{"id":24579,"date":"2026-09-18T15:18:03","date_gmt":"2026-09-18T10:18:03","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24579"},"modified":"2026-09-18T15:20:39","modified_gmt":"2026-09-18T10:20:39","slug":"ozbek-raqamlarda-aks-etgan-taraqqiyot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/ekonomika\/ozbek-raqamlarda-aks-etgan-taraqqiyot.html","title":{"rendered":"RAQAMLARDA  AKS ETGAN TARAQQIYOT"},"content":{"rendered":"<strong>Milliy statistika tizimidagi yangilanishlar O\u2018zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo\u2018lini ochiq, xolis va zamonaviy shaklda aks ettirmoqda<\/strong>\r\n\r\n&nbsp;\r\n<h1><strong>Behzod HAMRAYEV, Milliy statistika qo\u2018mitasi raisi<\/strong><\/h1>\r\n&nbsp;\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n&nbsp;\r\n\r\nBugun statistika shunchaki raqamlarni jamlash yoki davriy hisobotlarni tayyorlash vositasi emas. U mamlakat hayotida kechayotgan o\u2018zgarishlarni aniq ko\u2018rsatib beradigan, davlat boshqaruvida puxta va asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladigan muhim axborot manbaidir. Iqtisodiy chora-tadbirlarning natijadorligi ham, ijtimoiy dasturlarning aholi ehtiyojlariga qay darajada mos kelayotgani ham, avvalo, xolis statistik ma\u201blumotlar orqali namoyon bo\u2018ladi.\r\nZero, har bir statistik ko\u2018rsatkich ortida mamlakatning bugungi qiyofasi, hududlar va tarmoqlardagi o\u2018z\u00adgarishlar, eng muhimi, insonlarning hayot tarzi mujassam. Mehnat bozoridagi holat, ta\u201blim va sog\u2018liqni saq\u00adlash xizmatlarining qamrovi, infratuzilmaning rivojlanishi yoki aholi turmush sharoitidagi siljishlar qaysi yo\u2018nalishda o\u2018sish borligini, qayer\u00adda esa hali qo\u2018shimcha choralar zarurligini ko\u2018rsatadi. Shu bois statistik ma\u201blumotlar resurslarni to\u2018g\u2018ri taqsimlash, hududlar o\u2018rtasidagi tafovutlarni aniqlash va mavjud imkoniyatlarni to\u2018liq ishga solishda muhim o\u2018rin tutadi.\r\nShu nuqtayi nazardan, so\u2018nggi yillarda milliy statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni faqat bir idora faoliyatini yangilash sifatida baholash to\u2018g\u2018ri bo\u2018lmaydi. Bu o\u2018zgarishlar ma\u201blumotlarga asoslangan davlat boshqaruvini qaror toptirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli jarayonning ajralmas qismiga aylan\u00addi. Endilikda rasmiy statistika mavjud holatni qayd etish bilangina cheklanmay, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, erishil\u00adgan natijalarni baholash va kelgusi vazifalarni aniq belgilash uchun ham mustahkam asos bo\u2018lib xizmat qilmoqda.\r\nMilliy statistika qo\u2018mitasida ma\u201b\u00adlu\u00admotlarni yig\u2018ishdan tortib, ularni tekshirish, qayta ishlash, tahlil qilish va e\u201blon qilishgacha bo\u2018lgan barcha jarayonlar xalqaro standartlar hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. Bunda ma\u201blumotlarni tezkor taqdim etish bilan bir qa\u00adtorda, ularning to\u2018liqligi, o\u2018zaro taqqoslanuvchanligi, mazmunan tushu\u00adnarli va foydalanish uchun qulay bo\u2018\u00adlishiga alohida e\u201btibor qaratil\u00admoqda.\r\nBu yangilanishlar natijasida rasmiy statistika tobora ochiq, qulay va keng foydalaniladigan axborot manbaiga aylanmoqda. Bugun davlat organlari undan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda, tadbirkorlar bozordagi yo\u2018nalishlarni baholashda, olim va tahlilchilar tadqiqot olib bo\u00adrishda, ommaviy axborot vositalari esa jamiyatdagi jarayonlarni keng yoritishda foydalanmoqda. Eng muhimi, rasmiy ma\u201blumotlar mamlakatda amalga oshirilayotgan o\u2018zgarish\u00adlarni raqamlar orqali anglash, ularning natijalarini xolis baholash va kelgusi taraqqiyot yo\u2018nalishlarini bel\u00adgilash imkonini bermoqda.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<h2><strong>Xalqaro e\u201btirof \u2013 islohotlarning amaliy natijasi<\/strong><\/h2>\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n&nbsp;\r\n\r\n&nbsp; Milliy statistika tizimidagi yangilanishlar xalqaro baholashlarda ham o\u2018z aksini topmoqda. Bu natijalar rasmiy statistikaning ochiqligi, sifati, qamrovi va foydalanishga qulayligini oshirish bo\u2018yicha ishlar samara berayotganini ko\u2018rsatadi. Jumladan, O\u2018zbekiston Open \u00adData Inventory (ODIN) ochiq ma\u201blumotlar reytingida 83 ball bilan 197&nbsp;ta mamlakat orasida 11-o\u2018rinni egalladi. Mazkur reyting rasmiy statistik ma\u201blumotlarning ochiqligi, qamrovi, davriyligi va qayta foydalanish imkoniyatlarini baholaydi. Erishilgan natija mamlakatda ochiq ma\u201blumotlar bilan ishlash tizimli yo\u2018lga qo\u2018yilganini ko\u2018rsatadi. BMTning Barqaror