{"id":24177,"date":"2026-06-15T12:12:27","date_gmt":"2026-06-15T07:12:27","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24177"},"modified":"2026-06-15T12:12:36","modified_gmt":"2026-06-15T07:12:36","slug":"ozbek-hududiy-infr%d0%b0tuzilmadan-innovatsiyagacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/ekonomika\/ozbek-hududiy-infr%d0%b0tuzilmadan-innovatsiyagacha.html","title":{"rendered":"Hududiy infr\u0430tuzilmadan innovatsiyagacha"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Xorazm filiali<\/strong><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;2025-yil O\u2018zbekiston milliy met\u00adrologiya institutining Xorazm filiali faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab bergan muhim davr bo\u2018ldi. Ushbu yil davo\u00admida metrologik infratuzilmani mo\u00adder\u00adnizatsiya qilish, xalqaro standart\u00adlarni joriy etish, ilmiy salo\u00adhiyatni oshirish hamda hudud iqtisodiyotiga amaliy hissa qo\u2018shish borasida sal\u00admoqli natijalarga erishildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bugungi kunda filial Xorazm vi\u00adloyatida metrologik xizmatlar ko\u2018rsa\u00adtishning yetakchi markazlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning tarkibida 10 ta qiyoslash va 6 ta ka\u00adlibrlash laboratoriyalari mavjud bo\u2018\u00adlib, ular geometrik, massa, bosim, harorat, elektr, fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy, vaqt va chastota kabi o\u2018l\u00adchash yo\u2018nalishlarini qamrab olgan. Bu esa o\u2018lchashlar birligini ta\u201bmin\u00adlashda kompleks va tizimli yondashuv shakllanganidan dalolat beradi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mazkur laboratoriyalar orqali o\u2018l\u00adchash vositalari 11 ta yo\u2018nalish bo\u2018\u00adyicha 145 turda qiyoslashdan o\u2018tka\u00adziladi, shuningdek 6 ta yo\u2018nalishda 15 turdagi kalibrlash xizmatlari ko\u2018r\u00adsatiladi. Bunday keng qamrov hu\u00adduddagi 4 mingdan ortiq sanoat kor\u00adxonalari faoliyatini qo\u2018llab-quv\u00advatlash, 27 mingdan ortiq o\u2018lchash vositalarining aniq va ishonchli ish\u00adlashini ta\u201bminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Filial tomonidan qiyoslash, kalib\u00adrovka, metrologik attestatsiyadan hamda sinov vositalarini attestatsiya\u00addan o\u2018tkazish xizmatlari yo\u2018lga qo\u2018yil\u00adgan bo\u2018lib, akkreditatsiya doirasi 118 turdagi o\u2018lchash vositalari va 24 tur\u00addagi sinov vositalarini qamrab olgan. Shu bilan birga, 195 ta namunaviy us\u00adkuna va o\u2018lchash vositalaridan iborat texnik baza filialning yuqori salohiyatini namoyon etadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;2025-yil infratuzilmani moderni\u00adzatsiya qilishda ham muhim bosqich bo\u2018ldi. Xususan, bosim, harorat va massa yo\u2018nalishlaridagi laboratoriya\u00adlar energiya tejovchi texnologiya\u00adlar asosida ta\u201bmirlandi, zamonaviy ish mu\u00adhiti yaratilib energiya samarador\u00adligini oshi\u00adrish orqali ekologik barqa\u00adrorlikni ta\u201bminlashga ham xizmat qildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Filial faoliyatida texnik innovat\u00adsiyalar alohida o\u2018rin tutadi. Jumladan, manometrlarni qiyoslash va kalibr\u00adlash uchun mo\u2018ljallangan bosim kol\u00adlektori qurilmasi prototipi ishlab chiqildi. Ushbu qurilma bir vaqtning o\u2018zida to\u2018rtta manometrni tekshirish imkonini berib, xizmat ko\u2018rsatish tezligi va samaradorligini sezilarli da\u00adrajada oshirdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Laboratoriyalarning aniqlik dara\u00adjasini oshirish maqsadida yil davomi\u00adda qator standart namuna va etalon materiallar xarid qilindi. Xususan, ge\u00admatologik va peshob analizatorlari uchun maxsus namuna materiallari, shuningdek refraktometrlar va bosh\u00adqa o\u2018lchash vositalari uchun zarur komponentlar joriy etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ushbu chora-tadbirlar natijasida fizik-kimyoviy o\u2018lchashlar yo\u2018nalishida O\u2018zDSt 3444:2020 standarti asosida akkreditatsiya doirasi kengaytirildi, yangi kalibrlash uslubiyatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Bar\u00adcha jarayonlar ISO\/IEC 17025:2019 xal\u00adqaro standarti talablari asosida amalga oshirildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Umuman olganda, Xorazm filiali faoliyati hududiy metrologiya tizimini rivojlantirish, o\u2018lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta\u201bminlash hamda sa\u00adnoat tarmoqlarini zamonaviy metro\u00adlogiya xizmatlari bilan ta\u201bminlashda muhim o\u2018rin tutadi. 2026-yilda filial oldida turgan asosiy vazifalar erishil\u00adgan natijalarni mustahkamlash, yangi xiz\u00admat turlarini joriy etish va xal\u00adqaro standartlar asosida faoliyatni yanada kengaytirishdan iborat.<\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"2025-yil O\u2018zbekiston milliy met\u00adrologiya institutining Xorazm filiali faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab bergan muhim davr bo\u2018ldi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24178,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24177","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24177","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24177"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24177\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24180,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24177\/revisions\/24180"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24178"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24177"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24177"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24177"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}