{"id":24591,"date":"2026-09-18T15:28:29","date_gmt":"2026-09-18T10:28:29","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24591"},"modified":"2026-09-18T15:31:16","modified_gmt":"2026-09-18T10:31:16","slug":"ozbek-kimyo-sanoati-islohotlardan-global-raqobatbardosh-industriyagacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/intervyu\/ozbek-kimyo-sanoati-islohotlardan-global-raqobatbardosh-industriyagacha.html","title":{"rendered":"Kimyo sanoati: islohotlardan global raqobatbardosh industriyagacha"},"content":{"rendered":"<h3><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jurnal tahririyati tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti , sanoat va investitsiya sohalarida erishilgan ulkan yutuqlar, yetakchi kompaniyalar va ularning milliy iqtisodiyot rivojiga qo\u2018shgan hissasiga bag\u2018ish\u00adlangan \u201cMustaqil O\u2018zbekiston \u2013 35 yillik taraqqiyot solnomasi\u201d maxsus yubiley interaktiv nashri da kimyo sanoatida amalga oshirilgan islohotlar, tarmoqning transformatsiyasi, investitsiyaviy loyihalar, innovatsion rivojlanish, \u201cyashil iqtisodiyot\u201d tamoyillari hamda 2030-yilgacha belgilangan istiqbolli vazifalarga alohida e\u201btibor qaratildi.<\/strong><\/h3>\r\n<h3><strong>Shu munosabat bilan, \u00abO\u2018zkimyosanoat\u201d AJ boshqaruvi raisi Odil \u00adTEMIROV bilan mustaqillik yillarida, ayniqsa keyingi o\u2018n yilda kimyo sanoatida amalga oshirilgan tub islohotlar, sohaning bugungi qiyofasi va kelgusi taraqqiyot istiqbollari haqida suhbat qildik.<\/strong><\/h3>\r\n<h2><strong>&nbsp;&nbsp;<\/strong><\/h2>\r\n<strong>\u2013 Mustaqillikning 35 yilligi ara\u00adfasida keyingi o\u2018n yilda kimyo sanoatida amalga oshirilgan islohotlarning eng muhim natijalari nimalar\u00adda namoyon bo\u2018ldi? Prezidentimiz rahbarligidagi sanoat siyosati tarmoq qiyofasini qay darajada o\u2018zgartirdi?<\/strong>\r\n\u2013 Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni O\u2018zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklayman. Bu sana mamlakatimiz taraqqiyotida amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish uchun muhim imkoniyatdir.\r\nKeyingi o\u2018n yil kimyo sanoati uchun haqiqiy yangilanish va tub transformatsiya davri bo\u2018ldi. Avval tarmoq asosan mineral o\u2018g\u2018itlar ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan bo\u2018lsa, bugun u yuqori qo\u2018shilgan qiymat yaratadigan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiradigan, eksport salohiyatini mustahkamlaydigan strategik tarmoqqa aylandi.\r\nOchiq iqtisodiyot, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, sanoatlashtirishni chuqurlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar kimyo sanoatida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Tarmoqni rivojlantirishda qisqa mud\u00addatli emas, uzoq istiqbolga mo\u2018ljallangan sanoat siyosati ustuvor bo\u2018ldi.\r\nNatijada ishlab chiqarish va bosh\u00adqaruv yondashuvlari, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari hamda mahsulot ishlab chiqarish falsafasi o\u2018zgardi. Endi asosiy e\u201btibor yuqori texnologiyalar, mahsulot turlarini kengaytirish, qo\u2018shilgan qiymatni oshirish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni ta\u201bminlashga qaratilmoqda.\r\nTarmoqda inson kapitaliga ham e\u201btibor kuchaydi. Zamonaviy texnologiyalar va yirik investitsiya loyihalari bilimli muhandislar, texnologlar, olimlar va malakali mutaxassislarga tayanadi.\r\nIqtisodiy ko\u2018rsatkichlar ham sezilarli o\u2018sdi. \u00abO\u2018zkimyosanoat\u00bb tizimida ishlab chiqarish hajmi 24,4 \u00adtrln. so\u2018mga, eksport 197 mln. dollardan 720 mln. dollargacha, investitsiyalar esa ikki barobardan ziyod oshib, 658,5 mln. dollarga yetdi. Avval xorij\u00addan import qilingan 60 dan ziyod turdagi mahsulot o\u2018z\u00adlashtirilib, mah\u00adsulot turlari 200 taga yetkazildi.\r\nShu tariqa kimyo sanoati iqtisodiyotimizning tayanch tarmoqlaridan biriga aylanib, yangi qiyofasini shakl\u00adlantirdi.\r\n\u2013 Keyingi yillarda kimyo sanoatiga jalb qilingan investitsiyalar va amalga oshirilgan yirik loyihalar haqida to\u2018xtalsangiz. Ular mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta\u201bsir ko\u2018r\u00adsatmoqda?