{"id":24219,"date":"2026-06-24T16:41:35","date_gmt":"2026-06-24T11:41:35","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24219"},"modified":"2026-06-24T16:41:48","modified_gmt":"2026-06-24T11:41:48","slug":"%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%b2-%d0%ba%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%8c","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%b2-%d0%ba%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%8c.html","title":{"rendered":"Xalqaro delegatsiyaga Qashqadaryoda FAO\u2013GEF loyihalarining iqlimga chidamli qishloq xo\u2018jaligi va o\u2018rmonlarni tiklash bo\u2018yicha amaliy yechimlari namoyish etildi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp;<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Qashqadaryo, O\u2018zbekiston\u2014 Global ekologik fondning moliyaviy ko\u2018magida amalga oshirilayotgan FAO loyihalari doirasida joriy etilgan iqlimga chidamli qishloq xo\u2018jaligi texnologiyalari, suv tejovchi yondashuvlar va o\u2018rmonlarni barqaror boshqarish amaliyotlari Qashqadaryo viloyatida xalqaro delegatsiyaga namoyish etildi. Delegatsiya tarkibidan Global ekologik fond, FAOning Rimdagi bosh qarorgohi, FAOning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari o\u2018rin oldi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tashrif davomida delegatsiya \u201cO\u02bbzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta\u02bcsirini baholash dasturi\u201d (FOLUR-O\u02bbzbekiston) hamda \u201cO\u2018zbekistonning tog\u2018li va vodiy hududlarida o\u2018rmonlarni barqaror boshqarish\u201d loyihalari doirasida joriy etilayotgan iqlim o\u2018zgarishini yumshatadigan qishloq xo\u2018jaligi ekinlari yetishtirish texnologiyalari hamda cho\u2018llanishga qarshi kurashishda o\u2018rmonlarni barqaror boshqarish amaliyotlari bilan tanishdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Delegatsiyaga tuproqni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo\u2018jalgida qurg\u2018oqchilikka qarshi kurashish bo\u2018yicha yangi amaliyotlar, degradatsiyaga uchragan landshaftlarni tiklash hamda o\u2018rmon xo\u2018jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar va yondashuvlar namoyish etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tashrifning birinchi manzili Qamashi tumanining Savsan mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududidagi &nbsp;FOLUR\u2013O\u2018zbekiston loyihasining ko\u2018rgazmali maydoni bo\u2018ldi. Bu yerda delegatsiya lalmi sharoitda kuzgi bug\u2018doyni yerga ishlov bermasdan yetishtirish texnologiyasi tuproqni ortiqcha mexanik ishlovdan himoya qilishi, o\u2018simlik qoldiqlarini tuproq yuzasida saqlashi, namlik yo\u2018qotilishini ozaytirishi va suvning tuproqqa singishini yaxshilashi orqali qurg\u2018oqchil yillarda ham yuqori hosil olish imkonini berishi delegatsiya a\u2019zolarida katta qiziqish uyg\u2018otdi. Ushbu texnologiya yoki yondashuv ayniqsa suv tanqisligi, qurg\u2018oqchilik va iqlim o\u2018zgaruvchanligi ta\u2019siri kuchayib borayotgan lalmi hududlarda muhim ahamiyatga ega.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, ushbu hududda yomg\u2018ir suvlarini yig\u2018ish texnologiyasining afzalliklari ham ko\u2018rsatilib o\u2018tildi aynan yomg\u2018ir suvlaridan samarali foydalanish orqali yetishtirilayotgan pista ko\u2018chatlarining holati to\u2018g\u2018risida ma`lumotlar berildi. Qiyalik darajasiga qarab tosh bilan mustahkamlangan va mustahkamlanmagan gradoni terrasalar, yarim oy shaklidagi suv yig\u2018ish inshootlari hamda suv yo\u2018naltiruvchi yo\u2018lakchalardan iborat. Ushbu yangi texnologiyalar tabiatga asoslangan yechimlardan bo\u2018lib hisoblanadi chunki tuproqdagi namlik yaxshi saqlanadi va suvni bevosita o\u2018simliklarning ildiz zonasiga yo\u2018naltirish imkonini berishi orqali ko\u2018chatlarning yashab qolishiga ijobiy ta`sir ko\u2018rsatishi tashrif qatnashchilarida ijobiy taassurot qoldirdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Keyingi tashrif Shahrisabz tumanining Mo\u2018minobod mahalla fuqarolar yig\u2019iniga qarashli bo\u2018lgan fermer xo\u2018jaligida tashkil qilingan ko\u2018rgazmali maydonda davom etdi. Bu yerda delegatsiyaga sug\u2018oriladigan sharoitda bug\u2018doyni tuproqqa ishlov bermasdan ekish usulida yetishtirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan \u201csmart water\u201d g\u2018o\u2018za maydoni taqdim etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Namoyish davomida qishloq xo\u2018jaligida an\u2019anaviy hamda tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar usullari o\u2018rtasidagi farqlar, tuproq unumdorligini saqlash, sug\u2018orish samaradorligini oshirish, tuproqdagi namlikni boshqarish va qishloq xo\u2018jaligi ishlab chiqarishini suv bilan bog\u2018liq xavflarga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cDala tashrifi xalqaro hamkorlarga loyiha doirasida ilgari surilayotgan yondashuvlarning amaliy natijalarini bevosita ko\u2018rish imkonini berdi. Tuproqqa ishlov bermasdan ekish, yomg\u2018ir suvlarini yig\u2018ish va takomillashtirilgan sug\u2018orish usullari alohida texnologiyalar emas \u2014 ular qurg\u2018oqchil yillarda ham yuqori hosil olish, tuproq salomatligini tiklash, suvdan samarali foydalanish va fermer xo\u2018jaliklarining iqlim o\u2018zgarishi mos yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan yagona kompleks yondashuvning tarkibiy qismlaridir\u201d, \u2014 dedi FOLUR\u2013O\u2018zbekiston loyihasi koordinatori Aziz Nurbekov.