usullaridan foydalanildi. Bu esa qayd etilmagan iqtisodiy oqim\u00adlarni aniqlashga yordam berdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbirkorlik subyektlarida iqtiso\u00addiy resurslardan foydalanishni bosh\u00adqarishni takomillashtirish uchun ish\u00adlab chiqarish jarayonida texnologik, moddiy va mehnat resurslaridan foy\u00addalanish darajasini oshirishga qa\u00adratilgan tadbirlarni amalga oshirish lozim.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbirkorlik subyektlarining fao\u00adliyat samaradorligi ulardagi resurs\u00adlarni boshqarish tizimini takomillash\u00adtirishga ko\u2018p jihatdan bog\u2018liq. Bu boshqaruv tizimini doimiy ravishda rivojlantirib borish xarajatlarni ka\u00admaytirish va iqtisodiy ko\u2018rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Resurslarni oqilona boshqarish korxonalarning yalpi qo\u2018shilgan qiy\u00admat (YAQQ) yaratish qobiliyatini oshiradi va iqtisodiy o\u2018sishning mu\u00adhim omiliga aylanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;2024-yilda kichik tadbirkorlik subyektlari yaratgan yalpi qo\u2018shilgan qiymat tarkibida xizmatlar (40,5 %) va qishloq xo\u2018jaligi (37,1 %) asosiy ulu\u00adshni egallagan. Bu kichik korxo\u00adnalar iste\u2019mol bozoriga yaqin seg\u00admentlarda ustun ekanini ko\u2018rsatadi. Sanoat (12,8 %) va qurilish (9,6 %) tarmoqlarining nisbatan past ulushi esa kichik biznesning yuqori qo\u2018shil\u00adgan qiymat yaratuvchi ishlab chi\u00adqarish zanjirlariga integratsiyalashuvi hali sust ekanligini anglatadi (1-rasm).<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekiston iqtisodiyotida tadbir\u00adkorlik subyektlarining yalpi qo\u2018shilgan qiymat yaratishdagi hissasi tarmoqlar kesimida notekis taqsimlangan bo\u2018\u00adlib, bu sektorning iqtisodiy samara\u00addorlik profilini belgilaydi. 2024-yilning birinchi yarim yilligi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra (3-rasm), xizmatlar va qishloq xo\u2018jaligi tadbirkorlik subyektlarining asosiy iqtisodiy tayanchi hisoblanadi.\r\nO\u2018zbekiston iqtisodiyotida tadbir\u00adkorlik subyektlarining YAIM tarkibi\u00addagi ulushi resurslar taqsimoti va qiymat yaratish zanjiridagi samara\u00addorlikni aks ettiruvchi muhim indika\u00adtor hisoblanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;2016\u20132025-yillar oralig\u2018idagi di\u00adna\u00admika tahlili (1-jadval) mazkur ko\u2018r\u00adsat\u00adkichning 66,8 % dan 52,2 % gacha pasayish tendensiyasini ko\u2018rsatadi. Ushbu holat kichik biznesning raqo\u00adbatbardoshligi pasayganini emas, balki iqtisodiyotda yirik investitsion loyihalar va bazaviy sanoat tarmoq\u00adlarining kengayishi hisobiga YAIMda\u00adgi ulushlarning qayta taqsimlanishini anglatadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Kichik biznes resurslardan sama\u00adrali foydalanishining ijtimoiy natijasi bandlikda, tashqi bozor natijasi esa eksportda namoyon bo\u2018ladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Milliy statistika qo\u2018mitasi ma\u2019lu\u00admotiga ko\u2018ra, 2010\u20132024-yillarda ki\u00adchik biznesning jami bandlikdagi ulushi 73,9\u201378,2 % oralig\u2018ida bo\u2018lgan. 2020\u20132024-yillarda esa mos ravishda 74,5 %, 74,5 %, 73,9 %, 74,0 % va 74,5 % ni tashkil etgan. Bu ko\u2018rsatkich kichik korxonalar mehnat resurslarini jalb qilishda asosiy institut ekanini ko\u2018rsatadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Statistik tahlillar shuni ko\u2018rsatadi\u00adki, 2010\u20132024-yillar oralig\u2018ida kichik biznes mamlakatimizdagi umumiy bandlik tizimining asosiy tayanchiga aylangan. 2020\u20132024-yillar kesimi\u00addagi dinamika (2-rasm) sektorning yuqori darajadagi barqarorligini namoyon etadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Eksport bo\u2018yicha kichik tadbirkor\u00adlik subyektlarining jami eksportdagi ulushi 2020-yilda 20,5 %, 2021-yilda 20,0 %, 2022-yilda 31,2 %, 2023-yilda 27,9 % va 2024-yilda 34,1 % bo\u2018lgan. Eksport ulushining oshishi resurslar\u00addan foydalanish samaradorligining amaliy natijasini ko\u2018rsatadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Eksport dinamikasi tahlili 2020- yildagi 20,5\u2009% lik ko\u2018rsatkichdan 2024-yildagi 34,1 % gacha bo\u2018lgan o\u2018sishni namoyon etmoqda. Xususan, 2022-yildan boshlab kuzatilgan kes\u00adkin o\u2018sish tashqi bozorlarda sifat, xalqaro sertifikatlash va logistika tizimlarini optimallashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasi sifatida baholanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bandlik va eksport ko\u2018rsatkich\u00adlarini birgalikda tahlil qilish shuni