{"id":24637,"date":"2026-09-24T18:31:19","date_gmt":"2026-09-24T13:31:19","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24637"},"modified":"2026-09-24T18:31:33","modified_gmt":"2026-09-24T13:31:33","slug":"%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%b7%d0%b0%d0%bf%d1%83%d1%89%d0%b5%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%ba%d1%82-%d0%bf%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%b7%d0%b0%d0%bf%d1%83%d1%89%d0%b5%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%ba%d1%82-%d0%bf%d0%be.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar bandligini qo\u2018llab-quvvatlovchi loyiha boshlandi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24638 alignleft\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2007.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"349\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2007.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2007-300x252.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;TOSHKENT, O\u2018ZBEKISTON \u2013 2026-yil 22-sentabr. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA), O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO) nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni moslashtirilgan issiqxonalar orqali ijtimoiy integratsiya qilish va ularning bandligini ta\u2019minlashga ko\u2018maklashishga qaratilgan yangi qo\u2018shma loyihani rasman boshladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Loyiha hujjati Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan yuqori darajadagi tadbirda imzolandi. Tadbirda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o\u2018rinbosari Usmon Sharifxo\u2018jayev, BMTning O\u2018zbekistondagi Doimiy koordinatori Sabine Machl, O\u2018zbekiston Respublikasi qishloq xo\u2018jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Kushnazarov hamda FAOning O\u2018zbekistondagi vakili o\u2019rinbosari Sherzod Umarov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ixtisoslashtirilgan ta\u2019lim muassasalari, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar tashkilotlari hamda rivojlanish bo\u2018yicha hamkorlar vakillari ishtirok etdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ushbu loyiha 24 oy davomida Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Olmaliq, Farg\u2018ona va Samarqanddagi oltita ixtisoslashtirilgan ta\u2019lim muassasasida amalga oshiriladi. Loyiha mavjud issiqxonalarni nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun foydalanishga moslashtirish, ishtirokchilarni ekin yetishtirishning to\u2018liq ishlab chiqarish sikli davomida qo\u2018llab-quvvatlash hamda olingan tajribani mamlakat miqyosida qo\u2018llash mumkin bo\u2018lgan amaliy modelga aylantirishni nazarda tutadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ayni paytda issiqxona xo\u2018jaligi qishloq joylarda kasbiy ko\u2018nikmalar va daromad manbalarini yaratish imkonini beradi. Biroq tor yo\u2018laklar, yer sathidagi ekin maydonlari, baland ostonalar va qo\u2018lda boshqariladigan sug\u2018orish tizimlari ko\u2018plab nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning ta\u2019lim va mehnat jarayonlarida teng ishtirok etishiga to\u2018sqinlik qilmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Yangi loyiha ushbu muammolarga \u201cSmartGreen Inclusion\u201d modeli orqali yechim taklif etadi. Har bir pilot muassasada agronomik sharoit va foydalanish imkoniyati baholanadi, shundan so\u2018ng obyektning xususiyatlari va ishtirokchilarning ehtiyojlariga mos issiqxona yechimlari ishlab chiqiladi. Bu jarayonda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar va pilot muassasalarning fikr-mulohazalari loyiha qarorlarining muhim qismi bo\u2018ladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24639 alignright\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2006.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"443\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2006.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2006-281x300.jpg 281w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cNogironligi bo\u2018lgan shaxslarni qo\u2018llab-quvvatlash ijtimoiy xizmatlar bilangina cheklanmasligi kerak. Ularning kasbiy salohiyatini ro\u2018yobga chiqarishi, barqaror daromad topishi va iqtisodiy hayotda teng ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish muhim. Ushbu loyiha moslashtirilgan infratuzilma, amaliy ko\u2018nikmalar va bandlik imkoniyatlarini yagona modelda birlashtirib, uni boshqa hududlarda kengaytirish uchun asos yaratadi\u201d, <\/em>dedi Usmon Sharifxo\u2018jayev, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor o\u2019rinbosari.