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tashrifning navbatdagi qismi Kitob tumanidagi \u201cO\u2018zbekistonning tog\u2018li va vodiy hududlarida o\u2018rmonlarni barqaror boshqarish\u201d loyihasi doirasida tashkil etilgan o\u2018quv markazida o\u2018tkazildi. Markaz o\u2018rmon xo\u2018jaligi mutaxassislari va mahalliy manfaatdor tomonlarning bilim va ko\u2018nikmalarini oshirish, texnik treninglar o\u2018tkazish, o\u2018rmon va qurg\u2018oqchil ekotizimlarni tiklash bo\u2018yicha tajriba almashishni kuchaytirishga xizmat qiladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Delegatsiya, shuningdek, Makrid hududidagi ko\u2018chatxona va issiqxona majmuasiga tashrif buyurdi. Bu yerda o\u2018rmonlarni tiklash va landshaftlarni reabilitatsiya qilish uchun sifatli ko\u2018chat materiallarini yetishtirish, ko\u2018chatlarni mahalliy iqlim va tuproq sharoitlariga moslashtirish, ularni parvarishlash hamda ko\u2018chatxona boshqaruvini takomillashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Makriddagi obyektlar O\u2018rmonlarni barqaror boshqarish loyihasining amaliy yo\u2018nalishlarini, jumladan o\u2018rmonlarni tiklash, ko\u2018chat yetishtirish salohiyatini mustahkamlash, degradatsiyaga uchragan hududlarni qayta tiklash va o\u2018rmon xo\u2018jaligi mutaxassislarining texnik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni namoyon etdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Dala tashrifi xalqaro delegatsiya, loyiha guruhlari, mahalliy mutaxassislar va fermerlar o\u2018rtasida amaliy tajriba almashish uchun muhim platforma bo\u2018ldi. Ishtirokchilar namoyish etilgan texnologiyalarning samaradorligi, ularni monitoring qilish, mahalliy sharoitlarga moslashtirish hamda Qashqadaryo va O\u2018zbekistonning boshqa hududlarida keng joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Global ekologik fond tomonidan moliyalashtirilayotgan FOLUR\u2013O\u2018zbekiston loyihasi O\u2018zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha bug\u2018doy yetishtirishga asoslangan barqaror va inklyuziv ishlab chiqarish landshaftlari hamda qiymat zanjirlarini rivojlantirish uchun ilg\u2018or amaliyotlar va innovatsiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;FOLUR\u2013O\u2018zbekiston va O\u2018rmonlarni barqaror boshqarish loyihalari doirasidagi ishlar tuproq va suv resurslarini muhofaza qilish, qishloq xo\u2018jaligi hamda o\u2018rmon ekotizimlarini tiklash, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish va qishloq hamjamiyatlarining iqlimga chidamliligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;FAO, davlat tashkilotlari va xalqaro hamkorlar tuproqni muhofaza qiluvchi, suv tejovchi va iqlim o\u2018zgarishiga mos amaliyotlarni kengaytirish, degradatsiyaga uchragan landshaftlarni tiklash hamda barqaror qishloq xo\u2018jaligi va o\u2018rmon xo\u2018jaligini rivojlantirish bo\u2018yicha hamkorlikni davom ettiradi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24221\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-06-24_15-48-38.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"375\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-06-24_15-48-38.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-06-24_15-48-38-300x136.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-06-24_15-48-38-768x347.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Global ekologik fondning moliyaviy ko\u2018magida amalga oshirilayotgan FAO loyihalari doirasida joriy etilgan iqlimga chidamli qishloq xo\u2018jaligi texnologiyalari,","protected":false},"author":1,"featured_media":24220,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24219","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24219","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24219"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24219\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24226,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24219\/revisions\/24226"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24220"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24219"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24219"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24219"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}