{"id":24181,"date":"2026-06-15T12:17:05","date_gmt":"2026-06-15T07:17:05","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24181"},"modified":"2026-06-15T12:17:17","modified_gmt":"2026-06-15T07:17:17","slug":"ozbek-rivojl%d0%b0nish-dr%d0%b0yveri-z%d0%b0mon%d0%b0viy-metrologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/ekonomika\/ozbek-rivojl%d0%b0nish-dr%d0%b0yveri-z%d0%b0mon%d0%b0viy-metrologiya.html","title":{"rendered":"Rivojl\u0430nish dr\u0430yveri: z\u0430mon\u0430viy metrologiya"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Qashqadaryo filiali<\/strong><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston milliy metrologiya institu\u00adtining Qashqadaryo filiali hududda o\u2018lchashlar birli\u00adgini ta\u02bcminlash, xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy metro\u00adlogik infratuzilmani shakllantirish borasida izchil rivojlanib borayotgan ilg\u02bcor tuzilmalardan biriga aylandi. Filial faoliyatining bosqichma-bos\u00adqich takomillashuvi, xalqaro talab\u00adlarga moslashuvi va amaliyotga yo\u2018nal\u00adtirilgan natijalari uning samara\u00addorligini yaqqol namoyon etmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u0410vvalo, filial tomonidan akkredi\u00adtatsiya doirasini kengaytirish bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar alohida e\u201bti\u00adborga loyiq. 2020-yildan boshlab ha\u00adrorat o\u2018lchovlarini qiyoslash imko\u00adniyatlari sezilarli darajada kengay\u00adtirildi. Keyingi bosqichlarda esa fizik-kimyoviy, massa, geometrik va elektr o\u2018lchovlari bo\u2018yicha yangi yo\u2018nalishlar joriy etildi. Xususan, harorat o\u2018lchash ko\u2018lami 300\u2009\u00b0C gacha yetkazildi, bo\u00adsimni kalibrovka qilish xizmatlari yo\u2018lga qo\u2018yildi, shuningdek, hajm o\u2018l\u00adchash vositalarini (shisha idishlar) kalibrovka qilish imkoniyatlari yara\u00adtildi. Ushbu jarayonlar xalqaro ISO\/IEC 17025 standarti talablari asosida shakllantirilgan sifat menejmenti ti\u00adzimi doirasida amalga oshirildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Metrologiya xizmatlari sifatini ta\u201bminlashda moddiy-texnik bazani mustahkamlash muhim omil hisob\u00adlanadi. Shu maqsadda filialda zamo\u00adnaviy yuqori aniqlikdagi uskunalar bosqichma-bosqich yangilanib kelin\u00admoqda. Jumladan, harorat o\u02bclchovlari uchun termostatlar, geometrik o\u2018l\u00adchovlar uchun shtangentsirkullar va uch nuqtali nutromerlar, fizik-kimyo\u00adviy tahlillar uchun gaz aralashmalari xarid qilindi. 2025-yilda esa hajm o\u2018lchovlarini kalibrovka qilish uchun namunaviy tarozilar joriy etildi. Ush\u00adbu modernizatsiya ishlari o\u2018lchov natijalarining aniqligi va ishonch\u00adliligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Filial tomonidan ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar turi ham kengayib bormoq\u00adda. Bugungi kunda manometr\u00adlarni 70 bar gacha kalibrovka qilish, gaz analizatorlarini qiyoslash, harorat (250\u2009\u00b0C\u2002gacha), massa va hajm o\u2018l\u00adchov vositalarini tekshirish xizmatlari yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Bu esa hududdagi sanoat korxonalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat ko\u2018rsatish so\u00adhalari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Raqamlashtirish yo\u2018nalishida ham filial faoliyati yangi bosqichga ko\u2018ta\u00adrildi. Xususan, verifikatsiya jarayon\u00adlarini boshqarish tizimi ishlab chiqilib, unda shartnomalar reestrini yuritish, verifikatorlar faoliyatini monitoring qilish va avtomatlashtirilgan proto\u00adkollarni shakllantirish imkoniyatlari yaratildi. Mijozlar bazasi, o\u2018lchov noaniqligini hisoblash tizimlari ham\u00adda \u201cTRISS\u201d milliy axborot tizimi orqali metrologik xizmatlar ko\u2018rsatish joriy etildi. Bu esa xizmatlar shaffofligi va samaradorligini oshirish bilan birga boshqaruv qarorlarini qabul qilishda aniq ma\u02bclumotlarga tayanish imko\u00adnini bermoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bundan tashqari binoda kapital ta\u201bmirlash ishlari amalga oshirilib, yangi sinov uskunalari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihoz\u00adlandi. Vaqt va chastota yo\u02bcnalishida yangi xizmat \u2013 mexanik sekundo\u00admerlarni qiyoslash joriy etildi. Shu bilan birga kalibrovka laboratoriyasi akkreditatsiyadan o\u2018tkazilib, bosim yo\u02bcnalishida yangi imkoniyatlar yara\u00adtildi. Qiyoslash laboratoriyasi esa akkreditatsiya markazi tomonidan muvaffaqiyatli baholanib, massa o\u2018l\u00adchash ko\u2018lami 3000 kg gacha ken\u00adgaytirildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018lchashlar aniqligi va ishonch\u00adliligini ta\u02bcminlash hamda sanoat tar\u00admoqlarini sifatli metrologiya xizmat\u00adlari bilan qo\u2018llab-quvvatlashda mu\u00adhim o\u2018rin egallaydi.<\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston milliy metrologiya institu\u00adtining Qashqadaryo filiali hududda o\u2018lchashlar birli\u00adgini ta\u02bcminlash, xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy metro\u00adlogik infratuzilmani shakllantirish borasida izchil rivojlanib borayotgan ilg\u02bcor tuzilmalardan biriga aylandi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24183,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-24181","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24181","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24181"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24181\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24184,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24181\/revisions\/24184"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24183"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24181"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24181"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24181"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}