rivojlanish yechim\u00adlari tarmog\u2018i va xalqaro eks\u00adpertlar shakllantirgan Barqaror rivoj\u00adlanish maqsadlari indeksida O\u2018zbekiston 72,9 ball bilan 169 ta mamlakat orasida 65-o\u2018rinni egalladi. Bu ko\u2018rsatkich mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jarayonlarni xalqaro mezonlar asosida baholash imkoniyatlari kengayganini angla\u00adtadi. Open Data Watch hisobotiga ko\u2018\u00adra, O\u2018zbekiston Ochiq gender ma\u201blumotlari indeksida 69,7 ball to\u2018plab, dunyodagi eng yaxshi 20 ta mamlakat qatoridan joy oldi. Bu jins bo\u2018\u00adyicha taqsimlangan demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ma\u201blumotlar qamrovi kengayib, ulardan tahlilda foydalanish imkoniyatlari yaxshilanganini ko\u2018rsatadi. BMT Statistika bo\u2018limining rasmiy veb-sahifasida O\u2018zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari bo\u2018yicha 87 ta ilg\u2018or tajribaga ega davlat sifatida qayd etildi. Bu BRM ko\u2018rsatkichlarini shakllantirish, monitoring qilish va jamoatchilikka taqdim etish bora\u00adsidagi milliy tajribaning xalqaro miqyos\u00adda e\u201btirof etilganini bildiradi. Londondagi Ochiq ma\u201blumotlar instituti baholash tizimida O\u2018zbekistonning Ochiq ma\u201blumotlar portali \u201cGold level\u201d sertifikatini oldi. Milliy statistika organining stat.uz rasmiy veb-sayti esa eng yuqori \u2013 \u201c\u00adPlatinum level\u201d sertifikatiga ega dunyodagi sanoqli platformalardan biri sifatida qayd etildi. Ushbu sertifikatlarni berishda ma\u201blumotlarning internetda e\u201blon qilinishi bilan birga, ularning to\u2018liqligi, muntazam yangilanishi, qu\u00adlay formatlarda taqdim etilishi, metodologik izohlar bilan ta\u201bminlanishi va qayta foydalanish imkoniyati ham hisobga olinadi. Muhim natijalardan yana biri \u2013 O\u2018zbekistonning Markaziy Osiyo dav\u00adlatlari orasida birinchi bo\u2018lib 2026\u20132029-yillar uchun BMT Statistika komissiyasi Byurosiga a\u201bzo etib saylanishidir. Shuningdek, 2026-yil 15-aprel kuni Jahon banki guruhining Va\u00adshington shahridagi bosh qarorgohida O\u2018zbekiston statistika tizimidagi islohotlar, innovatsiyalar va amaliy natijalarga bag\u2018ishlangan xalqaro se\u00adminar o\u2018tkazildi. Unda ma\u201blumotlarni shakllantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, statistik jara\u00adyonlarni modernizatsiya qilish va davlat boshqaruvida ishonchli ma\u201blumotlardan foydalanish bo\u2018yicha O\u2018z\u00adbekiston tajribasi muhokama qilindi. Seminar mamlakatdagi islohotlarga xalqaro qiziqish yuqori ekanini ko\u2018r\u00adsatdi. Raqamli transformatsiya: qog\u2018oz shaklidan intellektual tizimlarga Milliy statistika qo\u2018mitasida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya mavjud jarayonlarni shunchaki elektron shaklga ko\u2018chirishdan iborat emas. U ma\u201blumotlarni yig\u2018ish, tekshirish, qayta ishlash, tahlil qilish va e\u201blon qilish bosqichlarini o\u2018zaro bog\u2018langan yagona raqamli muhitda birlashtirishga qaratilgan keng qamrovli yangilanish jarayonidir.<a href=\"http:\/\/evu.uz\/kontaktyi\"><em>Siz maqolaning to\u2018liq matnini jurnalning bosma nashrida o\u2018qishingiz mumkin.<\/em><\/a>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Milliy statistika tizimidagi yangilanishlar O\u2018zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo\u2018lini ochiq, xolis va zamonaviy shaklda aks ettirmoqda &nbsp; Behzod HAMRAYEV, Milliy statistika qo\u2018mitasi raisi &nbsp; &nbsp;&nbsp; &nbsp; Bugun statistika shunchaki raqamlarni jamlash yoki davriy hisobotlarni tayyorlash vositasi emas. U mamlakat hayotida kechayotgan o\u2018zgarishlarni aniq ko\u2018rsatib beradigan, davlat boshqaruvida puxta va asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladigan [&hellip;]","protected":false},"author":1,"featured_media":24580,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[1,7],"tags":[],"class_list":["post-24579","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ekonomika","category-slide"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24579","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24579"}],"version-history":[{"count":9,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24579\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24589,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24579\/revisions\/24589"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24580"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24579"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24579"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24579"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}