{"id":24558,"date":"2026-09-17T14:38:42","date_gmt":"2026-09-17T09:38:42","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24558"},"modified":"2026-09-17T14:48:58","modified_gmt":"2026-09-17T09:48:58","slug":"english-ishonch-iqtisodiyoti-ozbekiston-dunyoga-qanday-ochildi-va-bu-har-bir-oilaga-nima-beradi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/slide\/english-ishonch-iqtisodiyoti-ozbekiston-dunyoga-qanday-ochildi-va-bu-har-bir-oilaga-nima-beradi.html","title":{"rendered":"ISHONCH IQTISODIYOTI: O\u2018ZBEKISTON DUNYOGA QANDAY OCHILDI VA BU HAR BIR OILAGA NIMA BERADI"},"content":{"rendered":"<strong>O\u2018ttiz besh yil avval O\u2018zbekiston jahon iqtisodiyotiga mustaqil davlat sifatida kirib keldi. Ammo mamlakatimizning chinakam iqtisodiy ochili\u00adshi bor-yo\u2018g\u2018i to\u2018qqiz yil avval boshlandi. Bu to\u2018qqiz yil davomida biz yopiq, taqsimlovchi modeldan investor ishonadigan, tadbirkor o\u2018sadigan va oddiy odam ham natijasini ko\u2018radigan ochiq iqtisodiyotga o\u2018tdik. Bugun bu yo\u2018lning mantig\u2018i, uning ortidagi tizimli ishlar va eng muhimi, odamlar hayotiga ta\u201bsiri haqida so\u2018z yurit\u00admoqchiman.<\/strong>\r\n\r\n&nbsp;\r\n\r\n<strong>Burilish nuqtasi<\/strong>\r\nHar qanday islohotning boshlanish sanasi bo\u2018ladi. 2017-yil 2-sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat \u00adMirziyoyev tomonidan imzolangan farmon bilan milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo\u2018yicha erkin konvertatsiyasi ta\u201bminlandi va yagona bozor kursiga o\u2018tildi. Bu texnik qaror kabi ko\u2018rinsa-da, uning ma\u201bnosi oddiy, ya\u201bni davlat o\u2018z pulining haqiqiy ba\u00adhosini tan oldi va bozorga ishondi. O\u2018sha kundan boshlab xorijiy investor o\u2018z foydasini erkin olib chiqa oli\u00adshiga, eksportchi esa valyuta tushumini haqiqiy kursda hisoblashiga ishonch hosil qildi.\r\nNatija raqamlarda yaqqol ko\u2018rinadi. Mamlakat eksporti 2025-yilda 33,8 mlrd. dollarga yetib, mustaqillikning ilk yiliga nisbatan 18,8 barobarga o\u2018sdi, tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. 2017-2025-yillarda iqtisodiyotimizga 156,3 mlrd. dollar xorijiy investitsiya va kreditlar, shu jumladan 131,3 \u00admlrd. dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalar o\u2018zlashtirildi. Yillik hajm 4,5 mlrd. dollardan 43,1 mlrd. dollarga, qariyb 10 barobar oshdi. Joriy yilda esa 53 mlrd. dollar o\u2018zlashtirish rejalashtirilgan.\r\nRaqamlar ortidagi odamlar\r\nIqtisodchilar uchun bu \u2013 makrostatistika. Ammo biz vazirlikda har bir mlrd. dollar ortida nima turganini aniq bilamiz. Davlat investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 70,6 mlrd. dollarlik 1 823 ta yirik loyiha foydalanishga topshirildi va yiliga 707 trln. so\u2018mlik mahsulot ish\u00adlab chiqarish quvvati yaratildi. Bu aksariyati poytaxtdan tashqarida bo\u2018lgan 520 mingdan ortiq doimiy ish o\u2018rni degani.\r\nXususan, umumiy investitsiyalarning 55 foizi aynan hududiy loyihalar hissasiga to\u2018g\u2018ri keladi. Namanganni olaylik, ishlab chiqarish hajmi 6 baravar oshdi, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 8,3 mlrd. dollarga yetdi. Bu shuni anglatadiki, bir vaqtlar ish\u00adlash uchun chet elga ketishga majbur bo\u2018lgan namanganlik yigit bugun o\u2018z shahrida zamonaviy korxonada ish\u00adlaydi va oilasi yonida qoladi. Qoraqal\u00adpog\u2018iston aholi jon boshiga ko\u2018rsatkichlar bo\u2018yicha oxirgi o\u2018rindan 7-o\u2018rin\u00adga ko\u2018tarildi. Investitsiya bu&nbsp;\u2013 avvalo yangi ish o\u2018rni, barqaror daromad va hududlar o\u2018rtasidagi tafovutning kamayishidir.