ko\u2018rsatadiki, kichik biznes ko\u2018plab ish o\u2018rinlari yaratmoqda, biroq eksport ulushi bandlik ulushiga nisbatan ancha past. Bu esa mahsuldorlik, tex\u00adnologik daraja va standartlarga mos\u00adlashish masalalarini dolzarb etadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018tkazilgan tahlillar kichik biznes\u00adda resurslardan foydalanish samara\u00addorligini oshirish nafaqat korxona da\u00adrajasidagi iqtisodiy vazifa, balki mak\u00adroiqtisodiy barqarorlikni ta\u2019min\u00adlovchi tizimli omil ekanligini ko\u2018rsatdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Birinchidan, raqamli transformat\u00adsiya kichik biznesda resurslar noaniq\u00adligini kamaytiradi. Biroq ko\u2018plab kor\u00adxonalar raqamli texnologiyalarni joriy etishda moliyaviy resurslar tanqisli\u00adgiga duch kelmoqda. Bu esa davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini ken\u00adgaytirish zarurligini ko\u2018rsatadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ikkinchidan, resurslarni tejash va eksport hajmini oshirish o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri bog\u2018liqlik mavjud. Xalqaro bozorlarda raqobatbardosh\u00adlik endilikda mahsulotning ekologik va energiya tejamkorlik darajasi bilan ham belgilanmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Uchinchidan, klasterli yondashuv kichik korxonalar uchun resurslarni tejashning samarali mexanizmi bo\u2018lib xizmat qiladi. Tahlillar klasterlar doi\u00adrasida resurs almashinuvi logistika xarajatlarini 10\u201315 % ga qisqartirishini ko\u2018rsatmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;To\u2018rtinchidan, inson kapitalining ahamiyati yuqori. Eng ilg\u2018or texnolo\u00adgiyalar ham xodimlarda resurslarni boshqarish madaniyati shakllanma\u00adgan bo\u2018lsa, kutilgan natijani bermay\u00addi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018tkazilgan tadqiqotlar asosida quyidagi yo\u2018nalishlar taklif etiladi:<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u25cf\u2002kichik biznesda resurslar sama\u00adradorligini oshirish uchun ekotizimli yondashuvni shakllantirish;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u25cf\u2002kichik biznesni ekstensiv rivoj\u00adlanishdan intensiv rivojlanish bosqi\u00adchiga o\u2018tkazish;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u25cf\u2002innovatsiyalar va raqamlash\u00adtirish orqali sifat ko\u2018rsatkichlarini oshirish;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u25cf\u2002yuqori texnologik sanoat seg\u00admentlarida kichik biznesning inno\u00advat\u00adsion salohiyatini rag\u2018batlantirish;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u25cf\u2002eksportga yo\u2018naltirilgan sama\u00adra\u00addorlik mezonlari asosida moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash tizimini kuchay\u00adtirish.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Xulosa qilib aytganda, kichik kor\u00adxonalarda resurslarni boshqarish tizi\u00admini modernizatsiya qilish O\u2018zbekis\u00adton iqtisodiyotini barqaror rivojlanti\u00adrishning asosiy drayverlaridan biridir. Resurslardan foydalanish samarador\u00adligini oshirish nafaqat iqtisodiy o\u2018sish, balki ijtimoiy farovonlikni ta\u2019minlash\u00adning ham muhim omili hisoblanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em><strong>Ilyos XASANOV<\/strong>, Oziq-ovqat texnologiyalari va muhandisligi xalqaro instituti Iqtisodiyot fanlari bo\u2018yicha <\/em>\r\n<em>falsafa doktori (PhD), dotsent<\/em><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"\u00a0Tadbirkorlik subyektlari iqti\u00adsodiyotda qiymat yaratish\u00adning muhim manbai bo\u2018lib, ularning afzalligi \u2013 moslashuv\u00adchanlik, bozorga tez kirish, mahalliy ehtiyoj va resurslarga yaqinlik, ishlab chiqarish hamda","protected":false},"author":1,"featured_media":24158,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1,23],"tags":[],"class_list":["post-24154","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika","category-nauchnye-statyi"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24154","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24154"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24154\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24156,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24154\/revisions\/24156"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24158"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24154"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24154"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24154"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}