\r\n\u2013 Kimyo sanoati yuqori texnologiya, katta kapital va uzoq muddatli rejalashtirishni talab qilgani uchun investitsiyalar uning rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilish hamda sanoat loyihalarini qo\u2018llab-quvvatlash natijasida tar\u00admoq investitsiyaviy jozibador yo\u2018na\u00adlishlardan biriga aylandi.\r\nSo\u2018nggi yillarda sohaga 8,3 mlrd. dollar investitsiya jalb qilinib, 87 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Natijada kimyo, polimer va rezinatexnika mahsulotlarini hisobga olgan holda, 2025-yilda umumiy ishlab chiqarish hajmi 65,1 trln. so\u2018mga yetdi.\r\n\u00abNavoiyazot\u00bb AJda polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi, ammiak va karbamid majmuasi hamda azot kislotasi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tu\u00adshirildi. Ular import o\u2018rnini bosish va yuqori texnologiyali mahsulotlar eks\u00adportini kengaytirish imkonini ber\u00admoqda.\r\n\u00abO\u2018zkimyosanoat\u00bb AJ tomonidan 10 yil davomida qiymati 2,7 mlrd. dollarlik 61 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Natijada avval ishlab chiqarilmagan 56 turdagi yangi mahsulot o\u2018zlashtirilib, qariyb 4,8 mingta yangi ish o\u2018rni yaratildi.\r\nBugungi investitsiyalar yangi korxonalar bilan cheklanmay, yuqori qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, zamonaviy sanoat infratuzilmasini yaratish va raqobatbardosh industrial iqtisodiyot uchun asos bo\u2018lib xizmat qilmoqda.\r\n\u2013 Bugun kimyo sanoati oldida qanday strategik maqsadlar tu\u00adribdi?\r\n\u2013 Keyingi yillarda yaratilgan poydevor yangi vazifalarni amalga oshi\u00adrish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi raqobat tarmoqdan mavjud imkoniyatlarni to\u2018liq safarbar etishni talab qil\u00admoqda.\r\nPrezidentimiz raisligida o\u2018tkazil\u00adgan kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga bag\u2018ish\u00adlangan videoselektor yig\u2018ilishida so\u00adhadagi yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham tahlil qi\u00adlindi.\r\nSo\u2018nggi to\u2018qqiz yilda respublika sanoati o\u2018rtacha 6,3 foizga o\u2018sgan bo\u2018lsa, kimyo sanoatida o\u2018sish 3 foizga ham yetmagan. Kimyo mahsulotlari importi 4,5 mlrd. dollargacha oshgani esa tarmoqda katta imkoniyatlar mavjudligini ko\u2018rsatadi.\r\nBugungi asosiy vazifalar \u2013 investitsiya loyihalarini o\u2018z vaqtida amalga oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish, import o\u2018rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko\u2018paytirishdir.\r\nDavlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish ham muhim. Bu yangi texnologiyalarni jalb qilish, raqobat muhitini kuchaytirish va ta\u00adlab yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi.\r\nStrategik maqsad \u2013 kimyo sanoa\u00adtini yuqori texnologiyalarga asoslangan, xalqaro bozorlarda raqobat qila oladigan va mamlakat iqtisodi\u00adyotiga yuqori qo\u2018shilgan qiymat yara\u00adtadigan zamonaviy industrial tarmoqqa aylantirish.\r\n\u2013 Kimyo-industrial texnoparklar va kimyo klasterlarining tarmoq rivojidagi ahamiyati nimada?\r\n\u2013 Kimyo sanoatini rivojlantirishda hududiy yondashuv asosida kimyo-\u00adindustrial texnoparklari va ixtisos\u00adlashgan kimyo klasterlari tashkil etildi. Ular mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yarat\u00admoqda.\r\nBugungi kunda \u00abChirchiq\u00bb va \u00abJizzax\u00bb kimyo-industrial texnopark\u00adlari, shuningdek, Navoiy, Farg\u2018ona va Qoraqalpog\u2018iston kimyo klasterlarida investitsiya loyihalari amalga oshi\u00adrilmoqda.\r\nBu hududlarda asosiy e\u201btibor xom\u00adashyoni chuqur qayta ishlash orqali yangi avlod kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Natijada mahsulot turlari kengayib, qo\u2018shilgan qiymat va eksport imkoniyatlari ortmoqda.\r\n\u00abChirchiq\u00bb kimyo-industrial tex\u00adnoparkida qiymati 102 mln. dollardan ortiq 23 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 1 577 ta yangi ish o\u2018rni yaratildi. 2026-yilda yana 46,1 mln. dollarlik 10 ta yangi loyiha ish\u00adga tushiriladi.