\r\nInvestitsiyalar yana bir narsani o\u2018zgartiradi \u2013 do\u2018kon peshtaxtasini. To\u2018qqiz yil avval bozorlarimizdagi qurilish materiallari, elektrotexnika, mebel, dori-darmonlarning katta qismi import edi. Bugun qurilish materiallari eksporti 55 million dollardan 1,2 mlrd. dollarga, elektrotexnika mahsulotlari eksporti 190 million dollardan 1,5 mlrd. dollarga oshdi.\r\nO\u2018zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot nafaqat ichki bozorni to\u2018l\u00addiryapti, balki Yevropa va Osiyo do\u2018konlarida sotilyapti. Raqobat kuchayganda esa yutadigan birinchi tomon \u2013 xaridor, ya\u201bni sifat oshadi, narx barqarorlashadi.\r\nIshonch arxitekturasi\r\nInvestor pulini olib keladigan joyda qoidalar aniq, sud adolatli bo\u2018ladi, davlat esa o\u2018z so\u2018zida turadi. Shuning uchun so\u2018nggi yillarda vazirlik nafaqat kapital jalb qilishga, balki ishonch jalb qilishga alohida e\u201btibor qaratdi. 2019-yilda qabul qilingan \u201cInvestitsiyalar va investitsiya faoliyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun xorijiy investor uchun xususiy mulk daxlsizligi, milliy rejim va barqaror soliq sharoitlarini qonuniy kafolatladi. \u00adToshkent xalqaro arbitraj markazi investorga nizolarni xalqaro stan\u00addartlar asosida hal etish imkonini berdi.\r\nBiroq ishonch qonun bilan emas, muloqot bilan mustahkamlanadi. Xorijiy investorlar kengashi bir yil ichida 54 tadan 85 ta kompaniyani birlashtirgan, iqtisodiyotning 23 tarmog\u2018ida\r\nfaoliyat yurituvchi mustaqil Asso\u00adtsiatsiyaga aylandi. Uning ijroiya qo\u2018\u00admitasida YTTB, Osiyo Taraqqiyot Banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtirok etadi. Kengash yalpi majlislari Prezidentimiz raisligida o\u2018tkaziladi va har bir taklif aniq ijrochi va muddat bilan hukumat topshirig\u2018iga aylanadi. Joriy yilgi forum davomida investorlardan kelib tushgan 120 ta taklif asosida bank, energetika, sun\u201biy intellekt, kapital bozori va korporativ boshqaruv bo\u2018yicha islohotlarning yagona yo\u2018l xaritasi shakllantirilmoqda. Investor uchun bu oddiy, lekin hal qiluvchi signal, ya\u201bni uning ovozi eshitiladi va qarorga aylanadi.\r\nXalqaro hamjamiyat bu tizimli ishni e\u201btirof etdi. O\u2018zbekiston IHTTning Xalqaro investitsiyalar va transmilliy korxonalar to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiyasiga qo\u2018shilish jarayonini bosh\u00adladi \u2013 bu 50 dan ortiq davlat amal qiladigan, investorga nisbatan milliy rejim va mas\u201buliyatli biznes yuritish standartlarini belgilovchi asosiy xalqaro hujjatdir. IHTT bilan imzolan\u00adgan memorandum doirasida investitsiya siyosatimiz ushbu tashkilotning stan\u00addartlari asosida qayta ko\u2018rib chiqilmoqda.\r\nAQSh Tijorat xizmati bilan memorandum Amerika kompaniyalarining mamlakatimizga kirishi uchun to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yo\u2018lak yaratdi.\r\nReyting agentliklarining bahosi ham shuni tasdiqlaydi. Xususan, Fitch Ratings va S&amp;P Global Ratings mamlakat suveren reytingini \u201cBB\u201d, \u00adMoody\u201bs esa \u201cBa2\u201d darajasiga ko\u2018tardi, Fitch joriy yil iyun oyida prog\u00adnozni \u201cijobiy\u201dga o\u2018zgartirdi. Investitsiyaviy darajaga yetish uchun atigi 2 pog\u2018ona qoldi.\r\n2026-yil 13-mayda Milliy investitsiya jamg\u2018armasi xalqaro kapital bozorida ilk IPO o\u2018tkazdi. Ushbu bitim hajmi bo\u2018yicha joriy yilda Yevropadagi eng yirik joylashtirishlar qatoridan o\u2018rin oldi. Jahon investorlari O\u2018zbekiston aktivlarini sotib olayotgani \u2013 islohotlarimizga berilgan eng xolis bahodir.