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Loyiha O\u2018zbekistonda mavjud uchta muhim bo\u2018shliqni bartaraf etishga qaratilgan: moslashtirilgan issiqxonalarni loyihalash bo\u2018yicha milliy standartning mavjud emasligi, nogironlik ehtiyojlariga mos qishloq xo\u2018jaligi ta\u2019lim modelining ishlab chiqilmagani va keng joriy etish uchun amaliyotda sinovdan o\u2018tgan pilot tajribaning yetishmasligi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Pilot muassasalarda to\u2018plangan tajriba asosida moslashtirilgan issiqxonalarni loyihalash bo\u2018yicha sinovdan o\u2018tgan milliy standart hamda IHMAning hududiy tarmoqlarida ushbu yondashuvni keng joriy etish uchun amaliy vositalar to\u2018plami ishlab chiqiladi. Monitoring va ma\u2019lumotlar jins, nogironlik turi hamda pilot obyektlar kesimida yuritilishi rejalashtirilgan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cQishloq xo\u2018jaligi har bir inson uchun imkoniyat yaratishi kerak. FAOning texnik tajribasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining institutsional salohiyati va Qishloq xo\u2018jaligi vazirligining sohaviy tajribasini birlashtirib, biz nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning ehtiyojlariga mos, amalda ishlaydigan va kengaytirish mumkin bo\u2018lgan yechimni sinovdan o\u2018tkazamiz. Loyiha natijasida nafaqat moslashtirilgan issiqxonalar, balki milliy standart, moslashtirilgan ta\u2019lim modeli va ushbu tajribani boshqa hududlarda qo\u2018llash uchun amaliy vositalar shakllantiriladi\u201d, <\/em>dedi Sherzod Umarov, FAOning O\u2018zbekistondagi vakili o\u2019rinbosari.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Rasmiy taqdimot doirasida hamkor tashkilotlar loyihaning dastlabki olti oyiga mo\u2018ljallangan ustuvor chora-tadbirlar, mas\u2019ul tomonlar, muvofiqlashtirish mexanizmlari va asosiy muddatlarni muhokama qildi. Shuningdek, oltita pilot obyektni dastlabki baholash jadvali, monitoring, hisobot taqdim etish va ma\u2019lumot almashish tartibini kelishish bo\u2018yicha ishlar boshlandi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbir dasturida International Inclusive Hub ta\u2019lim oluvchilarining ijodiy ishlari namoyish etilgan <strong>\u201cQobiliyatimni ko\u2018ring: iste\u2019dodlar va yangi imkoniyatlar\u201d<\/strong> ko\u2018rgazmasi hamda 17 nafar ishtirokchi ijrosidagi <strong>\u201cNoto\u2018g\u2018ri\u201d gullar bog\u2018i <\/strong>inklyuziv badiiy chiqishi namoyish etildi. Ushbu dastur har bir insonning qobiliyati, qadr-qimmati va jamiyat hayotida teng ishtirok etish huquqiga e\u2019tibor qaratdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cKo\u2018pincha ijtimoiy himoya, qishloq xo\u2018jaligi, ta\u2019lim va bandlik masalalariga alohida-alohida yondashiladi. Biroq insonlar o\u2018z hayotini turli institutlarning alohida vakolatlari doirasida emas, yaxlit tarzda kechiradilar. Ushbu tashabbus mazkur tizimlarni inson manfaatlari atrofida birlashtirib, O\u2018zbekistondagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun ko\u2018nikmalarni rivojlantirish, munosib mehnat va yanada mustaqil hayot sari amaliy yo\u2018l yaratadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti uchun bu \u2014 hech kimni ortda qoldirmaslik borasidagi qat\u2019iy majburiyatimizning amaliy ifodasidir\u201d,<\/em> dedi Sabine Machl, BMTning O\u2018zbekistondagi Doimiy koordinatori.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>&nbsp; &nbsp; &nbsp;TCP\/UZB\/4101 \u2013 \u201cNogironligi bo\u2018lgan shaxslarni moslashtirilgan issiqxonalar orqali ijtimoiy integratsiya qilish va ularning bandligini ta\u2019minlashga ko\u2018maklashish\u201d<\/strong> loyihasi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O\u2018zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va FAOning qo\u2018shma tashabbusidir. Loyiha moslashtirilgan infratuzilma, amaliy qishloq xo\u2018jaligi ta\u2019limi va institutsional mexanizmlarni birlashtirish orqali nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24640\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2038.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"391\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2038.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2038-300x141.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_2038-768x362.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24641\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1997.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"428\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1997.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1997-300x155.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1997-768x396.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"FAO, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qishloq xo\u2018jaligi vazirligining yangi qo\u2018shma tashabbusi inklyuziv qishloq xo\u2018jaligi ta\u2019limi, munosib mehnat imkoniyatlari va moslashtirilgan issiqxonalar bo\u2018yicha milliy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.","protected":false},"author":1,"featured_media":24642,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24637","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24637","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24637"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24637\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24651,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24637\/revisions\/24651"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24642"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24637"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24637"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24637"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}