\r\nBu loyihalar Prezidentimiz ilgari surgan \u00abxomashyodan tayyor mah\u00adsu\u00adlotgacha bo\u2018lgan to\u2018liq zanjirni yaratish\u00bb tamoyilining amaliy ifodasidir. Texnopark va klasterlar kelgusida innovatsiyalar, investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va yuqori qo\u2018shilgan qiymatning yangi industrial markazlariga aylanadi.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>\u2013 \u00abYashil iqtisodiyot\u00bb va ekologik barqarorlik borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 2030-yilgacha qanday maqsadlar belgilangan?<\/strong>\r\n\u2013 \u00abYashil iqtisodiyot\u00bb tamoyillari bugungi sanoat taraqqiyotining muhim yo\u2018nalishidir. O\u2018zbekistonda ham ekologik barqaror rivojlanishga alo\u00adhida e\u201btibor qaratilmoqda.\r\nChirchiq shahrida Saudiya Arabistonining \u00abACWA Power\u00bb kompaniyasi bilan hamkorlikda \u00abyashil vodorod\u00bb ishlab chiqarish loyihasi ish\u00adga tushirildi. Shuningdek, \u00abNavoiy\u00adazot\u00bb AJda 300 megavattli foto\u00adelektr stansiyasi o\u2018rnatildi.\r\n2030-yilga kelib kimyo sanoatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 200,7 trln. so\u2018mga, eksportni 4,5 mlrd. dollarga, yillik investitsiyalarni 3,8 mlrd. dollarga va ma\u00adhalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni 16,9 trln. so\u2018mga yetkazish rejalashtirilgan. Bu tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi, eksport salohiyati va yuqori qo\u2018shilgan qiymatli ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<strong>\u2013 O\u2018zbekiston neft-kimyo so\u00adhasida xomashyo eksporti o\u2018rni\u00adga qan\u00adday strategik yo\u2018lni tanla\u00admoqda?<\/strong>\r\n\u2013 Bugun raqobat tabiiy resurslar zaxirasi bilan emas, ularni qanchalik chuqur qayta ishlash va yuqori qo\u2018\u00adshilgan qiymatli mahsulotga aylantirish bilan belgilanadi. Shu bois O\u2018zbekiston xomashyoni eksport qi\u00adlish o\u2018rniga uni mamlakat ichida qayta ishlab, yuqori texnologiyali mah\u00adsulotlar ishlab chiqarishga asoslan\u00adgan modelni shakllantirmoqda.\r\nNeft-kimyo sanoati bu yo\u2018nalish\u00addagi muhim drayverlardan biridir. Hozir mamlakatimizda polimer mah\u00adsulotlariga bo\u2018lgan talabning qariyb 70 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Shu sababli 2026\u20132032-yillarda tarmoq va hududlarda umumiy qiymati 28 mlrd. dollarlik 420 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning maqsadi yangi quvvatlar yaratish va to\u2018liq qiymat zanjirini shakllantirishdir.\r\n<h2>&nbsp;&nbsp;<\/h2>\r\n<a href=\"http:\/\/evu.uz\/kontaktyi\"><em>Siz intervuning to\u2018liq matnini jurnalning bosma nashrida o\u2018qishingiz mumkin.<\/em><\/a>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jurnal tahririyati tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti , sanoat va investitsiya sohalarida erishilgan ulkan yutuqlar, yetakchi kompaniyalar va ularning milliy iqtisodiyot rivojiga qo\u2018shgan hissasiga bag\u2018ish\u00adlangan \u201cMustaqil O\u2018zbekiston \u2013 35 yillik taraqqiyot solnomasi\u201d maxsus yubiley interaktiv nashri da kimyo sanoatida amalga oshirilgan islohotlar, tarmoqning transformatsiyasi, investitsiyaviy loyihalar, innovatsion rivojlanish, \u201cyashil iqtisodiyot\u201d","protected":false},"author":1,"featured_media":24593,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[7,4],"tags":[],"class_list":["post-24591","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slide","category-intervyu"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24591","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24591"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24591\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24597,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24591\/revisions\/24597"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24593"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24591"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24591"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24591"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}