\r\nTezlik \u2013 investorning asosiy valyutasi\r\nIshonchning ikkinchi o\u2018lchovi bu vaqt. Investor va eksportchi uchun bir oy kutish degani bu yo\u2018qotilgan shartnoma degani, o\u2018z vaqtida olin\u00adgan ruxsatnoma esa, o\u2018z navbatida, ishga tushgan korxona demakdir. Shuning uchun vazirlik o\u2018z ishini investor faoliyatining to\u2018liq hayot sikli&nbsp;\u2013 jalb etish, ishga tushirish, kengaytirish va qayta investitsiya qilish \u2013 asosida qayta qurdi.\r\ninvest.gov.uz yagona investitsiya portali va eksport xizmatlarining yago\u00adna raqamli platformasi orqali investor va eksportchi davlat idoralari bo\u2018ylab yurish o\u2018rniga \u201cbir murojaat&nbsp;\u2013 bir javob\u201d tamoyilida xizmat oladi. Har bir murojaat raqamli tizimda kuzatiladi va muddat buzilishi to\u2018g\u2018risida avtomatik tarzda xabar beriladi. Shu o\u2018rinda, xizmat ko\u2018rsatish tezligi vazirlik xodimlarining shaxsiy samaradorlik ko\u2018rsatkichiga aylantirildi.\r\nVa eng muhimi, albatta, biz investorni bir marta jalb qilishni emas, uning uzoq muddat mamlakatda faoliyat yuritishini va loyihasini kengaytirishini maqsad qilamiz. Buni biz islohotlar samaradorligining bosh mezoni deb hisoblaymiz.\r\nKeyingi avlod institutlari\r\nIshonch tizimini mustahkamlash uchun vazirlik yangi avlod huquqiy asoslarini yaratmoqda. Erkin iqtisodiy zonalar to\u2018g\u2018risidagi yangi qonun loyihasi soliq ta\u201btillari o\u2018rniga tayyor infratuzilma, tezkor ishga tushirish va real xarajatlarni natijaga qarab qoplash modelini nazarda tutadi. Bunda, davlat investorning va\u201bdasidan emas, uning qilgan ishidan manfaatdor bo\u2018ladi. Muqobil investitsiya fondlari to\u2018g\u2018risidagi qonun loyihasi xususiy va venchur kapitalni jalb etish\u00adning xalqaro andozadagi institutini, ya\u201bni hamkorlik fondlari, malakali investor rejimini yaratadi. Shu\u00adningdek, investitsiya loyihalarini kompleks baholashning yangi tizimi har bir loyihani qo\u2018shilgan qiymat, eksport salohiyati va ish o\u2018rinlari bo\u2018yicha yagona mezonlar asosida o\u2018lchaydi.\r\nBu institutlar 2026-yil iyul oyida qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun asosida tashkil etilgan Toshkent xalqaro moliya markazida birlashadi. Markaz ishtirokchilari uchun soliq rejimi 2076-yilgacha kafolatlangan bo\u2018lib, 2030-yilgacha mamlakat iqtisodiyotiga qo\u2018shimcha 20\u201325 mlrd. dollar jalb etishi kutilmoqda.\r\nOddiy odam uchun bu nimani anglatadi? Mahalliy tadbirkor uchun arzon va uzoq muddatli moliya manbaini, yoshlarimiz uchun chet elga ketmasdan, o\u2018z yurtida yuqori haq to\u2018lanadigan kasbga ega bo\u2018lish imkoniyatini anglatadi hamda mamlakat uchun esa mintaqa kapitalining Toshkentda jamlanishiga zamin yara\u00adtadi.\r\nInvestitsiyalar kelajak tarmoqlariga yo\u2018naltirilmoqda. Xususan, \u201c\u00adyashil\u201d energetikaga qariyb 9 mlrd. dollar jalb qilinib, 2030-yilgacha \u201cyashil\u201d energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Har bir \u00adoila uchun bu barqaror elektr ta\u201bminoti va toza havo kafolati demakdir.\r\n\r\n<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24559\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/foto1.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"371\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/foto1.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/foto1-300x134.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/foto1-768x343.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/>\r\n<strong>Dunyoga ochiq savdo<\/strong>\r\nEksportni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun dolzarb masala hisoblanadi. Farg\u2018onadagi fermer o\u2018z mevasi Yevropa do\u2018koniga yetib borishini, Andijondagi ishlab chiqaruvchi kabeli AQSh bozoriga kirishini xohlaydi.\r\nShuning uchun vazirlik eksportchilarimiz uchun yangi bozorlarni ochish va yangi eksport imkoniyatlarini yaratish bilan shug\u2018ullanadi. Xususan, Yevropa Ittifoqining \u201cGSP+\u201d tizimi doirasida Ittifoq mamlakatlariga eksport 401,7 million dollardan 1,5 mlrd. dollarga yetdi. Shu o\u2018rinda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida AQSh bilan tovar ayirbosh\u00adlashni 1 mlrd. dollardan oshirishga erishildi.\r\nO\u2018z navbatida, eksportchilarning hamkor davlatlar bozorlariga kiri\u00adshida yengilliklar yaratish maqsadida Pokiston va Turkiya bilan imti\u00adyozli, Turkmaniston bilan bojsiz sav\u00addo rejimlari joriy etildi.\r\nJahon savdo tashkilotiga a\u201bzo bo\u2018lish bu dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Jumladan, ishchi guruhga kiruvchi 34 ta davlatdan 33 tasi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi, mart oyidan beri 190 dan ortiq normativ hujjat Tashkilot qoidalariga moslashtirildi. Shu bilan birga, Davlatimiz rahbari joriy yilda a\u201bzolikni yakunlash vazifasini qat\u201biy qo\u2018ygan. Eksportchi uchun bu 160 dan ortiq bozorga kafolatli va bashorat qilinadigan kirish, iste\u201b\u00admolchi uchun esa raqobatbardosh sifat va narxni anglatadi.\r\nOldinda\r\nErishilgan natijalar bilan kifoyalanib qolishga haqqimiz yo\u2018q. \u00adPrezidentimiz haqli ravishda ta\u201bkidlayotganidek, investitsiyalarning hududlar kesimida notekis taqsimlani\u00adshi, boshlangan loyihalarni o\u2018z vaqtida va to\u2018liq quvvatda ishga tushirish, eksport tarkibida xomashyo ulushini kamaytirish va investor bilan ishlashda har qanday byurokratik to\u2018siqni bartaraf etish masalalari kundalik diqqat markazimizda bo\u2018lib qoladi.\r\n2030-yilga qadar suveren reytingni investitsiyaviy darajaga olib chiqish, Jahon savdo tashkilotiga to\u2018laqonli a\u201bzolik, \u201cyashil\u201d energiya ulushini 54 foizga yetkazish \u2013 bular \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasida belgilangan aniq maqsadlardir. \u00adAmmo bizning asl mezonimiz reyting ham, trln.lar ham emas. Asosiy mezon bu namanganlik yosh mutaxassisning o\u2018z yurtida qolgani, farg\u2018onalik fermerning mevasi Berlinda sotilgani va har bir jalb etilgan dollar ortida oddiy inson hayotidagi real o\u2018zgarish turganidir. Mustaqillikning 35 yilligini qarshilab, biz aynan shunday tizimni \u2013 ishonch, tezkorlik va aniq natijalarga asoslangan tizimni barpo etmoqdamiz.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"O\u2018ttiz besh yil avval O\u2018zbekiston jahon iqtisodiyotiga mustaqil davlat sifatida kirib keldi. Ammo mamlakatimizning chinakam iqtisodiy ochili\u00adshi bor-yo\u2018g\u2018i to\u2018qqiz yil avval boshlandi. Bu to\u2018qqiz yil davomida biz yopiq, taqsimlovchi modeldan investor ishonadigan, tadbirkor o\u2018sadigan va oddiy odam ham natijasini ko\u2018radigan ochiq iqtisodiyotga o\u2018tdik. Bugun bu yo\u2018lning mantig\u2018i, uning ortidagi tizimli ishlar va eng muhimi, odamlar hayotiga ta\u201bsiri haqida so\u2018z yurit\u00admoqchiman.","protected":false},"author":1,"featured_media":24560,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"class_list":["post-24558","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24558"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24568,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558\/revisions\/24568"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24560"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24558"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24558"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24558"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}